Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- « Muhabbatnoma » sidan ( 1353 – 1354 )
- Bayt arabcha «uy» deganidir
- ( b-a , v-a, g-a… )
G‘AZAL arabcha «oshiqona so‘z», «ishq izhor qilish», «ayollarga xushomad» ma‘nolarini bildirib, a-a, b-a, s-a, d-a… tarzida qofiyalanuvchi she‘r shaklidir. G‗azalning dastlabki namunalari VIII – IX asrlarda arab adabiyotida paydo bo‗lgan, fors-tojik adabiyotida ilk g‗azal yozgan shoir sifatida Ro‘dakiy tilga olinadi. O‗zbek adabiyotida esa dastlabki g‗azal Rabg‗uziyning «Qisasi Rabg‗uziy» asarida (XIV asr) uchraydi. G‗azalning dostonlar tarkibida uchrashi ilk bor Xorazmiyning «Muhabbatnoma»sidan (1353 – 1354) boshlanadi. Alisher Navoiy o‗zining qit‘alaridan birida g‗azaldagi ustozlari sifatida fors-tojik shoirlari Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va Hofiz Sheroziyni keltirib o‗tadi. G‗azal baytlardan tashkil topadi. Bayt arabcha «uy» deganidir. Bayt ikki misradan iborat bo‗ladi. G‗azalning birinchi bayti matla’ (arabcha «boshlanma»), oxirgi bayt maqta’ (arabcha «tugallanma») deyiladi. G‗azal o‗ziga xos qofiyalanish tartibiga ega. Birinchi bayt – matla‘dagi misralar bir-biri bilan o‗zaro qofiyalangan bo‗ladi (shartli ravishda a-a deb belgilanadi). Qolgan baytlarning toq misralari ochiq qolib, juft misralari matla‘ga qofiyadosh bo‗lib keladi (v-a, d-a, e-a... ). An‘anaga ko‗ra, maqta‘da shoirning 104 taxallusi keltirilgan. Ilmiy adabiyotlarda g‗azalning hajmi 3 baytdan 19 baytgacha bo‗lishi qayd etiladi. O‗zbek adabiyotida 5 – 10 baytli g‗azallar ko‗p uchraydi. Navoiy g‗azallari esa, asosan, 7 baytdan 13 baytgacha hajmda bo‗lib, bu haqda shoirning o‗zi «Badoye‘ ul- vasat» devoniga kiritilgan qit‘asida shunday ma‘lumot beradi: Navoiy she’ri to‘qquz bayt-u o‘n bir bayt, o‘n uch bayt Ki, lavh uzra qalam ziynat berur ul durri maknundin. Bukim, albatta, yetti baytdin o‘ksuk emas, ya’ni Tanazzul aylay olmas rutba ichra yetti gardundin. G‗azalning birinchi bayti matla’ yoki mabda’, oxirgi bayti esa maqta’ deb ataladi va maqta‘da shoir taxallusi qo‗llaniladi. Agar ikkinchi bayt ham matla‘ singari qofiyalansa, ya‘ni g‗azal qo‗sh matla‘ga ega bo‗lsa, «husni matla’» yoki «zebi matla’»li g‗azal deb ataladi. QIT’A (arabcha, «parcha», «bo‘lak», «qism») 2 baytdan bir necha baytgacha hajmda bo‗lgan, faqat juft misralari qofiyalanadigan (b-a , v-a, g-a…) baytli she‘r shakli hisoblanadi. Turkiy adabiyotda qit’aning ilk namunalari Nosiruddin Rabg‘uziyning Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling