Dilnavoz Yusupova


Yorning qomati «alif» – «


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Yorning qomati «alif» – «
إ
»ga, oshiqning qaddi «dol» – «

»ga qiyoslanyapti.
 
Tasdir 
Tasdir yoki raddul sadri ilal ajuz (arabcha «sadrni ajuzda takrorlash») – baytni 
boshlagan so‗zning bayt oxirida takrorlanishi.
____Sadr__ /_hashv /__aruz________ 
 
___Ibtido_ /_Hashv_/ ajuz yoki zarb ___ 

Men bu yuz mushtoqidurmen, bog‘-u bo‘stonkim bo‘lur, 
Bo‘lmasin nasrin-u lola, arg‘uvon sizsiz menga.
(Atoyi) 
Mazmuni: 


88 
Men bog‗-u bo‗ston kabi go‗zal yuzning mushtoqiman, usiz menga nastarin ham, lola 
ham, arg‗uvon ham kerak emas.
Tasdir: «men» so‘zining birinchi misra boshi va ikkinchi misra oxirida kelishi.
 

O‘t agar itsa jahondin, ohim o‘lsa g‘am emas, 
Yetkuray bir damda yuz avvalg‘i o‘t miqdori o‘t.
(Navoiy) 
Mazmuni: 
Agar dunyoda olov yo‗qolib qolsa, ohim bor ekan, g‗am yo‗q, agar oh cheksam, bir 
lahzada avvalgi o‗tdan yuz bor kuchli o‗t paydo bo‗ladi.
Tasdir: o‘t so‘zining birinchi misra boshi va ikkinchi misra oxirida kelishi.
Tasbe’ yoki raddul aruz ilal ibtido
Tasbe’ yoki raddul aruz ilal ibtido (arabcha «aruzning ibtidoda takrorlanishi») – 
birinchi misrani tugatgan so‗zning ikkinchi misra boshida kelishi.

Furqatingdin za’faron uzra to‘karmen lolalar, 
Lolalar ermaski, bag‘rimdin erur pargolalar.
(Navoiy) 
Mazmuni: 
Furqatingdan, ya‘ni sening ayrilig‗ingdan za‘faron – sariq yuzim uzra ko‗zimdan qon 
– lolalar to‗kaman, lolalar emas, bag‗rimning parchalarini to‗kaman.
Tasbe‘: lolalar so‘zining birinchi misra oxiri va ikkinchi misra boshida kelishi.
 

Kuchum yetguncha ko‘p qildim vafolar, 
Vafoli qulni asrar podsholar.
 
 

(Xorazmiy) 


89 
Mazmuni: 
Kuchim yetgunicha vafo qildim, vafoli qullarini podsholar asraydi.
Tasbe‘: vafo so‘zining birinchi misra oxiri va ikkinchi misra boshida kelishi.  

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling