Diplomatik va tijorat yozishmalari


Shaxsiy notalar quyidagi masalalar bo‘yicha yuboriladi


Download 85.59 Kb.
bet4/8
Sana17.01.2023
Hajmi85.59 Kb.
#1096702
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Diplomatik va tijorat yozishmalari

Shaxsiy notalar quyidagi masalalar bo‘yicha yuboriladi

  • ishonch yorliqlarini topshirish;
  • elchixona, vakolatxonalarning ochilishi munosabati bilan;
  • davlatning tashkil topgan yoki mustaqillik e’lon qilingan kuni bilan qutlash;
  • milliy bayramlar munosabati bilan qutlash;
  • prezidentlik saylovi yoki referendum munosabati bilan qutlash;
  • mamlakatda ro‘y bergan muhim ijtimoiy­ siyosiy voqea munosabati bilan;
  • mamlakatda yuz bergan tabiiy ofat (zilzila, suv toshqini, va h.k.) munosabati bilan hamdardlik bildirish;
  • prezident yoki yuqori mansabdor shaxsga aloqador musibat munosabati bilan ta’ziya bildirish.

Shaxsiy nota 3 qismdan:murojaat, asosiy qism va xulosaga bo‘linadi va I shaxs tomonidan yoziladi.

  • Murojaat shaxsiy nota yo‘llanayotgan shaxsning o‘sha davlatdagi mavqei, lavozimi darajasiga ko‘ra qo‘llanadi(«Prezident janobi oliylari»,«Qirol hazrati oliylari»,«Qirolicha hazrati oliyalari»,«Bosh vazir janobi oliylari»,«Hurmatli janob Vazir»)
  • Nota rasmiy tusda bo‘lsa yoki ta’ziya izhor etilganda, e’zoz so‘zlari tushirib qoddiriladi va «Janob Prezident», «Janob Bosh vazir», «Janob Elchi» tarzida yoziladi.

Asosiy qismda hujjat mazmuni yoritiladi. Agar nota do‘stona tusda yoziladigan bo‘lsa, bu qism ham hurmat ifodalovchi so‘zlar bilan boshlanadi: «Sizga hurmat bilan shuni ma’lum qilamanki, ....», «Sizga chuqur hurmat va ehtiromimni izhor etaman va shuni bildirish sharafiga muyassarmanki», «Men Siz janobi oliylariga o‘z hurmatimni izhor etib, .......... shuni bildirish sharafiga muyassarmanki» kabi.

  • Asosiy qismda hujjat mazmuni yoritiladi. Agar nota do‘stona tusda yoziladigan bo‘lsa, bu qism ham hurmat ifodalovchi so‘zlar bilan boshlanadi: «Sizga hurmat bilan shuni ma’lum qilamanki, ....», «Sizga chuqur hurmat va ehtiromimni izhor etaman va shuni bildirish sharafiga muyassarmanki», «Men Siz janobi oliylariga o‘z hurmatimni izhor etib, .......... shuni bildirish sharafiga muyassarmanki» kabi.
  • Biroq nota rasmiy tusda yozilganda, e’tiroz yoki ta’ziya bildirilganda, hurmat va e’zoz so‘zlarisiz «Sizga shuni ma’lum qilamizki» deb, to‘g‘ridan­to‘g‘ri asosiy mazmunga o‘tiladi. So‘ng asosiy qism quyidagicha beriladi:«Sizni.... bayrami (kuni) bilan samimiy qutlayman va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar bundan keyin ham rivojlanib boradi, deb umid qilaman»; «Sizning hukumatingiz va ....Respublikasi o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi va diplomatik vakolatkonalar o‘z ishini boshladi»; «........ munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etaman va qo‘limizdan kelgan yordamni ayamasligimizni ma’lum qilaman»; «Bizning hukumatimiz ....ni rad qiladi»; «....Respublikasiga ma’qul emasligini ma’lum qilaman» kabi.

Download 85.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling