123
A.P.Chexov, Jek London, I.Bunin, S.Sveyg, J.Joys, A.Morua kabi adiblar hikoyachilikda
katta shuhrat topganlar.
Ayniqsa,
fransuz adabiyotida Gi de Mopassan,
Amerika adabiyotida O’Genri, rus
adabiyotida A.P.Chexov, o‘zbek adabiyotida Abdulla Qahhor singari yozuvchilar hikoya
ustalari hisoblanadilar. O‗zbek
adabiyotida Said Ahmad, Odil Yoqubov, Shukur
Xolmirzayev, O‘tkir Hoshimov, Erkin A’zamov kabi yozuvchilar ham hikoya janrining
ustalari sifatida e‘tirof etiladi.
Ayniqsa, Abdulla Qahhorning «O‗g‗ri», «Bemor», «Anor», «Boshsiz odam» kabi
qator hikoyalari o‗zbek adabiyotidagi hikoya janrining mumtoz namunalari hisoblanadi.
Bularda yozuvchi ko‗rgan, kuzatgan yoki eshitgan
voqealarini teran idrok etib, insonlar
hayotining o‗ziga
xos jihatlaridan birini, turmushning alohida olingan biror lavhasini
tasvirlaydi. Shu orqali kitobxonga ta‘sir ko‗rsatib,
uni fikrlashga, o‗y-mulohazaga
undaydi, badiiy zavq va hayajon bag‗ishlaydi, ibratli xulosalar chiqarishga da‘vat etadi.
Ixchamlik hikoyaning muhim belgisidir.
QISSA janri ham mazmunan, ham shaklan o‗rtaliqda joylashgan.
Unda qamrab
olinadigan voqealar ko‗lami, qahramonlar ishtiroki, talqin etish mo‗ljallangan muammolar
hajmi hikoyanikidan katta bo‗lsa, romannikidan kichkinadir. Abdulla Qodiriyning
Do'stlaringiz bilan baham: