Dinshunoslik faniga kirish
Download 336.07 Kb.
|
11-seminar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buddaviylik dinining paydo bo‘lishi tarixi, asosiy ta’limotlari
Mavzu: Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya xudojo’ylik tushunchalarining ma’nosi va ularning o’zaro aloqasi.Reja:Din, dinshunoslik, din falsafasi tushunchalari mohiyati.Milliy dinlar. Islom dinining shakllanishi va tarixiBuddaviylik dinining paydo bo‘lishi tarixi, asosiy ta’limotlariXristianlikning paydo bo‘lishi va asosiy yo‘nalishlari.Mustaqillik yillarida mamlakatimizda dinga yangicha qarash va munosabat bildirish imkoniyati tug’ildi. Natijada biz uchun yangi bo’lgan dinshunoslik fani vujudga keldi. Dinshunoslik ateizmdan farqli o’laroq, dinni tanqid qilish, uni jamiyatdan yo’q qilish maqsadida emas, balki unga milliy ma'naviyat ning muhim bo’lagi sifatida yondashib, uni xolisona o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Xalqimizning milliy, diniy va umuman, insoniy qadriyatlarini islom dinidan ayri holda tasavvur qilish mumkin emas. Ushbu fanni o’qitishdan maqsad milliy va diniy qadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning umum insoniy qadriyatlar bilan uyg’unligi, bu qadriyatlarning hozirgi kundagi ahamiyatini yanada aniqroq yoritib berib, talabalarda dinga nisbatan to’g’ri yondashuvni shakllantirish va jamiyat uchun yuksak ma'naviyatli kadrlarni tarbiyalashdan iborat. Dinshunocjlik fanining asosiy vazifalaridan biri yoshlarga islom dinining shaxs, oila, jamiyat hayotiga kirib borishi, madaniyat va ma'naviyatni boyitishga qo’shgan hissasini ko’rsatib berishdir. Dinshunoslik fanining yana bir vazifasi talabalarni turli dinlarning kelib chiqishi, taraqqiyoti, tarixi, ta'limoti, asosiy manbalari, hozirgi davrdagi holati, ma'lum xalq hayotida tuggan o’rni haqida umumiy ilmiy tushunchalar berib, ularda mazkur din vakillarini har tomonlama chuqurroq tushunib yetish va ular bilan muloqot qilishda o’zlarining buyuk ma'naviyat egasi ekanliklarini namoyon qilishlari uchun yetarli bilim bilan qurollantirishdan iborat. Kadim zamonlardan boshlab falsafiy tafakkurda din masalasi faylasuf olimlarning diqqatini o’ziga jalb etib kelgan. Dinga turlicha ta'rif va tavsiflar berilgan. Dinning ta'rifi, tavsifi, ta'limoti va ijtimoiy hayotdagi o’rnini o’rganishda turli yondashuvlar mavjud:
Kishilik jamiyati uchun har qaysi yondashuv natijasida tUplangan ilmiy, amaliy, tarixiy, falsafiy ma'lumorlar juda katta ahamiyat kasb etad Din insoniyat ma`naviy hayotining tarkibiy qismidir. Din suzi arab tilidan olingan bulib, uning lug’oviy ma'nosi « ishonch, e'tiqod» dir. Istilohiy ma'nosi lotin tilidagi «religion» suzi bilan mos keladi. Din - insonni qurshab olgan atrof-muhitdan mashqarida bo’lgan, uni va koinotdagi barcha narsalarni yaratgan, ayni zamonda insonlarga to’g’ri, haqiqiy, odil hayot yo’lini Ko’rsatadigan va o’rgatadigan, ilohiy borliqqa ishonch va ishonishni ufoda etadigan maslak, qarash, ta`limotdir. Din muaiyan ta'limotlar, his-tuyg’ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo’ladi. Din umumiy nuqtai-nazardan ishonmoq tuyg’usi - insonnining eng teran va ruhiy-ma'naviy ehtiyojlaridandir. Dinning ijtimoiy vazifalari Dinning jamiyatda bajaradigan ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy vazifalari quyidagilardan iboratdir: Birinchidan, har qanday din o’z e’tiqod qiluvchilari uchun to’ldiruvchilik, tasalli beruvchilik - kompensatorlik vazifasini bajaradi. Ikkinchidan, muayyan din o’z ta’limot tizimini vujudga keltirgach, o’ziga e’tiqod qiluvchilar jamoasini shu ta’limot doirasida saqlashga harakat qilgan va hozirda ham shunday. Bu ijtimoiy hodisa dinning birlashtiruvchilik - integratorlik vazifasi deb ataladi. Uchinchidan, har bir din o’z qavmlari turmushini tartibga solib, nazorat qiluvchilik - regulyatorlik vazifasini bajaradi. Dinlar o’z urf-odatlarining, marosim va bayramlarining qavmlari tomonidan o’z vaqtida, qat’iy tartibga amal qilgan holda bajarilishini shart qilib qo’yadi. To’rtinchidan, din aloqa bog’lashlik, birlashtiruvchilik - integratorlik vazifasini ham bajaradi, ya’ni har bir din o’z qavmlarining birligini, jamiyat bilan shaxsning o’zaro aloqadorlikda bo’lishini ta’minlashga intiladi. Beshinchidan, dinning integratorlik vazifasi bilan legitimlovchilik-qonunlashtiruvchilik vazifasi chambarchas bog’liq. Dinning bu funksiyasining nazariy asosini yirik amerikalik sosiolog T. Parsons ishlab chiqdi. Uning fikricha, «har qanday ijtimoiy tizim muayyan cheklovlarsiz mavjud bo’la olmaydi. Buning uchun u qonun darajasiga ko’tarilgan axloq normalarini ishlab chiqishi kerak. Din bunday normalarni qonunlashtiribgina qolmay, ularga bo’lgan munosabatni ham belgilaydi». Oltinchidan, din vazifalarining falsafiy, nazariy jihatlari ham mavjud. Bu vazifa insonga yashashdan maqsad, hayot mazmunini, dorulfano va dorulbaqo dunyo masalalariga o’z munosabatini bildirib turishidan iboratdir. Download 336.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling