Dilnavoz Yusupova
Download 2.95 Mb. Pdf ko'rish
|
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot
a)
ishq. Boshqa tushunchalar, obrazlar, vositalarning hammasi undan kelib chiqadi yoki unga bog‗lanadi. Ishq ikki turli bo‗ladi: 1) majoziy ishq – Alloh tomonidan yaratilgan barcha narsaga: insonga va butun borliqqa nisbatan muhabbat, mehr, ardoq anglashlik tuyg‗usi; 2) haqiqiy ishq – boshqa hech narsaga qiyos qilinmaydigan Yaratganni tuyish, anglash va U bilan birlik tuyg‗usi. b) yor. Ishq qo‗yilgan ma‘shuq tasavvuf adabiyotidagi yor (mahbub(a), ma‘shuq(a), jonon, do‗st, rafiq) obrazidir. Majoziy ishqdagi yor inson bo‗lib, payg‗ambar Muhammad alayhissalom yoki tariqat peshvosi piri komil nazarda tutiladi. Shuningdek, ota-ona, farzand, ayniqsa, go‗zal ayol yoki ko‗rkam yigit ham yor obrazi orqali beriladi. Haqiqiy ishq nuqtayi nazaridan esa u Allohdir. Ishq ko‗pincha may, sharob istilohlari orqali ifodalanadi. May (ishq) quyiladigan kosa, jom, qadah kabi idishlar ko‘ngil (so‘fiy qalbi) ramzlaridir. Ko‗nglida (idishda) ishqi (mayi) to‗la oshiq (mast, xumori)lar to‗planadigan joy esa pir (murshid) dargohi bo‗ladi. Bu yerda ular muridlarini tarbiyalaydi, nafs qutqularidan xalos bo‗lish yo‗llarini ko‗rsatish hamda ilohiy haqiqatlardan ogoh qilish bilan so‗fiylar qalbida ilohiy ishq uchqunlarini yolqinlatadilar. Bunday pirlar dargohi tasavvufda mayxona (butxona, xarobot) istilohlari bilan yuritiladi. Ishq may ekan, ishqi borlar to‗planadigan joyning mayxona atalishi tabiiy. Mayxonada, odatda, may tarqatuvchi, mayni quyib ulashuvchi shaxs bo‗ladi. Tasavvuf mayxonasi (dargohi)da ma‘rifat ulashuvchi, ishq sirlarini talqin etuvchi piri komilga soqiy istilohi qo‗llangan. Ishq ahli (oshiq) deganda, asosan, so‗fiylar tushunilsa, vasl ahli deganda komillikka yetishgan, avliyolik siyratini kasb etgan zotlar nazarda tutiladi. Download 2.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling