Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
Ijodiy faoliyati
Said Ahmadning ilk mashqi «Ishqiboz» nomli hajviy hikoyasi o‗n olti yoshlarida «Mushtum» jurnalida chop etilgan. Adibning mustaqillikdan keyin 3 jildlik «Tanlangan asarlar»i chop etilgan. I. Hikoyalari «Ishqiboz» – birinchi hikoyasi. «Sobiq» – yumoristik hikoya. Asarning qisqacha syujeti. Birinchi kun to‗qqiz, ikkinchi kuni to‗qqiz yarim tonna tergan paxtakor kutilmaganda ilg‗or terimchi sifatida hammaning e‘tiboriga tushib qoladi, muxbirlar kelib rasmga oladi – gazetada rasmi chiqadi; kinochilar kelib Ummatalining yerida mashinada paxta terdirib kinoga olib ketadi; madaniyat uyi ochilishida nutq so‗zlaydi; rassom kelib rasmini chizadi; o‗t o‗chiruvchilarning tantanasida qatnashadi; oxirida tarvuz yutib, tosh ko‗tarib o‗yin ko‗rsatadigan polvonni kutib olishga chiqadi… Shu tariqa ikki kungina paxta tergan «ilg‗or mexanizator» umuman boshqa paxta terolmay qolib ketadi. Xulosa: yozuvchi mubolag‗a orqali kulgili vaziyatni kuchaytiradi... Jamiyat rivojiga xalaqit berayotgan mayda nuqson, kamchiliklarga e‘tibor qaratadi. Hikoya yumoristik asar 363 bo‗lib, bunda holat ustidan kulgi uyg‗ontadi. Yana bunga misol qilib Gogolning «Revizor» komediyasini keltirish mumkin. «Qoplon» – satirik hikoya. Asarning qisqacha syujeti. Avtobaza direktori Tillayev yangi uyga ko‗chib kelgach, garajda mashina yuvuvchi Qurbonboy unga parvona bo‗lib hamma ishni – pol yuvishdan to gilam qoqishgacha bajaradi, Tillayevga Qoplon laqabli it ham sovg‗a qiladi. Oqibatda direktorning e‘tiborini qozonib garajga mudir bo‗lib oladi, boshqa moddiy ishlarini ham bitiradi. Tillayevning sog‗ligi pand bera boshlagach, Qurbonboy itini yetaklab ketadi va qaytib kelmaydi. Bir kuni ko‗chada Qurbonboy Qoplonni yetaklab ketayotganini ko‗rib chaqirsa, it qaraydi-yu, Qurbonboy qaramaydi – bu orqali yozuvchi itning ikkiyuzlamachi Qurbonboydan ko‗ra vafodor ekanini anglatadi. Yangi direktorning taklifi bilan tug‗ilgan kun ziyofatiga borganda Tillayev Qoplonni shu yerda uchratadi, Qurbonboy ham yangi direktorning chakmonini tuflab artayotgan bo‗ladi, it Tillayevni tanib dumini likillatadi, yangi direktor bizning it qalay deb so‗rasa, Tillayev bu itni taniyman deb Qurbonboyni nazarda tutadi va uyga kirib ketadi. Xulosa: yozuvchi hikoya orqali bunday buqalamun, ablah kimsalarning jamiyatda, insonlar orasida o‗rni bo‗lishi kerak emas degan g‗oyani ilgari suradi. Hikoya satirik asarning yaxshi namunasi sanaladi. Bunda yozuvchi shaxsdagi illatlarni tanqid qiladi, xarakter kulgusini uyg‗otadi, misol uchun, Sharof Boshbekovning «Temir xotin» komediyasida Qo‗chqor o‗z xarakteri bilan epizodlarning kulgili tus olishiga sabab bo‗ladi. Odil Yoqubovning «Muzqaymoq» hikoyasidagi shahar komsomol qo‗mitasining kotibi ham Qurbonboy tipidagi qahramon sanaladi. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling