Diniy ekstrеmizm va tеrrоrizmga қarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asоslari fanidan maruza matnlari
Demokratik h’uquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurish
Download 1.03 Mb.
|
13- maruza matnlari
Demokratik h’uquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurish. Ko`pgina rivojlangan davlatlarda fuqarolikjamiyati asoslari-ni shakllantirishga muayyan darajada erishilgan bo`lsa-da, uni yanada takomillashtirish jarayoni davom etmoqda. Fuqarolik ja-miyati tushunchasi asosida inson erkinligi, uning barcha ko`ri-nish va munosabatlarda namoyon bo`lishi g’oyasi yotadi. Xususan, u iqtisodiy soqada xususiy mulkka ega bo`lish, siyosiy soxdda siyo-siy h’ayotda ishtirok eta olish, h’uquqiy soh’ada teng h’uqukdilik, ijtimoiy soxada uyushmalarga birlashish, diniy soh’ada - vijdon erkinligi, madaniy soxada — madaniy xilma-xillik, millatlar-aro va irqlararo munosabatlarda — millatlar, irkdarningteng-ligi va tolerant munosabatda bo`lishi, kommunikatsiya soh’asida — axborotlarni erkin ayirboshlash va so`z erkinligi, mafkuraviy soh’ada — g’oyaviy xilma-xillik, plyuralizm, migratsiya soh’asida — insonning yashash joyini erkin tanlash, ruh’iy soh’ada — inson h’urfikrliligi va fikrlarning teng h’uqukdi raqobati asosida rivojlanishi orqali amalga oshadi, deb e’tirof etiladi.
Voqelikda bu soh’alarning barchasida ideal h’rlatga erishish im-koniyati chegaralanmagan. Lekin tarixiy tajriba ushbu ideal maqsad-ga amaliyotda muayyan darajada yaqinlashish mumkinligini ko`rsatdi. O`zbekiston mustaqillikka erishganidan so`ng dunyoda eng rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo`shilish h’amda fuqarolik ja-miyati h’amda dunyoviy, demokratik adolatli h’uquqiy davlatni shakllantirish maqsadini o`z oldiga qo`ydi. Shundan kelib chi-qib, h’ozirgi zamon tsivilizatsiyasiga xos siyosiy faoliyat va uyushuvningo`zimizga mos tizimlari, yangi siyosiy institutlar va texnologiyalar, jamiyat siyosiy h’ayotida qatnashishning asosiy shakl-lari (ikki palatali parlament, demokratik saylovlar, referen-dumlar, umumxalq muh’okamalari) yaratildi. Bu borada jah’onda ishlab chiqilgan, rivojlangan demokratik davlatlarga xos bo`lgan ko`ppartiyaviylik tizimi, nodavlat tashkilotlarning faolligi va jamiyat h’ayotida xar tomonlama qatnashishi mamlakatimizning o`ziga xos vaziyatiga mos ravishda ro`yobga chiqmokda. Yaqin o`tmishda xususiy mulk taqiqshngan va oqibatda iqti-sodiy faoliyat erkinligi yo`q qilingan edi. Inson faoliyati va moxiyati yaxlitligi nuqtai nazaridan iqtisodiy erksizlik bosh-qa soxalardagi erkinliklarning h’am shakllanishiga to`siq bo`ldi. Shuning uchun h’am, yaqin o`tmishda e’lon qilingan erkinliklar ko`p jih’atdan ro`yobga chiqmay deklaratsiya shaklida qolib ketdi. Shu sababli respublikalar mustaqillikka intildi va oqibatda istiqlolga erishdi. Davlatimiz mustaqilligi millatimizning eng kjsak ne’mati va milliy erkinligimizning asosidir. O`zbekistonda fuqarolik jamiyatini qurish o`tish davri qi-yinchiliklarini mumkin qadar kamaytirish, turli ijtimoiy il-latlar, adolatsizliklarning oldini olish yo`li bilan amalga oshi-rilmokda. O`zbekiston boshqa davlatlar kabi fuqarolikjamiyati qurishda insoniyat avval bosib o`tmagan, yangi yo`ldan bormokda. Bu yo`lda totalitar tuzum davridagidan farqli ravishda inson faol-ligi, erkinligi, tashabbusi va ijodkor kuchini rivojlantirish asosida fuqarolik jamiyati qurilishi mo`ljallanmoqda. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling