Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

5. LIRIK TUR JANRLARI 
 
Lirika so‗zi yunon tilidan olingan bo‗lib, kelib chiqishi lira musiqa asbobi bilan 
bog‗liq. Badiiy adabiyotda «lirika», «lirizm» tushunchalari umumiy ma‘no jihatidan 


95 
adabiy asarlarda inson hissiyotining yorqin tasvirlariga nisbatan ishlatiladi. Tor ma‘noda 
esa lirikani she‘riy janrdagi asarlarga nisbatan qo‗llaymiz.
She‘r muayyan shaklga ega bo‗lgan – qofiyalangan, ohang bilan o‗qiladigan, insoniy 
tuyg‗ularni ta‘sirchan tarzda o‗zida aks ettirgan va ularni yetkazib berish qudratiga ega 
adabiy asar hisoblanadi.
She‘r qadimiy tarixga ega. Qadimgi yunon adabiyotida she‘rlar qofiyasiz bo‗lib, 
faqat vaznga ega edi. Ularning ohangi qofiyaning yo‗qligini bildirmagan.
Musulmon Sharqi adabiyotida, xususan, arabiy, forsiy va turkiy adabiyotda she‘riyat 
yuksak darajada rivojlanib, she‘riy janrlar mezonlari, talablari, qonun-qoidalari 
mukammal shaklda ishlab chiqildi. G‗arbda – Yevropa adabiyotida she‘riyat qonuniyatlari 
garchi musulmon Sharqidagi kabi mukammal ishlanmagan bo‗lsa-da, o‗zining muayyan 
mezonlariga ega. Keyingi mavzularda turkiy she‘riyatda qo‗llangan mumtoz she‘riy 
shakllar, she‘riy san‘atlar, aruz vazni va Yevropa adabiyotiga xos ballada, sonet kabi 
she‘riy janrlar haqida so‗z yuritamiz.
5.1. Mumtoz she’riy janrlar 
Musulmon Sharqi mumtoz adabiyotida she‘riy shakllar asrlar mobaynida sayqallanib, 
ishlanib, muayyan qat‘iy qoliplarga solingan. Ular tarkibiy tuzilishiga ko‗ra baytli va 
bandli she‘r shakllariga ajratiladi. Baytli she‘r shakllarining asosini bayt (arabcha «uy») 
tashkil qiladi. Ularga quyidagi janrlarni kiritish mumkin: fard, muammo, ruboiy, tuyuq, 
g‗azal, qit‘a, mustazod, qasida, lug‗z (chiston), ta‘rix va boshqalar.
Baytli she’r shakllari 
FARD (arabcha, «yakka»«yolg‘iz») bir baytdangina iborat eng kichik mustaqil she‘r 
shakli hisoblanadi. Fardlar, odatda, turli munosabat bilan yo‗l-yo‗lakay aytilgan she‘rlar 
bo‗lib, ko‗pligi mufradot (fardlar) deyiladi. Fard a-a yoki a-b tarzida qofiyalanadi. Fard 
bir baytdangina iborat bo‗lsa-da, unda muhim falsafiy-axloqiy masala qalamga olinib


96 
ixcham poetik xulosa ifodalanadi. Shu ma‘noda fardlar ko‗pincha aforizm xarakteriga ega 
bo‗ladi: 
G‘ofil o‘lma, nazardin itsa adu, 
Sham’ o‘churganda, yel ko‘rinurmu?..
(Navoiy) 
 
Bormi ekin hech nima olamda hijrondin yamon,
Har nekim ondin yamonroqdur, budur ondin yamon.
(Bobur) 
Alisher Navoiyning «Xazoyin ul-maoniy»sida 86 ta fard mavjud bo‗lib, 83 tasi 
qofiyali, uchtasi esa qofiyasizdir. Fardlarning barchasi «Favoyid ul-kibar» devoniga 
kiritilgan.
Turkiy adabiyotda fardning ilk namunasi Xorazmiyning «Muhabbatnoma» asarida 
uchraydi.
Navoiyning fardlarida muayyan hayotiy vaziyatlarda qo‗l keladigan xulosalar o‗ziga 
xos va ta‘sirli ifodalangan: 
Kishi aybing desa, dam urmag‘ilkim, ul erur ko‘zgu, 
Chu ko‘zgu tiyra bo‘ldi, o‘zga aybing zohir aylarmu? 
Fardda payg‗ambarimizning: «Musulmon – musulmonga ko‘zgu», – degan 
hadislari shoir tomonidan o‗ziga xos tarzda badiiy shaklga solingan.
Asl odamlik, odamiylik nimada degan savolga ulug‗ shoirning javobi: 
Muruvvat barcha bermakdur, yemak yo‘q,
Futuvvat barcha qilmoqdir, demak yo‘q.


97 
Demak, muruvvatli odam borini birovlarga beradi, o‗zi yemaydi, jo‗mard, mard, 
ya‘ni futuvvatli odam esa ko‗p ish qiladi, lekin qilgan ishi haqida hech kimga bir og‗iz 
ham gapirmaydi.
Navoiy quyidagi fardida o‗zining siniqligi – bechoraligini shu darajada tasvirlaydiki, 
siniqligini anglash uchun o‗shanchalik bechoralikni ko‗rish kerakligi anglashiladi: 
Men – sinuq, ko‘nglim – sinuq, sabrim uyi xud yerga past,
Bilmagay holim shikastin, ko‘rmagan muncha shikast.
Shoir fardlarida o‗zining ko‗nglini o‗rtagan, tuyg‗ulariga ta‘sir etgan holatlar 
mutoyibali yo‗sinda tasvirlangan o‗rinlar ham bor: 
Ul parikim, ani demishman yor,
Odamiylig‘din o‘zga barchasi bor.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling