Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
8. Mustasne’ yoki tasne’ (har bandi to‘qqiz misradan tashkil topgan) musammatlar.
Turkiy adabiyotda mustasne‘ janri Fazliy Namangoniy ijodida uchraydi. 9. Muashshar yoki mashru’ (har bandi o‘n misradan tashkil topgan) musammatlar. Nodiraning «Firoqnoma» asari muashsharga misol bo‗la oladi. Mazkur muashshar quyidagi band bilan boshlanadi: Ohkim, behad menga javr-u jafo aylar falak, Furqat ichra qismatim dard-u balo aylar falak, Yordin ayru menga ko‘p mojaro aylar falak, G‘am bila guldek yuzumni kahrabo aylar falak, Bevafodur, oqibat kimga vafo aylar falak, Hasrat-u dard-u alamga mubtalo aylar falak, Yorni, albatta, yoridin judo aylar falak, Gul bila bulbulni bebarg-u navo aylar falak, Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun, Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun. Musammatlar qofiya tizimi ham to‗rtga bo‗linadi: 1. Musammatlar xuddi g‗azal kabi qat‘iy qofiya tizimiga amal qilishni talab etadi, ya‘ni birinchi bandning barcha misralari o‗zaro qofiyalanib, keyingi bandlarning faqat oxirgi satrlari birinchi bandga (masalan, musamman musammatda: a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b- b-b-b-b-a, d-d-d-d-d-d-d-a va hokazo tarzda) qofiyalanadi. 120 2. Musammatlarning ikkinchi bir turida keyingi bandlarning oxirgi bir emas, ikki misrasi birinchi band qofiyasiga (masalan, musamman musammatda: a-a-a-a-a-a-a-a, b- b-b-b-b-b-a-a, d-d-d-d-d-d-a-a va hokazo tarzda) ohangdosh bo‗ladi. 3. Musammatlarning shunday turi ham borki, unda oxirgi ikki misra barcha bandlarda aynan – naqarot kabi takrorlanadi. Masalan, Zokirjon Furqatning jami yetti bandli «Sayding qo‗yaber, sayyod...» musaddasi shunday. Ya‘ni uning birinchi bandi a-a- Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling