Dilnavoz Yusupova
«Dahr uyi bunyodikim, suv uzradur, mahkam emas»
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- « alast – mast »
- « Xarobot aro kirdim oshuftahol, May istarga ilgimda sing‘on safol »
- « May ichish istagida parishon bir
«Dahr uyi bunyodikim, suv uzradur, mahkam emas» tarji‘bandi dunyo omonat binoga,
bo‗yi, vafosi yo‗q gulshanga, jafokor tuban ayyoraga o‗xshatiladi va insonni unga ko‗ngil berib, aldanib qolmaslikka chaqiradi. 109 Tarji‘bandlar ko‗pincha falsafiy mavzuda yozilgan. Alisher Navoiyning «G‗aroyib us-sig‗ar» devonidan joy olgan «Xarobot aro kirdim oshuftahol...» tarj‘ibandi quyidagi satrlar bilan boshlanadi: Ketur soqiy, ul mayki, subhi alast, Aning nash’asidin ko‘ngul erdi mast. Mayikim, qilur quysalar jom aro, O‘zi mast-u kayfiyati mayparast. Eshit sarguzashteki, bukun manga Necha mayparast o‘ldilar hamnishast... Ko‗rinadiki, tarji‘bandning birinchi bandi g‗azalga o‗xshab qofiyalanadi. Ya‘ni birinchi bayt o‗zaro «alast – mast» tarzida qofiyalangan, qolganlarida esa toq misralar ochiq qolib, juft misralar o‗zaro qofiyalanib kelayotir: «alast – mast», «mayparast – hamnishast». Boshqacha aytganda, qofiyalanish tizimi xuddi g‗azaldagiday a-a, b-a, v-a, g-a shaklida. Tarji‘bandning o‗n bayt yoki yigirma satrdan tarkib topgan birinchi bandi quyidagi bayt bilan yakunlanadi: Xarobot aro kirdim oshuftahol, May istarga ilgimda sing‘on safol. Mazkur tarji‘band o‗n band – ikki yuz satrdan iborat. Har bir band «Xarobot aro kirdim oshuftahol, May istarga ilgimda sing‘on safol» maqta‘si bilan yakunlanadi. Ushbu bayt mazmun va ruhiga ko‗ra barcha bandlarni bir-biriga bog‗lab turadi. She‘rga boy hayotiy kuzatishlarga tayangan teran falsafa asos qilib olingan. Bu kuzatishlar, bir tomondan, yengil mutoyibaga yo‗g‗rilgan bo‗lsa, ikkinchi tomondan, jiddiy xulosa- hukmlari bilan xayolingizni egallab oladi. Masalan, dastlabki bandda oshiqning qiziqarli bir sarguzashti hikoya qilingan: u bir necha mayxo‗r do‗stlari bilan mayxonaga kirib qolib, ko‗zi piri mug‗on (mayxona egasi)ga tushibdi. Birdan uning jozibasi oshiqni mahliyo etib, havaskor mayxo‗r qarmoqqa ilingan baliqdek inon-ixtiyorini yo‗qotib 110 qo‗yadi. Darveshlik libosini garovga berib bir ko‗zacha may oladi. Og‗zini mum bilan mahkam berkitib, mastona qadam bosib kelmoqda edi, hamshishalari yugurishib kelib ko‗zacha ichida nima borligini tekshirishga tushib ketadilar. Oshiq bechora oyoqlar ostida qolib, hamma narsa shunday ag‗dar-to‗ntar bo‗ladiki... «Mening shikastlanganim hech narsa emas, ko‗zacha chil-chil bo‗lib, chorasiz qolgan edim», – deb davom etadi o‗z sarguzashtini oshiq. «May ichish istagida parishon bir holda mayxonaga kirdim. Qo‗limda singan safol idish» mazmunidagi yuqorida keltirilgan maqta‘ – bayt bu voqeani o‗ziga xos tarzda yakunlaydi. Shu tariqa har bir band soqiyga murojaat bilan boshlanadi va oshiqning aftodahol ahvoli tasviri bilan tugallanadi. To‗g‗ri, sarguzasht faqat birinchi bandda, qolganlarida asosiy o‗rinni hol tasviri egallaydi. Shoir goh umrning foniyligidan g‗alayonga kelib mayxonada g‗avg‗o ko‗tarmoqchi bo‗ladi, goh safol ichidagi mayda jahonning jilvalanishini tomosha qiladi. Goh may xumoridan oshuftahol bo‗lib, soqiydan «og‗ziga may quy»ishini o‗tinadi. Lekin ushbu tarji‘bandning har jihatdan eng yuksak va mukammal bandi so‗ngisidir. U tarji‘bandni yakunlaydi. Ilohiy ishq tasviri mazkur bandda o‗zining haddi a‘losiga ko‗tarilgan: Nechuk may bila bo‘lmasun ulfatim Ki, jon qasdi aylar g‘am-u mehnatim. Nazar ayla bu korgoh vaz’ig‘a Ki, ortar tamoshosida hayratim. Quyosh yo‘qki, bir zarra mohiyatin Topa olmadi sa’y ila fikratim. Ne kelmak ayon bo‘ldi, ne ketmagim, Ne mabda’ yaqin bo‘ldi, ne raj’atim. Ne kasbi ulum etti hal mushkulim, Ne tutti ilik taqvi-yu toatim. Topay deb xabar ushbu maqsuddin Tutashti base qavm ila suhbatim. Mening boshima bas qotiq tushdi ish, 111 Chu toq o‘ldi bu dard ila toqatim. Xarobot aro kirdim oshufta hol, May istarga ilgimda sing‘on safol. Bandda dunyoni anglamoq, o‗zini bilmoqqa tiyiqsiz ishtiyoqmand oshiqning iztirob va kechinmalari o‗z ifodasini topgan. Shoir o‗z fikrlarini quyidagicha dalillaydi: bu dunyo tuzumiga nazar sol, tomosha qilganing sayin hayrating ortadi. Mening fikr-u g‗ayratim quyosh u yoqda tursin, bir zarraning mohiyatini ham anglab yetolmadi. Na kelishim ayon bo‗ldi, na ketishim. Na ularning sabab-oqibatini tushunib yetoldim. Bularni bilmoq qasdida egallaganim ilm ham mushkulimni oson qilolmadi. Anglamoq ilinjidagi taqvo-toatim ham yordam bera olmadi. Ushbu maqsadda odamlar bilan suhbatga zo‗r berdim, natija bo‗lmadi. Bu dardimga na hakim iloj qiloldi, na shayx daf etoldi. Shuncha harakatim zoye ketdi, samara bermadi. Na biror niyatga yetolaman, na niyatdan voz kechib ketolaman. Boshimga juda og‗ir ish tushdi. Bu dard bilan toqatim toq bo‗ldi. Shu bois «May ichish istagida parishon bir Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling