Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

1. Mustaqil (tab’i xud) musammatlar.
2. Tazmin (biror g‘azal asosida – zaminida yaratilgan) musammatlar.
Musammatlarni bandlardagi misralarning soniga qarab ham bir necha turga ajratish 
mumkin: 
1. Musallas (har bandi uch misradan tashkil topgan) musammatlar. O‗zbek 
adabiyotida musallas janri talablariga javob beradigan ilk she‘rlar «Qisasi Rabg‗uziy» 
tarkibida keladi. Adabiyotshunoslikda Hamza Hakimzoda Niyoziyning ijtimoiy 
mavzudagi musallaslari ilk musallaslar sifatida qaraladi.
2. Murabba’ (har bandi to‘rt misradan tashkil topgan) musammatlar. Murabba‘ning 
ilk namunasi Mahmud Koshg‗ariyning «Devonu lug‗otit turk» asarida uchraydi. Muqimiy 
«Sayohatnoma»lari murabba‘ shaklida yozilgan.


114 
3. Muxammas (har bandi besh misradan tashkil topgan) musammatlar. Muxammas 
arabcha «beshlik» ma‘nosini bildirib, har bandi 5 misradan iborat she‘r hisoblanadi va a-
a-a-a-a, b-b-b-b-a, s-s-s-s-a tarzida qofiyalanadi. Muxammas musammat (bandli 
she‘r)ning bir turi bo‗lib, yaratilish xususiyatiga ko‗ra ikki xil:
1) tab’i xud (mustaqil);
2) taxmis (g‘azalni beshlantirish asosida yaratilgan).
Tab’i xud muxammasda shoir o‗zga shoir she‘rini asos qilib olmasdan, o‗zi 
mustaqil ravishda beshlik yaratadi. Taxmisda esa muallif o‗zga shoir yoki ba‘zida (juda 
kam hollarda) o‗z g‗azalini asos – zamin qilib olib, shu mavzuni davom ettirgani holda, 
vazn, qofiya va radifni saqlab qolib beshlik yaratadi. Bunda asos qilib olingan g‗azaldagi 
har baytning yuqori qismiga uch misra qo‗shiladi. Maqta‘ bandda taxmis bog‗layotgan 
shoirning taxallusi ham keltiriladi. Mumtoz adabiyotimiz tarixida ko‗plab muxammaslar 
mavjud bo‗lib, ularning ba‘zi namunalarini keltiramiz.
Husayniy – Husayn Boyqaroning Alisher Navoiy g‗azaliga bog‗lagan muxammasi 
quyidagi misra bilan boshlanadi: 
 
La’li jonbaxshingdin ayru obi hayvonni netay?..
Har dam ar yuz jon berur, jononasiz jonni netay? 
Gar emas manzur yuzing, hur-u g‘ilmonni netay? 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling