Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

7. DRAMATIK TUR JANRLARI 
 
Sahnada qo‗yish uchun yaratilib, harakat, monolog va dialoglardan iborat bo‗lgan, 
muallif asarda tasvirlangan voqealarga ham, unda ishtirok etayotgan obrazlarga ham o‗z 
munosabatini bevosita ifodalamaydigan badiiy asarlar dramatik asarlardir. Dramatik 
turdagi asarlarning o‗zi ham fojia (tragediya), komediya, drama singari janrlarga 
bo‗linadi. Drama yunoncha «harakat» degan ma‘noni ifodalaydigan so‗zdir. Bunday 
nomlanishda adabiy turning eng asosiy xususiyati – sahna asaridagi ifoda obrazlarning 
harakatlari orqaligina yuzaga kelishi, bildirilishi hisobga olingan. Dramatik turning 
quyidagi janrlari mavjud: tragediya, komediya, drama, tragikomediya, melodrama
inssenirovka, intermediya, monodrama va boshqalar.
TRAGEDIYA adabiyotning dramatik tur janrlaridan biri bo‗lib, uning lug‗aviy 
ma‘nosi yunoncha «tragos» – echki, «ode» – qo‘shiq; tragediya – echki qo‘shig‘i 
ma‘nosini anglatadi. Qadimda yunonlarda hosil xudosi Dionis sharafiga xalq bayramlari 
o‗tkazilgan. Bu bayramlarda echkilar so‗yilib dasturxonga qo‗yilgan. Qiziqchilar esa 
echki terilarini yopinib yurib turli sahna tomoshalarini ko‗rsatishgan. Bunday jaydari 
qiziqchilarni tragoslar deyishgan. Keyinchalik bu so‗z oqibati fojia bilan tugaydigan sahna 
asarlariga nisbatan qo‗llanila boshlagan.
Tragik asar, ya‘ni tragediyaning boshqa sahna asarlari (komediya, monodrama, 
intermediya)dan farqi shundaki, u qahramonlar o‗rtasidagi kuchli ziddiyatlar asosiga 


129 
quriladi, qahramonlar taqdiri fojia bilan yakun topadi, ular o‗rtasidagi konflikt (ziddiyat) 
shiddatli va keskin tus oladi. Fojeiy asar qahramonlar xarakterining yorqinligi, ichki 
kolliziya (qarama-qarshilik, to‗qnashuv) kuchliligi, personajlar o‗rtasidagi konfliktning 
o‗ta kuchli ekanligi bilan farqlanadi. Tragediya murosasiz kurash, g‗oyatda keskin 
ziddiyat zaminiga quriladi. Bunday asarda kishilar qismati shiddatli, suronli siyosiy 
voqealar, turli ijtimoiy, shaxsiy qarashlar kurashi fonida ko‗rsatiladi.
Tragediya doimo hayotdagi eng muhim, dolzarb hayot-mamot masalalarini ko‗tarib 
chiqadi. Ijobiy qahramon istagi, qarashlari bilan u yashagan muhit o‗rtasidagi ziddiyat 
tragediyaning asosiy kolliziyasi (qarama-qarshiligi)ni keltirib chiqaradi va, albatta, 
ezgulikni e‘zozlagan, haqiqat fidoyisi, yaxshi inson fojiasi uning o‗limi bilan tugaydi. 
Biroq bu qayg‗uli, faqat ko‗z yosh oqizib tomosha qiladigan holat emas, balki dramaturg 
ko‗zda tutgan ezgu g‗oyalarning tantanasi, kelajakka katta ishonch bilan yo‗g‗rilgan 
ijtimoiy ruhning g‗olib kelishidir. Ijobiy qahramonni mahv etgan qora kuchlar asar 
davomida o‗zlarining kaltabinligi, ma‘naviy tubanligi, taraqqiyot dushmanlari ekani kabi 
«xislatlari»ni fosh etadilar. Fojeiy sahna tomoshasi so‗ngida qahramon halokati yovuz 
kuchlarning ham ma‘naviy o‗limi bilan tugaydi.
Tragediya janrining xususiyatlari V.Belinskiy tomonidan quyidagicha asoslanadi: 
1. 
Tragediyaning mohiyati... qalbning tabiiy jarayoni, maylning axloqiy burch 
yoki daf qilinmas bir to‘siqlik bilan to‘qnashuvidir... Tragediya – qayg‘uli tomosha! 
Agarda qon, o‘liklar, xanjar, zahar tragediyaning odatdagi sifatlari bo‘lmasa ham, lekin 
uning oqibati har vaqt qalbdagi eng qimmatli umidlarning yemirilishi, butun bir hayot 
saodatining yo‘qoluvidir. Uning qora ulug‘vorligi, uning buyuk azamatligi shundan kelib 
chiqadi: unda taqdir kuchi hukm suradi, uning mohiyati, asosi taqdir kuchidir.
2. 
Tragediya asosida buyuk haqiqat, yuksak donolik yotadi. Kurashda o‘lgan 
yoki g‘alabada halok bo‘lgan qahramon uchun biz chuqur qayg‘uramiz. Lekin bu 
kurashsiz, bu halokatsiz u qahramon bo‘lmasligini, o‘z shaxsiyati bilan abadiy substansial 
kuchlarni, jahonni va o‘zgarmas borliq qonunlarini amalga oshira olmasligini bilamiz.
3. 
Buyuk axloqiy vazifalarni hal qilish uchun taqdir eng asl ruhlarni, kishilik 
dunyosi boshida turgan yuksak ruhli shaxslarni, axloqiy dunyoning tirgagi bo‘lgan 
substansial kuchlarni o‘zida gavdalantirgan qahramonlarni tanlaydi. Faqat oliy tabiatli 


130 
odam tragediyaning qahramoni yoki qurboni bo‘la oladi; voqelikning o‘zida ahvol 
shunday.
4. 
Har qanday tragediyadan mash’um halokatni yo‘qoting, siz bu bilan uni 
buyuklikdan, butun ma’nodan mahrum qilasiz, buyuk asardan oddiy bir narsa yasaysiz, u 
birinchi galdayoq o‘zining butun nafis kuchini yo‘qotadi.
5. 
Tragediya ko‘proq sun’iy asardir. Mana shuning uchun tarixiy shaxslarni 
buzib ko‘rsatishga biroz yo‘l qo‘yilsa ham, tragediyaning go‘yo qat’iy huquqidir, bu 
uning mohiyatidan kelib chiqadi. Tragediyachi o‘z qahramonini ma’lum tarixiy vaziyatda 
ko‘rsatishni istaydi: tarix unga vaziyat beradi, agar bu vaziyatdagi tarixiy qahramon 
tragediyasining ideyasiga muvofiq kelmasa, uni o‘zicha o‘zgartirishga u to‘la huquqlidir.
O‗zbek adabiyotida yaratilgan «Muqanna» (H.Olimjon), «Mirzo Ulug‘bek» 

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling