80
Lirik qahramon
«sevib qoldim» degan jo‗n ifoda o‗rniga
«oyog‘im tuzoqqa ilindi»
degan tashbeh ishlatadi.
Oyoqlangan qo‘ziday dovdirar yelda maysa,
Ko‘m-ko‘k moviy osmonda kezib yurar oq bulut.
(
Abdulla Oripov)
Tashbeh:
maysaning oyoqlangan qo‘ziga o‘xshatilishi.
Yordin ayru ko‘ngul mulkedurur sultoni yo‘q,
Mulkkim sultoni yo‘q, jismedururkim joni yo‘q.
(
Alisher Navoiy)
Mazmuni:
Yordan ayrilgan ko‗ngil sultoni yo‗q mulkdir, sultoni bo‗lmagan
mulk esa jonsiz
jism kabidir.
Tashbeh:
yordin ayru ko‘ngul – sultoni yo‘q mulk
sultoni yo‘q mulk – jonsiz jism
Qilg‘il tamosho qomati zebosi birla orazin,
Gar ko‘rmasang gul bo‘lg‘onin payvand shamshod ustina.
(
Ogahiy)
Mazmuni:
Sen shamshod daraxti ustiga gul payvand bo‗lganini, ya‘ni chirmashganini
ko‗rganmisan? Agar ko‗rmagan bo‗lsang, kel, yorning go‗zal qomati bilan yuzini tomosha
qil.
Tashbeh:
yorning qomati shamshod daraxtiday tik va go‘zal, orazi, ya’ni yuzi
Do'stlaringiz bilan baham: