Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Odil Yoqubov 
(1926 – 2010) 
Hayotiga doir muhim ma’lumotlar 
Odil Yoqubov 1926-yilning 20-oktyabrida Janubiy Qozog‗iston viloyatining 
Turkiston shahri yaqinidagi Qarnoq qishlog‗ida tug‗ilgan. Egamberdi Yoqubov o‗z 
vaqtida sho‗rolar hukumatining ishongan kishilaridan bo‗lib, Qozog‗istonda mas‘ul 
lavozimlarda ishlagan. Keyinroq 1937-yili qatag‗onga uchrab qamoqqa olingan.
Odil Yoqubov 1944-yili o‗rta maktabni bitiradi. 1945-yili, asli 1927-yili tug‗ilgan 
bo‗lishiga qaramay, o‗zini 1926-yili tug‗ilgan va o‗n sakkizga to‗lgan qilib ko‗rsatib 
ko‗ngilli ravishda Ikkinchi jahon urushiga jo‗naydi. U avval Uzoq Sharqda xizmat qilgan, 
so‗ng Mo‗g‗ulistonning cheksiz Gobi sahrosini piyoda bosib o‗tib, Yaponiyaga qarshi olib 
borilgan urushda qatnashgan. Uni 1950-yilga kelibgina uyga jo‗natishadi.
Odil Yoqubov 1951 – 1956-yillarda SAGU (hozirgi O‗zbekiston Milliy universiteti) 
filologiya fakultetining rus tili va adabiyoti bo‗limida o‗qiydi. O‗qishni tugatgandan keyin 
1959-yilgacha O‗zbekiston yozuvchilar uyushmasida maslahatchi bo‗lib ishlaydi. 
Bolalikdan rus adabiyoti bilan tanish bo‗lgan, besh yillik harbiy xizmatda bu tilni 
mukammal o‗rgangan O.Yoqubov 1959 – 1963-, 1967 – 1970-yillarda butunittifoq 
miqyosida tarqaladigan «Literaturnaya gazeta»ning O‗zbekistondagi muxbiri sifatida 
faoliyat ko‗rsatadi. 1970 – 1982-yillar orasida «O‗zbekfilm» kinostudiyasida, Respublika 
kinematografiya qo‗mitasida bosh muharrir, G‗afur G‗ulom nomidagi nashriyotda bosh 
muharrir 
o‗rinbosari lavozimlarida mehnat qiladi. 1982-yildan 1989-yilgacha 
«O‗zbekiston adabiyoti va san‘ati» haftaligining bosh muharriri bo‗ladi. 1989 – 1996-


368 
yillarda esa O‗zbekiston yozuvchilar uyushmasining raisi sifatida faoliyat ko‗rsatadi. Bu 
davrda adib shaxsiyatiga xos kengfe‘llik to‗la namoyon bo‗ldi. U o‗zbek yozuvchilariga 
tegishli sharoit yaratish, ularga ijod erkinligi berish borasida katta ishlarni amalga 
oshiradi. O.Yoqubov 1996 – 2004-yillarda Atamashunoslik qo‗mitasi raisi, 2005-yilgacha 
Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasining vitse-prezidenti vazifalarini ado 
etgan.
Yozuvchi 1985-yili O‗zbekiston xalq yozuvchisi unvoni, 1994-yili «Do‗stlik», 1998-
yili esa «El-yurt hurmati» ordenlari bilan mukofotlangan.
Odil Yoqubov 2010-yili vafot etdi.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling