Diqqatni tortish
O’zingizni bilmaganga soling
Download 128.09 Kb.
|
Metodlar to\'plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’rtburchak shaklidagi o’yin
- A va B guruhlar
- Taqlid qilish. O’xshatish
O’zingizni bilmaganga soling.
Masalan, doskaga biror so’z yoki misol yozganingizda kichikroq xato bilan buni amalga oshirishingiz mumkin. O’quvchilarga yuzlanib, bu “xo’sh, gap/so’z/misolni to’g’ri yozdimmi?” deya so’rashingiz mumkin. Yoki shunchali ahamiyat bermasdan ularni sinab ko’rishingiz mumkin. Bunda o’quvchilarning o’zlarini aqlliroq va bilimliroq qilib ko’rsatish instinkti uyg’onadi va bu esa o’z navbatida diqqatni oshiradi. Bunday vaziyatlar kutimaganda sodir bo’lganda ham siz ularning oldida qilgan xatoyingizdan xijolat bo’lib emas, balki ularni sezgirligi uchun rag’batlantirib vaziyatdan chiqib ketishingiz mumkin. To’rtburchak shaklidagi o’yin Sinfxonada bitta kvadrat hosil qilinib, o’rtada 1 bola, 4 tomonda ham 1 tadan bola joylashtiriladi. 4 ta o’quvchi raqamlab chiqiladi: 1-2-3-4. O’rtadagi o’quvchi istalgan raqamni aytadi. Shu raqamda turgan o’quvchi 1 qadam oldinga chiqadi va markazdagi o’quvchi unga savol beradi. U topsa joyida qoladi, topmasa o’yindan chiqadi. O’yin shu tarzda davom etadi va eng oxirida savollarga ko’proq javob berib qolgan 1 ta o’quvchi g’olib hisoblanadi va u markazni egallaydi. 4 ta boshqa o’quvchi burchaklarga qo’yilib, o’yin davom ettiriladi. A va B guruhlar Bunda sinfdagi o’quvchilarni A va B deya 2 guruhga ajratib olinadi, har ikkala guruhda 2 tadan quticha bo’ladi va ular 1-qutiga sticker yoki kichik qog’oz bo’laklariga ismlarini yozib solishadi va 2- qutiga savollar tuzib yozishadi. Keyin A guruhdan 1 o’quvchi chiqib, B guruh qutichalaridan 1 ism va 1 savol olib, shu ismi yozilgan o’quvchiga beradi. Keyingi guruh ham shu tarzda boshqa guruh o’quvchiladiga qutichalardan ism va savollarini olib o’qib eshittiradilar. Taqlid qilish. O’xshatish O’quvchilarga biror hayvonni o’ylashlari aytiladi va shundang so’ng birma-bir doskaga chiqib o’ylagan hayvonlarini mimika va harakatlar bilan ko’rsatib beriladi. Qolganlar esa buni topadi yoki chet tilida aytishlari talab qilinadi. Kungaboqar yoki daraxt metodi Bunda o’qituvchi doskaga daraxt rasmini chizadi yoki rasm yopishtirib qo’yadi va o’rtaga biror mavzu yoki savolni muhokama qilishga tashlaydi. O’quvchilar esa o’z fikr va javoblarini stikerlarga yozib daraxtga barg yoki meva sifatida yopishtirib chiqadilar. Download 128.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling