Diniy ekstrеmizm va tеrrоrizmga қarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asоslari fanidan maruza matnlari
Download 1.03 Mb.
|
13- maruza matnlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Xalifalik» tushunchasi.
Nurchilar. Asoschisi turkiyalik Sayyid Nursiy Badiuzzamon bo`lgan mazkur tashkilotning asl maqsadi — mavjud h’okimiyat uchun qarshi chiquvchi o`ta diniy, mutaassib kishilarni tarbiyalashdan iborat.
Oqim vakillari o`zlariga yangi a’zoni jalb etishda birinchi navbatda, nurchilar jamoasi faoliyati siyosatdan uzoqdegan fikr-ni singdirishga qarakat qiladilar. Aslida bu bir niqob bo`lib, ularning faoliyati negizida aynan siyosatga aralashuv yotadi. Hozirgi kunda «Nurchilik» h’arakati Turkiyadagi eng nufuz-li oqimlardan biri bo`lib, ta’lim soh’asida Turkiya milliy ta’-lim vazirligidan keyingi mavqeni egallaydi. Harakat ta’lim soh’asi bilan birga, mamlakatdagi OAV qayotida h’am kuchli mav-qega ega bo`lib, turk va ingliz tilida chiquvchi 14 ta jurnal, «Zamon» kundalik ro`znomasi, «Somon yo`li» televizion kanali va 2 ta radiostantsiya faoliyatini nazorat qilib boradi. Bu oqimning yurtimizga kirib kelishi 1992yildan boshlab kuzatilgan. Dastlab oqim g’oyalari turkiyalik ekstremistlarning moddiy va ma’naviy ko`magidaetkazilgan. Respublikamizda nurchilar yig’iladigan manzillar aniklanib, lozim bo`lgan choralar ko`rilgan. Ayni damda ular maxfiy tarzda h’arakat olib borishga urinmokdalar. «Nurchilik» h’arakati saflarining asosini yoshlar tashkil eta-di, qarakat tomonidan chop etilgan da’vat varaqalarini tarqa-tish yo`li bilan ularning saflari kengaymoqda. Mazkur oqim a’zolari Xindiston, Pokiston va Malayziya mamlakatlarida h’am paydo bo`lgan. Shuningdek, Amerikada tah’sil oluvchi turk tala-balari orasida nurchilar da’vatiga ergashuvchilar borligi sabab-li bu h’arakat AQSh h’ududida h’am tarqalmokda. «Xalifalik» tushunchasi. «Hizbut-tah’rir» kitoblarining aso-siy mavzusi «xilofat» (xalifa saylash) masalasi bo`lib, ularda «Hozirgi kunda musulmonlarning zimmalaridagi dolzarb vazi-fa xalifa saylashdir, toki ular bu ishni ado etmas ekanlar, ularning boshqa ibodatlari befoydadir», degan g’oya targ’ib qili-nadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, bugungi kunda bu da’vo-ning asossiz va noto`g’ri ekanini anglab olish nih’oyatda muh’im. Ular odatda o`z qarashlarini asoslash uchun payg’ambarimizning «Kimki imomsiz, ya’ni xalifasiz h’ayotdan o`tsa, u joqiliyat za-monida o`tganlardek o`libdi», — degan h’adislarini h’ujjat-da-lil sifatida keltiradilar. Ushbu h’adisningtarixi va mazmun-moh’iyatini «bilmaslikka» olib, o`z yo`llariga yurmaganlarning barchasini kufrga h’ukm qiladilar. Shunda/( ekan, «xalifa»ning ma’nosini va qanday shaxs xalifalikka loyikligini anglab olish bu h’adisda ular uchun h’ech qanday h’ujjat yo`qigini tushunishda muh’im ah’amiyat kasb etadi. Eng avvalo, yuqoridagi h’adis barcha zamonlardagi insonlarga taalluqli emas, balki musulmonlarningustilaridaxalifa mav-jud bo`lib, unga itoat qilishga bay’at qilmagan kishilargagina xosdir. Aks h’olda necha asrlardan beri kelayotgan musulmonlar va ular orasidagi ulamolar, xudoning xos bandalari barchasi joh’i-liyatda o`lganlari h’aqidagi xulosa kelib chiqadi. Payg’ambarimizning quyidagi h’adislari ularning bu da’vo-lari o`rinsiz ekaniga dalil bo`ladi: «Mendan keyin xalifalik o`ttiz yil bo`ladi, undan keyin tishlab tortilgan amirlik va podshoxdiklarga aylanadi». Bu h’adis mo`’jiza sifatida aytilgan h’adis edi. Vafotlaridan keyin xalifalik qilgan Abu Bakr, Umar, Usmon va Alilarningxalifalik muddatlarini bir-biri-ga qo`shsak, yigirma to`qqiz yarim yil bo`ladi. Hazrati Alining katta o`g’li Imom Hasan olti oy xalifalik qilgan. Shu bilan UTtiz yil komil bo`lgan.Hadisdagi «...undan keyin tishlab tortilgan amirlik va pod-shoxliklarga aylanadi», degan gapning ma’nosi shuki, Shom (Su-riya)da xalifalik qilgan Muoviya ibn Abu Sufyon o`z o`rniga tentak sifato`g’li Yazid ibn Muoviyani xalifa qilib qoldirmoqchi bo`la-di. Ya’ni, bu paytga kelib odamlar h’okimiyatga tish-tirnog’i bilan yopisha boshlagan edi, tentak bo`lsa h’am o`rnimga o`g’lim qolsin, boshqa kishi xrkimiyat tepasiga kelmasin, deyila boshlagan edi. «Hizb»chilar, shuningdek, ular islomiy da’vatni butun olamga yoyish lozim, degan asossiz da’voni ilgari suradilar. Zero, is-lom ta’limoti Er yuzining deyarli barcha joyiga etib borgani isbottalab qilmaydigan h’aqiqatdir. Bordiyu, uni etkazish za-rurati tug’ilsa, bu ish h’izbchilar qilayotgani kabi turli port-lashlarni amalga oshirish, begunoh’larni o`ldyrish yo`li bilan emas, tinchlik yo`li bilan, o`z xulqu odobimizni namuna qilib ko`rsatish, islomning insonlarga foyda ekanini o`rgatish yo`li bilan amalga oshirilmog’i lozim. «Hizbut-tah’rir» partiyasini qo`llab-quvvatlaydigan ulamo-lar islom dunyosida juda ozchilikni tashkil etadi. Aksincha, uni inkor etadiganlar son-sanoqsiz. Bu partiyaning g’oyasi va dasturi h’anuzgacha dunyoningbirorta mamlakatida ma’qullanmagan. Uning o`zi rasmiy tashkilot sifatida tan olinmagan, balki ilk ta’sis topgan maskanidan tortib, dunyo mamlakatlarining h’ammasida uning faoliyati taqiqlangan. Islomda esa, ozchilikning emas, ko`pchilikning fikriga qo`shilishga buyurilgan. «Mening umma-tim yoppasiga adashib, zalolatga tushib qolmaydi, qachonki, ular orasida qarama-qarshilikni ko`rsalaringiz, sizlar ko`pchilik tomonida bo`lingiz!», — degan sah’ih’ h’adis h’am fikrimiz dalili bo`la oladi. Demak, payg’ambarimizning ushbu vasiyatlariga qara-ganda, zamonamiz musulmonlari ozchilikni tashkil etuvchi h’izb-chilarga emas, ularning g’oyasiga qo`shilmay kelayotgan ko`pchilik ulamolarning safida bo`lishlari kerak. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling