Diniy ekstrеmizm va tеrrоrizmga қarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asоslari fanidan maruza matnlari
Yoshlar va xotin-qizlar orasida ekstremistik g’oyalarning tar-
Download 1.03 Mb.
|
13- maruza matnlari
Yoshlar va xotin-qizlar orasida ekstremistik g’oyalarning tar-qalish sabablari. Keyingi paytlarda turli terrorchilik xara-katlarini sodir etish ishlariga ayollar h’am aralashib qolmoqda-lar, Bellariga portlovchi moddalar bog’lab, o`zini nobud qilayotgan ayollar soni ortib bormoqda. Bu kabi ishlarga qo`l urishlari, o`z jonlariga qasd qilishlari, umuman, terrorizm yo`liga kirib qolishlarining asosiy sababi, ularning na diniy, na dunyoviy bilimga ega emasliklari, turli oqimlarga nisbatan sof islom dinining munosabatini bilmasliklaridir.
Ba’zi kishilar ayollarningterror yo`liga kirib qolishlari-ni moddiy qiyinchilik, oiladagi etishmovchilik, ishsizlik, kam ta’minlanganlik, alamzadalik, siyosatdan norozilik kabi qator ijtimoiy h’olatlar bilan bog’lashga intiladilar. Aslida esa, ekstremistlar ayollarning turli oqimlarga ki-rib, o`zlarini o`ldirish darajasigacha borishlarida ularning ma’-naviy-ruh’iy olamiga xos xususiyatlardan ustalik bilan foyda-lanayotganliklarini ko`rish mumkin. Xususan, ma’lumotlar falastin va Kavkazda aldab yoki zo`rlab nomusiga tegish orqali uni ma’naviy-ruh’iy jih’atdan boshi berk ko`chaga kiritib qo`yish, so`ng esa bu gunoh’ni yuvish yo`li sifatida «shah’idlik»ni taklif etish va asta-sekin o`z-o`zini portlatishga tayyorlash usulidan keng foydalanilayotganini ko`rsatadi. Amaliyot, ayni paytda, xotin-qizlar aka-ukalarning ta’si-rida h’am bunday h’arakatlarni sodir etish darajasiga kelgan-liklarini ko`rsatadi. Jumladan, erkaklar o`ziningdiniy ilm-lardan bexabar, h’ar ishda itoatkor ayoliga turli oyat-h’adislarni noto`g’ri talqinda tushuntirishi, qo`poruvchilik h’arakati uchun jannat bilan mukofotlanishini va’da qilishi, ayolning jan-natga kirishi erning roziligiga bog’likligini doimiy uqtiri-shi oqibatida ayollarning o`zini va begunoh’ kishilarni o`ldirib, jinoyatga qo`l urishlari aniklangan. Yoshlarning turli oqimlarga kirib qolishlari sabablari qato-rida ularning bilimlari, shu jumladan, diniy ilmlarni egal-lashga bo`lgan qiziqish va intilishi h’amda ishonuvchanligi, bir-daniga va h’amma narsaga (boylik, shon-shuh’rat, martaba va h’.k.) ega bo`lishga h’arakat qilishi, ilmiy tilda aytganda maksima-lizm kabi ma’naviy-ruh’iy omillarni aloh’ida ajratib ko`rsa-tish lozim. «Sen bu tashkilotga kirish yoki mana bu vazifani bajarish bilan aloh’ida, h’ar kimga h’am nasib qilavermaydigan sharafli ishga qo`l urgan bo`lasan, kerak bo`lsa, sen millat, din, insoniyatning xaloskoriga aylanasan!», — degan qarashlarni sing-dirish jarayoni aynan mana shu kabi xususiyatlarga aloh’ida e’ti-borberilayotganini ko`rsatadi. Yoshlar va ayollar o`zlariga xos bo`lgan yuqoridagi kabi ruh’iy xususiyatlarni yaxshi biladigan va o`zlarining g’arazli maqsadla-ri yo`lida ustalik bilan foydalanayotgan, xalifaliktuzsak bar-cha muammolarimiz h’al bo`ladi deb yurgan h’izbchilarning safsata-lariga uchib, aldanib qolmokdalar. «Al-Va’y» («Ong») kabi manbalarda chop etilayotgan turli fatvolarga ishonib, o`zlarini portlatib, «shah’id» bo`ldim, deb h’isoblamokdalar. Bu kabi h’ara-katlarning mutlaqo noto`g’ri ekani «shah’id» atamasining mazmu-ni izoh’ida yanada oydinlashadi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling