Dilnavoz Yusupova


Qahhorning «So‘nggi nusxalar», Erkin Vohidovning «Oltin devor», Said Ahmadning


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Qahhorning «So‘nggi nusxalar», Erkin Vohidovning «Oltin devor», Said Ahmadning 
«Kelinlar qo‘zg‘oloni», Abduqahhor Ibrohimovning «Zo‘ldir» kabi asarlari ham 
komediya janrining yaxshi namunalari sanaladi.
DRAMA (yunon. «drame» – harakat) atamasi keng ma‘noda dramatik turni, tor 
ma‘noda drama janrini bildiradi. Drama, V.Belinskiy asoslaganidek, tragediya bilan 
komediya o‗rtasidagi janrdir, u mash‘um falokatni ham, yumoristik va satirik kulguni ham 
talab qilmaydi. Balki hayot hodisalarini yuqori darajali tarzda, jiddiy holatda tasvirlaydi. 
«Dramada muhim narsa uzundan uzoq hikoyalarning yo‘q bo‘lishidir, har bir so‘z 
dramada harakat – amal bilan ifodalanishi lozim. Drama tabiatdan oddiy 
ko‘chirmakashlik emas, ayrim sahnalarning, garchi ular go‘zal bo‘lsalar ham, yig‘indisi 
emas, drama ayrim, xos, yopiq bir dunyo bo‘lishi kerak, unda har bir shaxs o‘z maqsadiga 
intilib, faqat o‘zi uchun harakat qilib, o‘zi bilmasdan ham pyesaning umumiy harakatiga 
yordam beradi, drama xayol, mulohaza orqali yopishtirilmasdan, balki fikrdan tug‘ilgan 
bo‘lsagina shunday xarakterga ega bo‘ladi» (V.Belinskiy).
Dramaning qahramoni ko‗pincha hayotdagi oddiy kishilar, ularning dramatizmga 
to‗la qismatlaridir. Ularning taqdirlarida ro‗y beruvchi jiddiy konfliktlarning oqilona 
bartaraf qilinishidir.
Agar tragediya qahramoni noilojlikdan halok bo‗lsa, uni taqdir boshqarsa, drama 
qahramoni o‗z irodasiga, xarakteriga muvofiq yakun topadi, uni tipik sharoit mantig‗i 
to‗liq asoslaydi. Izzat Sulton va Uyg‘unning «Alisher Navoiy», O‘lmas Umarbekovning 
«Qiyomat qarz», «O‘z arizasiga ko‘ra», Izzat Sultonning «Imon» kabi asarlari 
dramaning harakat birligiga asoslangan eng yaxshi namunalari sanaladi.
Agar tragediyani fojia, komediyani kulgu, dramani jiddiylik boshqarsa, ba‘zi 
dramatik asarlarda bu vositalarning birlashganini ko‗rish mumkin. 


133 
TRAGIKOMEDIYA (tragediya va komediyaga xos xususiyatlarning birlashuvi
janrida inson fojiasini kulgili voqealar orqali ko‗rsatish yetakchilik qiladi. Sharof 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling