Dilora ne’matova mustaqillik yillarida ta’lim tizimidagi islohotlar: ilk natijalar va muammolar


Navoiy davlat konchilik instituti


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/17
Sana27.10.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1727810
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
mustaqil ish

Navoiy davlat konchilik instituti. Ma‘lumki, Navoiy davlat konchilik 
instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 1995 yil 7 iyuldagi 
«Navoiy davlat konchilik institutini tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoni hamda 
1995 yil 26 iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Navoiy 
davlat konchilik instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori asosida 
Navoiy shahrida tashkil etildi.
Bugungi kunda Navoiy davlat konchilik instituti tarkibida 5 ta fakultet 
faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular, Konchilik, Energo-mexanika, Kimyo-metallurgiya
Olmaliq kon-metallurgiya va Zarafshon umumtexnika fakultetlaridir. Navoiy 
shahridagi 3 ta fakultet ixtiyorida 3 ta o‘quv binosi, 1 ta talabalar turar joyi
madaniy hordiq chiqarish maskani, sport-sog‘lomlashtirish maskani, til o‘rganish 
markazi va xo‘jalik binolari, kompyuter sinfilari, 2 ta Axborot-resurs markazi va 
o‘quv zallari talabalarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. 
SHuningdek, yuqori malakali pedagogik kadrlar tayyorlash ishlariga ham 
yetarlicha e‘tibor qaratilgan. Oliygohda 1996-2010 yillar davomida 6 ta doktorlik 
va 30 dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. SHu bilan birgalikda
istiqbolli rejaga ko‘ra kelgusida 53 nafar fan doktori va 125 nafar fan nomzodi 
tayyorlanishi ko‘zda tutilgan holda o‘tgan 2009 yilda 3 nafar fan doktori va 3 nafar 


fan nomzodi ilmiy darajalari muvoffaqiyatli himoya qilindi. 2010 yilda esa 5 ta fan 
doktori va 20 dan ortiq professor-o‘qituvchilar fan nomzodi ilmiy darajasini olish 
uchun himoyaga tayyorgarlik ko‘rmoqdalar.
2010 yil institut professor-o‘qituvchilari 1-3 mart kunlari o‘tkazilgan III-
Respublika ―Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar‖ yarmarkasiga faol 
ishtirok etib 4 ta loyiha bo‘yicha NKMK rahbariyati bilan 57 mln so‘mga kelishuv 
bayonnomasi imzolandi. Bu ta‘lim, fan va ishlab integratsiyasini rivojlanishida 
muhim rol o‘ynaydi. 
Navoiy viloyatida oliy ta‘limning rivojlanishi tarixi va bugungi rivojlanish 
istiqbollarini tahlil qilgan holda quyidagi takliflarni ilgari suramiz: 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling