Dilnavoz Yusupova


(«Padarkush», 1911), Abdurauf Fitrat (Abulfayzxon», 1926), Maqsud Shayxzoda


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Padarkush», 1911), Abdurauf Fitrat (Abulfayzxon», 1926), Maqsud Shayxzoda 
Jaloliddin Manguberdi», 1944, «Mirzo Ulug‘bek», 1961) tomonidan yaratildi. Ushbu 
asarlar o‗zbek sahna madaniyatining haqiqiy durdonalariga aylandi.
KOMEDIYA (yunon. «comos» – quvnoq kishilar (olomon) va «oide» – qo‘shiq)da 
hayot voqea-hodisalari dramatik qahramonlarning kulgili fe‘l-atvorlari, xatti-harakatlarida 
voqe bo‗ladi. Bu xususiyati bilan u tragediyaga tamoman qarshidir. Tragediyaning 
mazmuni buyuk axloqiy hodisalar olamidir, uning qahramonlari ma‘naviy inson 
tabiatining substansial kuchlari bilan to‗la bo‗lgan shaxslardir, komediyaning mazmuni 
aqliy zaruriyatdan mahrum tasodiflar, sharpalar dunyosi yoki haqiqatda mavjud 
bo‗lmagan voqelik hodisalaridir; komediyaning qahramonlari o‗z ma‘naviy tabiatining 
substansial asoslaridan voz kechgan odamlardir. Shuning uchun tragediyaning ko‗rsatgan 
ta‘siri ruhni qaltiratuvchi muqaddas dahshat bo‗lsa, komediya ko‗rsatgan ta‘sir sho‗x 
kulgudir... Tragediya o‗z hayotining tor doirasida faqat yuksak lahzalarni, qahramon 
voqeasining shoirona lahzalarini to‗plasa, komediya har kungi hayotning oddiy 
ko‗rinishlarini, uning mayda-chuydasini, tasodiflarini ko‗rsatadi.
Komediyaning mohiyati komik konfliktga bog‗liq bo‗lib, unda «hayot o‘z-o‘zini 
inkor qiladi» (V.Belinskiy), ya‘ni, aslida, xunuk, zararli, razil va nopok xulqli inson 
(mazmun) o‗zini yaxshi, ilg‗or, pok, odamiy qilib ko‗rsatsa (shakl) yoki buning aksi 
bo‗lsa, kulgu keltirib chiqaradi. «Unda shoirning shaxsi faqat tashqi jihatdan 
ko‘rinmaydi, – deb yozadi V.Belinskiy. – Lekin uning subyektiv mushohadasi yashirin fikr 
sifatida ko‘p komediyada bevosita hozir bo‘ladi, komediyada ko‘rsatilgan hayvonlar va 


132 
tasqara basharalar orqasidan sizga boshqa yuzlar, go‘zal, insoniy yuzlar ko‘ringanday 
bo‘ladi, kulgusi sho‘x xursandchilikni emas, alam va norozilikni ifoda qiladi...»
Badiiy komediyaning eng yaxshi namunasi Gogolning «Revizor» nomli asaridir. 
O‗zbek adabiyotida Hamza Hakimzoda Niyoziyning «Maysaraning ishi», Abdulla 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling