Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Barot Boyqobilovning «Shukuhli karvon» asarlari ham she‘riy romanga misol bo‗la 
oladi.
A.S.Pushkinning «Yevgeniy Onegin» asari rus adabiyotidagi birinchi she‘riy 
romandir. Pushkin bu asarni yaratishda buyuk ingliz shoiri Bayronning «Don Juan» 
she’riy romanidan ta‘sirlangan. Dastlabki she‘riy romanlar jamiyat axloqining buzilishi 
sababli ma‘naviyati nuqsonli, baxti kemtik bo‗lib qolgan iste‘dodli shaxslar taqdirini 
ko‗rsatishga bag‗ishlangan. «Yevgeniy Onegin» romanining bosh qahramoni – kelishgan, 
aqlli, o‗ziga yarasha o‗qimishli, farosatli yigit. Lekin u o‗z axloqini kibor jamiyat talabiga 
moslashtirishga majbur bo‗lgani uchun hammaga begona. Munofiqlik va yolg‗onni axloq 
darajasiga ko‗targani uchun ham oliy tabaqa vakillari o‗rtasidagi munosabatlarda 
samimiylik yo‗q. Samimiylik bo‗lmagan joyda muhabbatga ham o‗rin yo‗q. Shu bois 
qizning eng munosib umr yo‗ldoshi bo‗lishi mumkinligini yaxshi bilgani holda Yevgeniy 
Tatyananing sevgisini rad etadi. U o‗zining qizga loyiq emasligini sezadi.
Onegin yengiltak ham, xotinboz ham emas. Lekin kiborlar ko‗ziga shunday 
ko‗rinish, ular orasida shuhrat orttirish uchun ayollarni yo‗ldan urishga urinadi. Yevgeniy 
janjalkash, qonxo‗r odam emas, ammo kiborlarda duelga chiqishdan qo‗rqdi degan fikr 
uyg‗otmaslik uchun o‗zi istamagani holda sodda shoir yigit Lenskiyni otib o‗ldiradi. 
Romanda kuchi, g‗ayrati, aqlini sarflashi mumkin bo‗lgan ezgu mo‗ljalning yo‗qligi 
tufayli qiynalayotgan yigit iztiroblari aks etgan.
«Yevgeniy Onegin» asarida qahramon hayotidagi sarguzashtlar bilan birga asardagi 
personajlarning xatti-harakatiga shoir munosabati ham yaqqol ifoda etilgan.
Savol va topshiriqlar: 
1. Epik turga mansub janrlarni sanang.


128 
2. Jahon adabiyotida hikoya ustalaridan kimlarni bilasiz? 
3. Romanlarning mavzu va shakllari deganda nimani tushunasiz? 
4. Roman-dilogiya, roman-trilogiya, roman-tetralogiyalarni ta’riflang. Ular orasida 
qanday o‘xshashlik va farq qiluvchi jihatlar mavjud? 
5. Romanlar turkumi nima? Bu atama qanday shakldagi asarlarga aytiladi?
6. Roman-epopeya deb qanday asarga aytamiz?
7. She’riy roman qanday paydo bo‘lgan? 
8. O‘zbek adabiyotida yaratilgan she’riy romanlar haqida gapirib bering.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling