364
«Bir o‗pichning bahosi» (1995
«Qorako‗z majnun» (2005). Hikoyaga «Sizlardan qaysi biringiz o‗z
dinidan qaytsa va shu kofirligicha o‗lsa, bas, ana o‗shalarning (qilgan savobli)
amallari xabata (bekor) bo‗lur, ular do‗zax
ahlidurlar va u yerda mangu
qolurlar» (Qur‘oni Karim, «Baqara» surasi, 217-oyat), «Jannatga kiradigan o‗n
nafar hayvondan biri bu «As‘hobi kahf»ning vafodor itidir» (Hadisi sharif, «Al-
jome al-Kabir») kabi ilohiy jumlalar epigraf qilib olingan.
III. Qissalari
«Qadrdon dalalar» (1949)
«Hukm» (1958)
IV. Romanlari
«Ufq», trilogiya:
1)
«Qirq besh kun»
2)
«Hijron kunlarida»
3)
«Ufq bo‗sag‗asida»
«Jimjitlik»
V. Xotira-yodnoma asarlari
«Yo‗qotganlarim va topganlarim»
«Kiprikdagi tong»
VI. Pyesalari
«Kelinlar qo‗zg‗oloni»
«Kuyov»
Asqad Muxtor
(1920 – 1997)
Hayotiga doir muhim ma’lumotlar
Asqad Muxtor 1920-yil 23-dekabrda Farg‗ona shahrida Mas‘ud temiryo‗lchi oilasida
tug‗ildi. Adibning oilasi asli Tataristondan kelgan bo‗lib, farg‗onaliklar orasiga singishib
ketgan, o‗zbekcha urf-odatlarni to‗la o‗zlashtirgandi. 1931-yili u o‗n
bir yoshda ekanida
otasi vafot etadi. O‗n ikki bolaning uchinchisi bo‗lmish Asqadni bolalar uyi –
365
yetimxonaga topshirishga majbur bo‗ladilar. U shu yerdagi maktabni bitirdi va 1936-yili
Toshkentga kelib jurnalistika kursida o‗qidi, gazetada ishladi.
Asqad Muxtor 1938-yili Samarqanddagi O‗zbekiston davlat dorilfununiga kiradi.
Ikkinchi
jahon urushi boshlangach, Samarqand dorilfununi Toshkentdagi O‗rta
Osiyo
davlat dorilfununiga vaqtincha qo‗shib yuboriladi. Shu tariqa o‗qishni
Samarqandda
boshlagan Asqad Muxtor mazkur filologiya fakultetini Toshkentda tamomlaydi. Uni
Andijonga ishga yuboradilar. Uch yil davomida Andijon davlat
pedagogika institutida
o‗zbek adabiyoti kafedrasi mudiri bo‗lib ishlaydi.
1945-yili Asqad
Muxtor Toshkentga qaytadi, jurnalistika
sohasida faoliyat olib
boradi. U avval markaziy gazetalarda bo‗lim mudiri, mas‘ul kotib, so‗ng «Sharq yulduzi»,
«Guliston» jurnallarida bosh muharrir bo‗lib ishladi. O‗zbekistondagi
birinchi haftalik
gazeta – «O‗zbekiston adabiyoti va san‘ati»ga asos soldi.
Respublika yozuvchilar
uyushmasi kotibi lavozimida ishladi.
Asqad Muxtorga «O‗zbekiston xalq yozuvchisi» faxriy unvoni berilgan edi. Adib
1997-yilning 17-aprelida Toshkent shahrida vafot etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: