Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

qoshing – hilol; 

ern (lab)ing – kavsar; 

yuzing – jannat bog‘i. 

Yoz fasli, yor vasli, do‘stlarning suhbati, 
She’r bahsi, ishq dardi, bodaning kayfiyati.
(Bobur) 
Mazmuni: 
Yoz faslida boda ichishning o‗zgacha gashti bor, ishq dardi yor vaslini talab etadi
do‗stlarning suhbati esa she‘r bahsi bilan go‗zal.
Laff va nashr:

yoz fasli – she’r bahsi; 

yor vasli – ishq dardi; 

do‘stlarning suhbati – bodaning kayfiyati. 
Ishtiqoq 
Ishtiqoq (arabcha «so‘zdan so‘zni ajratish») – bir o‗zakdan hosil bo‗lgan, ya‘ni 
o‗zakdosh so‗zlarni keltirish san‘ati.

Zihi visolingga tolib tutub o‘zing matlub, 
Muhabbatidin otingni Habib atab mahbub.
(Navoiy) 
Mazmuni:
Visolingga bizni talabgor qilgan va talab qilingan o‗zingsan, senga bo‗lgan 
muhabbatidan mahbubing (sevganing) seni Habib deb atadi.


85 
Ishtiqoq: tolib, matlub; muhabbat, Habib, mahbub.  

Ta’rifi ishq dardiga etgin yurak qonin siyoh
Dilga yoz dilbar so‘zin, jonon so‘zini jonga yoz.
(Erkin Vohidov) 
Mazmuni: 
Ishq ta‘rifi uchun yurak qoningni siyoh etib dilga «dilbar», jonga «jonon» so‗zini 
yoz.
Ishtiqoq: dil, dilbar, jon, jonon.  
Tarse’ 
Tarse’ (arabcha «ipga marjon terish») – ikki misradagi barcha so‗zlarning o‗zaro 
teng, qofiyadosh va vazndosh bo‗lishi.

Sendek menga bir yori jafokor topilmas, 
Mendek senga bir zori vafodor topilmas.
 

Qamar yuzungdin bo‘lur munavvar, 
Shakar so‘zungdin kelur mukarrar.
(Sayfi Saroyi) 

Gahe eltub ayog‘ini o‘ziga, 
Gahe surtub iligini ko‘ziga.
(Haydar Xorazmiy) 

Dardini najotim et, ilohiy, 
Yodini hayotim et, ilohiy.
(Navoiy) 


86 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling