Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Tardi aks 
Tardi aks (arabcha «teskari qilib takrorlash») – she‘rning birinchi misrasida 
keltirilgan ikki so‗z yoki so‗z birikmalarini keyingi misrada o‗rnini almashtirib 
takrorlashdan iborat san‘at.
Ko‘ngulga bo‘ldi ajoyib balo qaro soching,
Shikasta ko‘ngluma bo‘ldi qaro balo soching.
Boburning ushbu bayti birinchi misrasidagi «balo» so‗zi mustaqil holda «ofat» 
ma‘nosini, «qaro» so‗zi esa sochning sifatini ifodalagan bo‗lsa, ikkinchi misradagi bu ikki 
so‗zning o‗rni almashtirilishi natijasida ularning mazmuni ham o‗zgarib, «qaro» so‗zi 
«balo» so‗zining sifatlovchisiga aylanib, bu so‗zning ma‘nosini yanada kuchaytirgan, har 
ikki so‗z qofiyadosh bo‗lganligi sababli takror zulqofiyatayn san‘atini hosil qilgan.


91 
Mukarrar 
Mukarrar (arabcha «takror-takror; qayta-qayta, ustma-ust») san‘atida shoir baytda 
takror-takror keluvchi so‗zni ishlatadi. Takrirdan farqli ravishda, mukarrar so‗zlar orasiga 
chiziqcha qo‗yiladi va takror so‗zning ikkinchisi nutqdagi «xo‗p, juda, rosa» kabi 
kuchaytiruvchi so‗z vazifasini bajaradi.
O‘tarsen o‘ynay-o‘ynay men gadoyi xasta yo‘l uzra,
Qolurmen bir qiyo boqmoq uchun yolbora-yolbora.
(Alisher Navoiy) 
Muhammadniyoz Komil Xorazmiyning:
 
Mango qilma, ey mohi oliyjanob,
Itob-u itob-u itob-u itob –
deb boshlanuvchi g‗azali boshdan oxirigacha aynan mukarrar san‘ati asosida yaratilgan.
Musoviyat tarafayn 
Musoviyat tarafaynda misralar odatdagi o‗qilishidan tashqari yuqoridan pastga qarab 
ham o‗qiladi va o‗sha misralarning o‗zi kelib chiqadi. Ogahiy ijodida buni ko‗rish 
mumkin: 







Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling