Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Ul sho‘xi 
ochildi 
xat-u 
ruxsori 

Ochildi
rayohinda 
yuzi 
gulnori 

Xat-u 
yuzi 
besabr-u qarori 
man-man 

Ruxsori 
gulnori 
man-man 
zori 
Tazmin 


92 
Tazmin (arabcha «bir narsani ikkinchi bir narsa orasiga qo‘ymoq»)da san‘atkor 
yaratilayotgan asariga boshqa biror shoirning kuchli ta‘sir qilgan misra yoki misralarini 
o‗zgartirishsiz kiritadi; faqat buning sharti bor: yaratilayotgan asardagi bosh g‗oyaga mos 
bo‗lishi, uning mohiyatini chuqurroq va ta‘sirchanroq ochishi lozim. Jumladan, Mashrab 
o‗zining: 
Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma,
Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma.
G‘am shomi firoqingda kabob etti falakni
Ohi saharim, xoh inon, xoh inonma –  
tarzida boshlanuvchi g‗azalida Lutfiyning mashhur:
Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma,
Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma –
baytini aynan keltiradi.
Zulfiya ham «O‗rik gullaganda» she‘rida: 
 
«Derazamning oldida bir tup 
O‘rik oppoq bo‘lib gulladi...»
Gulni ko‘rib ishqparast qalbim 
Ming aytilgan darddan kuyladi –
deb yozar ekan, sevimli yori Hamid Olimjonning shu nomdagi she‘rining birinchi ikki 
misrasini aynan keltiradi. Bu ham tazmin san‘atiga misol bo‗la oladi.
Tadrij 


93 
Tadrij (arabcha «ketma-ket, peshma-pesh») san‘atida tasvirga olingan obyekt 
darajama-daraja rivojlantirib boriladi; bu rivojlanish jarayoni o‗xshatish vositasi bilan 
ketma-ket o‗sib boradi. Alisher Navoiyning: 
Yordin ayru ko‘ngul mulkedurur sultoni yo‘q,
Mulkkim sultoni yo‘q, jismedururkim joni yo‘q –
bayti tadrij san‘atining yorqin namunasi bo‗la oladi.
Hamid Olimjonning: 
Na bo‘lg‘ay bir nafas men ham yanog‘ing uzra xol bo‘lsam,
Labing yaprog‘idan tomgan ki go‘yo qatra bol bo‘lsam? –
matla‘li g‗azali ham tadrijga asoslangan.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling