Diqqatni tortish
Download 128.09 Kb.
|
Metodlar to\'plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buni boshqacha ko’rinishda ham olib borish mumkin
Diqqatni tortish Dars boshida o‘quvchilarga bugungi mavzuga aloqador jumboqli savol bering. Bu savolingiz shunchalik qiziq bo‘lsinki, o‘quvchilar buni javobini bilishga oshiqsin. Savol/jumbog‘ingiz o‘quvchilarga tanish va qiziq bo‘lsin. Masalan, siz tarixdan biror mavzuni o‘tish niyatidasiz, dars boshlanishida Amir Temur haqida qiziqarli jumboqni o‘rtaga tashlang. Boshqa fanda ham xuddi shunday, o‘quvchilarga tanish va qiziq bo‘lgan mavzuda jumboqli savolni o‘rtaga tashlang. Ushbu jumbog‘ingizni o‘quvchilar bir muddat muhokama qilishsin. Javobini bilishga qiziqish darajasiga yetganda yangi mavzuni o‘tishga kirishing va javobini dars davomida aytishingizni bildiring. O‘quvchilar butun dars davomida qiziqarsiz mavzuni ham katta ishtiyoqda tinglashadi va dars oxirigacha barcha o‘quvchining diqqatini ushlab tura olasiz. Buni boshqacha ko’rinishda ham olib borish mumkin: Birinchi bo‘lib, darsga kirganingizda o‘quvchilarga biror qiziq bo‘lgan mavzuda gap oching. So‘ngra dars oxirida sizlarga ajoyib jumboqli savol beraman deb ayting. Bu nima uchun kerak? Bunday oddiy savol sizga g‘alati tuyulishi mumkin, ammo hech shunaqa qilib ko‘rganmisiz? Bu uslub oddiy tuyulsada, o‘quvchilarning psixologiyasiga juda katta ta’sir o‘tkazadi. O‘quvchilar dars boshlanishidayoq o‘qituvchiga diqqat e’tiborini qaratishadi. Savol javobini esa keyingi dars boshlanishida aytishingizni ayting. Avtofokus Ushbu metodni qo‘llashda sizga (2 xil rangli) qizil va oq kartochkalar kerak bo‘ladi. Dars boshida sinfdagi o‘quvchilarning har biriga ushbu kartochkalarni aralash tartibda tarqatib chiqasiz. So‘ngra dars mobaynida to‘satdan savol berib qolasiz: • "Qizil kartochkasi borlar o‘rnidan tursin" Mavzu yuzasidan biror savolni turgan o‘quvchilardan istalgan biriga berasiz. Javob topa olishsa, qizil kartochka guruhiga bir ball qo‘shib qo‘yasiz. Keyin yana dars davomida to‘satdan “oq kartochkasi borlar o‘rnidan tursin” deysiz va yuqoridagi kabi, oq kartochkasi bor o‘quvchilardan istalganiga mavzu yuzasidan savol berasiz. Shu tartibda darsning so‘ngigacha bir necha marotaba ushbu usulni qo‘llaysiz va o'quvchilarni yakka va guruh tartibida baholab borasiz. Download 128.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling