Diqqatni tortish
Download 128.09 Kb.
|
Metodlar to\'plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Energizer. Kim Lider
- Energizer. Globoalfavit.
Buterbrod metodi
Ustki non: Bugun men uchun nima mustahkamlandi? Go’shti: Men uchun nima yangilik bo’ldi? Pastki non: Nima takrorlandi? Darsni boshida bo’lsa o’tigan mavzu tahlili, darsni oxirida bo’lsa yangi mavzu qay darajada o’zlashtirilganini aniqlash uchun foydalaniladi. Yuqoridagi savollarga o’quvchilar dars boshi yoki yakunida javob berishadi. Demak, o’quvchilar yuqoridagi savollarga javob tarzida har bir qatorga o’z fikrlarini yozishadi yoki og’zaki aytishadi. 1 daqiqa 1 daqiqa vaqt davomida siz 10 ta sariq rangdagi yumshoq narsalarni nomini yozishingiz kerak. Vaqt ketdi! Eng ko’p yozganga sovg’a bor! Yoki: Skripkani asosiy vazifasidan boshqa 10 ta vazifasini yozing (1 daqiqada). M: marker, ruchka, telefon, tugma … Mavzuga oid: Ushbu asardagi qahramonlarning 10 ta nomi. Afrika davlatlarining 10 ta nomi. Ob-havoga oid 10 ta so’z. Energizer. Kim Lider? Hamma o’rnidan turgan holda aylana shaklda turib oladi. Bir ishtirokchi tashqariga chiqarilib turiladi. Qolganlar orasidan 1 lider tayinlanib, unga turli harakatlar qilishi kerakligi tushuntiriladi (qandaydir soda jismoniy harakatlar). U lider o’quvchilar orasida turib, harakatni boshqarib turadi ya’ni u nima qilsa boshqalar ham unga ergashib imo-ishora yoki harakat qiladi. Tashqarida turgan o’quvchi esa aylana ichiga kirib, har bir ishtirokchining harakatini kuzatgan holda kim lider ya’ni bu harakatlarni kim boshqarayotganini topishi kerak bo’ladi. 3 ta taxmin orqali topishga harakat qiladi. Shu tarzda ixtiyoriy ishtirokchi tayinlanib biri lider, boshqasi esa topuvchi bo’lib o’yin davom etadi. Bu usuldan ham sinfda o’zini chetga oladigan, kamgap, jim yuradigan o’quvchilarni tayinlash va ularga liderlik vazifasini berib, boshqalarni o’ziga ergashtira olish imkoniyatini taqdim qilishda foydalanilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Energizer. Globoalfavit. O’qituvchi istalgan harflarni o’quvchilarga qarab har biriga birma-bir aytadi. A I k l f d o s. Anvar-k, Lobar-s… Har bir o’quvchi o’ziga teshishli 1-2 harfdan boshlanadigan yoki shuni ma’nosini beradigan mavzuga oid o’qituvchi aytgan so’zlarni eslab yozadi. 1 daqiqa vaqt ketdi. M: informatika fani bo’lsa: k-kompyuter, klaviatura, f-facebook, fayl, o-orqaga, obyekt… Bu refleksiya (aks ettirish) jarayoni deb nomlanadi. Bunda o’tilgan mavzu yana bir bor xotirada aks ettiriladi. Download 128.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling