122
6. Zamonaviy va mumtoz she’r shakllarining umumiy jihatlari, farqlari haqida
fikrlang.
7. Ballada janrining mohiyati haqida so‘zlab bering.
8. Sonet janrining xususiyatlari haqida nima deya olasiz?
6. EPIK TUR JANRLARI
Badiiy asarlar uchta katta guruhga – epik, lirik hamda dramatik turlarga ajraladi.
Epik, lirik va dramatik asarlar, avvalo, o‗zlarining nutqiy shakllanishi jihatidan bir-biridan
farqlanadi. Masalan,
epik asarlar, asosan, sochma – nasriy yo‗l bilan yoziladi. Har bir
adabiy tur o‗z ichiga qator janrlarni jamlaydi. Bir yoki bir necha odamning hayoti, taqdiri,
ularning boshqa odamlar bilan munosabati haqida hikoya qiluvchi, obrazlarning xarakter
xususiyatlarini
aks ettiruvchi badiiy asarlar epik turdagi asarlar deyiladi.
Epik tur
yunoncha «
epos» so‗zidan olingan bo‗lib, «
rivoya, hikoya» ma‘nolarini anglatadi.
Hayot hodisalarini badiiy qamrash ko‗lami nuqtayi nazaridan epik janrlarni
quyidagicha tasniflash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: