Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Burhoniddin Sivosiy
TUYUQ (turk. «his qilmoq», «tuymoq») to‗rt misradan iborat mustaqil she‘r shakli bo‗lib, faqat turkiy xalqlar she‘riyatida qo‗llanilgan. Turkiy adabiyotdagi dastlabki tuyuq Lutfiy devonida uchraydi, lekin N.Mallayevning yozishicha, turkiy adabiyotda tuyuqning ilk namunalari Burhoniddin Sivosiy tomonidan yaratilgan. Tuyuq, aytilganidek, sof turkona janr. Uning uch muhim xususiyati bor: 1. To‘rt misrali bo‘ladi. 2. Aruzning muayyan vaznida yoziladi. 3. Tajnis shaklan bir xil so‘zlar bilan qofiyalanadi. 101 Bu talablar shoirni cheklaydi, qolipga soladi, albatta. Lekin katta iste‘dodlar shu doirada ham yuksak san‘at namunalarini yarata olganlar. Lutfiy tuyuqlaridan namunalar ko‗ramiz: Ko‘ngluma har yonki boqsam, dog‘i bor, Har necha dardimni desam, dog‘i bor. Qilcha tanga bori ishqing yor edi, Bir sori bo‘ldi firoqing dog‘i bor. Ushbu tuyuqda «dog‗i» tajnis so‗zi yara, tag‗in, tog‗ singari uch ma‘noda kelyapti. Tuyuq misrama-misra qaralganda quyidagi ma‘nolar ifodalanayotgani ko‗rinadi: 1. Ko‘nglimning har tomoniga boqib ko‘rdimki, yarasi bor. 2. Dardimni qanchalik aytmay, ado bo‘lmay tag‘in qoladi. 3. Ishqingning barcha yukini qildek tanim ko‘tarib kelardi. 4. Firoqingning tog‘i ustiga ustak bo‘ldi. Lutfiyning boshqa bir tuyug‗ida ma‘shuqaning loqaydligidan, oshiqqa beparvoligidan yozg‗irishi g‗oyat mahorat bilan nozik tasvir etilgan: Charxi kajraftor elindin yozamen, Chiqmadim hijron qishindin yoza men. Bir meni yorliq bila yod etmas ul, Har necha ul shahga qulluq yozamen. Tuyuqning birinchi misrasi so‗ngidagi «yozamen» so‗zi yozg‗iraman, zorlanaman ma‘nolarini anglatadi. Ikkinchi misrada esa ayni shu so‗z «yoza men» shaklida berilib, yoz (fasl)ga men ma‘nosida keladi. She‘rning uchinchi satridagi «yorliq» so‗zi ham mukofot va yorlik singari ikki ma‘noda ishlatilgan. Tuyuqning to‗rtinchi qatoridagi «yozamen» so‗zi yozaman, bitaman ma‘nolarini bildiradi. Lutfiy tuyuqlari ham, odatga ko‗ra, ramali musaddasi maqsur o‗lchamida bitilgan. 102 Alisher Navoiy «Mezon ul-avzon»da mazkur janrning xususiyatlari haqida yozadi: «... Birisi «tuyug‘«durkim, ikki baytqa muqarrardur va sa’y qilurlarkim, tajnis aytilg‘ay va ul vazn ramali musaddasi maqsurdur, mundoqkim (tuyug‘): Yo rab, ul shahd-u shakar yo lab mudur? Yo magar shahd-u shakar yolabmudur? Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling