94
uchun, ey ko‗ngul, sen ham joningni, ya‘ni eng aziz narsangni yor xayoliga peshkash qil»
mazmuni ham tamsil mohiyatini ko‗rsatib turibdi.
Har qanda g‘ami do‘sti dilporani istar,
To subh yaqo yirtmadi, mehr o‘lmadi paydo.
(
Turdi Farog‘iy)
Mazmuni:
Tong
yoqasini yirtmaguncha, quyosh paydo bo‗lmaganidek,
har qayerda ham
g‗amning do‗sti dili g‗amdan pora bo‗lgan do‗stni istaydi.
Savol va topshiriqlar:
1. «
Badoye’ us-sanoye»
nima?
2. Lafziy va ma’naviy san’atlarning farqi nimada?
3. Tajnis va iyhom san’atining farqlarini tushuntiring.
4. Kitobat san’atiga asos bo‘luvchi arab alifbosidagi harflarni sanang.
5. Tashbeh va uning turlarini keltiring.
6. Mubolag‘aning qanday turlari mavjud?
7. Tamsil va irsoli masal san’atlarining qanday farqi mavjud?
8. Tazmin san’atining mohiyatini tushuntiring.
9. Musaviyat-tarafayn san’atining xos xususiyatlarini sanang.
10. Mukarrar, tardu aks, tavzi’ san’atlarining qanday o‘xshash va farqli tomonlari bor?
11. Mustaqil mutolaa jarayonida har bir she’riy san’atga mos misollar topishga harakat
qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: