Diqqatni tortish
Samaradorlikni oshirish. Pomodoro metodi
Download 128.09 Kb.
|
Metodlar to\'plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tundami yoki tongda
- Differensiya
- Paretto Qonuni
Samaradorlikni oshirish. Pomodoro metodi
Sizningcha kuniga 2-3 soat chalg'imasdan dars qilish foydalimi? Shuni bilib olingki, bu orqali siz atigi 60% samaraga erishishingiz mumkin, chunki uzoq vaqt davomiy o‘qish orqali miyaning ma’lumotlarni qabul qilishi sekinlashib boradi. Darslarni kuniga 3 soat davomida muttasil emas, balki 25-30 daqiqaga bo‘lgan tartibda bir necha qismlar orqali o‘zlashtirib borish kerak. Har 25-30 daqiqa tugaganida 5 daqiqa tanaffus qilib olish kerak. Buni pomodoro telefon ilovasi orqali ham amalga oshirish mumkin. Taymerni (timer) 25 daqiqaga sozlaysiz, vaqt tugaganda esa qo’ng’iroq chalinib sizga signal beradi va 5 daqiqalik tanaffus boshlanadi. Tanaffus vaqtida qo‘shiq tinglash yoki sayr qilib kelish mumkin, televizor yoki ijtimoiy tarmoqlarga kirish tavsiya etilmaydi. Aynan dars davomida vaqti-vaqti bilan chalg‘ib turish o‘quvchining qabul qilish samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Hozirgi davrda “chalg‘imasdan o‘qish kerak” deyilgan maslahatlar zamonaviy metodlarga mutlaqo ziddir. Tundami yoki tongda? Ko‘pchilik asosan kechqurun dars qilishga o‘rganib qolishgan. Tadqiqotlar natijasi shuni ko’rsatadiki, miyamizning eng faol bo‘lgan muddati - ertalabgi 5:00 - 7:00 oralig‘ida ekan. Bu paytda miyamizning ma’lumotlar bazasi ochiq va ancha aktiv holatda bo‘ladi. Ushbu vaqtda vazifalarni o‘zlashtirishga odatlansangiz kechqurun dars qilganingizdan 2-3 barobar tezroq va samaraliroq harakat qilayotgan bo‘lasiz. Hadislarda keltirilgandek, tongda boshlangan ish barakali bo’ladi. Differensiya Ma’lumki, sinfda ikki xil qatlam mavjud, passiv va aktiv qatlam yoki “ikkichilar” va “a’lochilar”. Hech kim qolib ketmasligi uchun o'quvchilarning qobiliyatiga qarab vazifalar ajratishga odatlaning. Bu boshqa o‘quvchilarga ham psixologik ta’sir o‘tkazadi. Sizning barcha o‘quvchilarga birdek jon kuydirayotganingizni ko‘rib turgan o‘quvchilarda pozitiv kayfiyat paydo bo‘ladi va sizga bo'lgan hurmati ortadi. Paretto Qonuni Unga ko'ra "20 % harakat 80 % natijani beradi". Kichik usullar orqali siz sinfdan istagan natijangizga osonlik bilan erisha olasiz. Sinfda o'quvchilarning mavzularni o'zaro teng o'zlashtirishlarini ta'minlash uchun shoshilinch e’lonlardan foydalanishingiz mumkin. Misol uchun "ertaga barcha mavzulardan test olaman”, yoki “ertaga tekshirish bor, ushbu fandan hammani test qilishadi, shuning uchun barcha mavzularni o‘qib keling" deyishingiz mumkin. Albatta, bu gapdan o‘quvchilar tezda sergak tortishadi va ularda biroz xavotir va mas’uliyat paydo bo‘ladi. Ertasiga qarabsizki barcha o‘quvchilar mavzularni to‘liq o‘zlashtirishgan bo‘lishadi. Siz kutgan natija osonlik bilan hal bo‘ladi. Siz esa, albatta, test oling va buni vaqti-vaqti bilan amalga oshirib boring. Ikkinchi usul esa, siz o‘quvchilarni rag‘bat orqali jalb qila olishingiz mumkin. Masalan o‘quvchilarga aytishingiz mumkin, "barcha mavzular yuzasidan ertaga qiziqarli savol-javob tashkillashtiramiz, yutgan komandaga yoki o‘quvchiga kutilmagan ajoyib sovg‘am bor" deyish orqali o‘quvchilarda katta ishtiyoqni uyg‘otishingiz mumkin. Download 128.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling