Dilnavoz Yusupova


mukofoti laureatlari: ingliz yozuvchisi Jon Golsuorsining


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

mukofoti laureatlari: ingliz yozuvchisi Jon Golsuorsining «Forsaytlar haqida qo‘shiq»
arab yozuvchisi Najib Mahfuzning «Xan al-Xalili», Vasiliy Yanning «Chingizxon»
«Botu», «So‘nggi dengizgacha», o‘zbek adibi S.Ahmadning «Ufq» kabi trilogiyalarini 
uch kitobdan iborat roman-trilogiyalarning mukammal namunasi desa bo‗ladi.
Roman-tetralogiyalar to‗rt kitobdan iborat roman shakli jahon romanchilik 
tajribasida uchraydi. Masalan, rus adibi V.Katayevning «Qora dengiz to‘lqinlari» 
tetralogiyasi.
To‗rtdan ortiq kitobdan iborat roman shakllarini romanlar turkumi deb atash rasm 
bo‗lgan. Romanchilik tajribasida bunday asarlar turkumiga fransuz adiblari Romen 
Rollanning o‘n jildlik «Jan Kristof», Roje Marten dyu Garning sakkiz jildlik «Tibo 
oilasi» romanlarini misol qilib keltirish mumkin. Ahamiyatlisi shundaki, har ikkala adib 
ham ushbu asarlari uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‗lganlar.
Romanchilik deganda epopeya degan tushuncha ham ko‗p ishlatiladi. Uning roman 
shakllari (dilogiya, trilogiya, tetralogiya, romanlar turkumi)ga faqat bilvosita aloqasi bor, 
ya‘ni unda asarning necha kitobdan iborat bo‗lishi emas, balki qanchalik ko‗p va katta 
voqea-hodisalarning qamrab olinishi muhim. Masalan, asar qahramonlarining bir necha 
avlodi taqdiri yoritilgan S.Ayniyning «Qullar», jahon adabiyotida Balzakning «Insoniyat 
komediyasi» roman-epopeyasi shular jumlasidandir.
She’riy roman she‘riy (lirik) uslubda yozilgan epik asar bo‗lib, odatdagi romanlar 
kabi tafsilotlarni bayon qilishga asoslanadi va unda epik hamda lirik xususiyatlar aralash 
keladi. She‘riy romanda epik jihatlar: syujetning ko‗p tarmoqli, bayonning xolis ekanida 


127 
ko‗rinsa, lirik belgilar tasvirga muallifning bemalol aralashuvi, uning o‗z tuyg‗ularini 
erkin ifoda etaverishida ko‗rinadi. She‘riy romanda voqea-hodisalar nasriy romandagidek 
bevosita tasvirlanadi, lirik chekinishlar vositasida beriladi, muallif qahramonlar bilan 
bevosita birga harakat qiladi.
Birinchi o‗zbek she‘riy romani – «Ziyod va Adiba» Mirmuhsin qalamiga mansub edi. 
Shuningdek, Muhammad Alining «Boqiy dunyo», Husniddin Sharipovning «Bir savol»

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling