Dilnavoz Yusupova


MUAMMO (arabcha, «ko‘r qilingan», «berkitilgan») bir, ba‘zan esa ikki baytdan  iborat mustaqil she‘r bo‗lib, a-a


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

MUAMMO (arabcha, «ko‘r qilingan», «berkitilgan») bir, ba‘zan esa ikki baytdan 
iborat mustaqil she‘r bo‗lib, a-a yoki a-b tarzida qofiyalanadi. Muammoda biror ism yoki 
narsa-buyum nomi berkitiladi. Berkitilgan so‗z shoirning turli-tuman ishoralari: 
ma‘nodosh yoki shakldosh so‗zlarni topish, bir tildagi so‗zning ikkinchi bir tildagi 
muodili (ekvivalenti)ni qo‗llash, so‗zlardagi ma‘lum bir harflarni tizib, yangi so‗z yasash, 
ba‘zan esa abjad hisobini ishlatib raqamlar asosida so‗z tuzish va boshqalar asosida 
topiladi. Muammoni yechish uchun dastavval asosiy e‘tiborni matnda ishora qilingan kalit 
so‗zga qaratish lozim bo‗ladi.
Turkiy adabiyotda muammo janri Alisher Navoiy ijodidan boshlangan. Uning 
«Xazoyin ul-maoniy» kulliyotida 52 ta muammo mavjud, ularning barchasi kulliyotdagi 
ikkinchi devon – «Navodir ush-shabob»ga kiritilgan.
Alisher Navoiy muammolari, asosan, bir baytli bo‗lib, faqat «Qosim» ismiga bitilgan 
muammogina 2 baytdan iborat.
Navoiyning ba‘zi muammolarini ko‗rib chiqsak: 


98 
Qasdi jonimg‘a chu mujgoning ikki saf tuzdi, 
Biri qosh yosi, biri g‘amzang o‘qin ko‘rguzdi.
Bu muammoda kalit so‗z «
فص
» – «saf» jumlasi orqali ko‗rsatilgan, matnda bu so‗z 
«ikki» so‗zi bilan keltirilishi uning yechimi ham ikkita ekanligiga ishora qiladi. Birinchi 
«saf»ga qosh yosi, ya‘ni «
ى
» «yoy» (i) harfi, ikkinchisiga g‗amza o‗qi, ya‘ni «

» «alif» (o) 
harfi qo‗shiladi, natijada «
ىفص
» – «Safi» va «
افص
» – «Safo» so‗zlari kelib chiqadi.
Qilur esang manga somon, ayo rafiq, havas, 
Aning ayog‘ig‘a yetkur mening boshimni-yu bas.
Bu muammoda asosiy e‘tibor «

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling