Dilnavoz Yusupova


Ko‘nglum ichra dard-u g‘am avvalgilarg‘a o‘xshamas


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Ko‘nglum ichra dard-u g‘am avvalgilarg‘a o‘xshamas 
Kim, ul oyning hajri ham avvalgilarg‘a o‘xshamas.
4. Musaddas (har bandi olti misradan tashkil topgan) musammatlar. Musaddas 
oltilik») ham muxammas singari ikki turga bo‗linadi:
1) tab’i xud (mustaqil);
2) tasdis (g‘azalni oltilantirish asosida yaratilgan).
Sayding qo‘yaber, sayyod, sayyora ekan mendek,
Ol domini bo‘ynidin, bechora ekan mendek,


118 
O‘z yorini topmasdan ovora ekan mendek,
Iqboli nigun, baxti ham qora ekan mendek,
Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora ekan mendek,
Kuygan jigari bag‘ri sadpora ekan mendek.
(Furqat) 
 
5. Musabba’ (har bandi yetti misradan tashkil topgan) musammatlar. Turkiy 
adabiyotda musabba‘ faqat Mashrab ijodida uchraydi.
6. Musamman (har bandi sakkiz misradan tashkil topgan) musammatlar. Alisher 
Navoiygacha turkiy she‘riyatda musammansakkizlik») janri uchramaydi. Kulliyotda 
bitta musamman bo‗lib, u «Favoyid ul-kibar» devoniga kiritilgan. Musamman a-a-a-a-a-
a-a-a, b-b-b-b-b-b-b-a, s-s-s-s-s-s-s-a tarzida qofiyalanib, 7 banddan – jami 56 misradan 
iborat. She‘r muraddaf (radifli) bo‗lib, «ey ko‗ngul» jumlasi radif bo‗lib kelgan. 
Musamman ishqiy mavzuda: oshiqning yor ozoridan shikoyat qilib ko‗ngilga murojaati 
tarzida yaratilgan.
Har taraf azm aylab ul sho‘xi sitamgor, ey ko‘ngul,
Tig‘i hajridin necha bo‘lg‘aybiz afgor, ey ko‘ngul,
Chun safar aylab edi bir qatla dildor, ey ko‘ngul,
Dardi hajrig‘a bo‘lub erduk giriftor, ey ko‘ngul,
Bo‘ylakim, ta’rif etib g‘urbatni bisyor, ey ko‘ngul,
Shahr-u kishvardin malolat aylab izhor, ey ko‘ngul,
Anglading yo yo‘qmukim, aylar safar yor, ey ko‘ngul,
Vahki, bo‘lduq yana hajri ilgidin zor, ey ko‘ngul...
Avaz O‗tarning quyidagi band bilan boshlanadigan musammani ham mumtoz 
adabiyotimizda o‗z o‗rniga ega: 
Har odamning talab yo‘lida gar ixlosi komildur, 
Gumonsiz jumlayi maqsud birla komi hosildur, 


119 
Aning sha’nida go‘yo oyati tasdiq nozildur, 
Ramuzi ishqkim rohi haqiqat sori shomildur 
Ki, ulvi manzilatlar zumrayi ushshoqa doxildur, 
Bihamdillah, bu sirdin bulhavaslar xayli g‘ofildur, 
Murod shohidining vaslig‘a sidq ahli vosildur, 
Sadoqat fayzini bilgan kishi dono-vu oqildur.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling