115
Xushdimog‘ etgan mayi sofi hariflar durdiman.
Boborahim Mashrab Alisher Navoiyning «Kelmadi» radifli g‗azaliga o‗xshatma –
nazira tarzida quyidagi misra bilan boshlanadigan muxammasni bitgan:
Va’da qildi bir kelay deb, ko‘zga uyqu kelmadi,
Telmurub yo‘lida qoldim sho‘xi badxo‘ kelmadi,
Necha keldi shum raqiblar, ul pariro‘ kelmadi,
Dardidin o‘ldum, tabib, dardimg‘a doru kelmadi,
Men shahidi ishq bo‘ldum qatrayi suv kelmadi...
Shermuhammad Munis ijodida muxammaslar alohida o‗rin tutib,
Navoiy va
Fuzuliyga bog‗lagan muxammaslarini misol tariqasida keltirish mumkin.
Munisning
Navoiy g‗azaliga bog‗lagan bir muxammasi quyidagicha boshlanadi:
Shirinsuxan Laylivashim vaqtiki qohir bo‘lg‘usi,
Tig‘i siyosat tortibon qatlimga hozir bo‘lg‘usi,
Tan chirkidin jonim mening ul lahza tohir bo‘lg‘usi,
Ishq ahli go‘ristonida qabrim chu zohir bo‘lg‘usi,
Farhod oning toshin yo‘nub, Majnun mujovir bo‘lg‘usi.
Munisning Fuzuliy g‗azaliga muxammasi ilk bandi quyidagicha:
Falak shabgun ko‘ngul dudin namoyon etdigumdandur,
Zamin gulzor qon yoshim gulafshon etdigumdandur,
Jahonda sho‘ri rasvolig‘ farovon etdigumdandur,
Do'stlaringiz bilan baham: