Diqqatni tortish
Download 128.09 Kb.
|
Metodlar to\'plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars jarayonida qilmasligingiz kerak bo‘lgan 5 ta xato
"Hamkorlik" metodi
Darsni boshlaysiz va bugungi o‘tmoqchi bo‘lgan mavzuyingiz haqida o‘quvchilarga nazariy bilimlarni yetkazasiz. Orada ikki daqiqa tannafus qilib, yangi qiziqarli o‘yin o‘tkazish haqida o‘quvchilarga aytasiz va qiziqishini oshirib olasiz. Ustoz darsni tushuntirib boʻlgach,mavzuni mustahkamlash va darsni qiziqarli tashkil qilish maqsadida oʻquvchilardan biriga savol yozib,savol yozilgan kartochkani istalgan o‘quvchiga uzatadi. Savol yozilgan kartochkani olgan oʻquvchi u kartochkani ochadi va savolni oʻqiydi. Savolning javobini aytadi va unga ragʼbat beriladi va u ham boshqa bir kartochkaga savol yozib,u kartochkani oʻzi istagan oʻquvchiga uzatadi. Agar savolga javob bera olmasa u qoʻlidagi kartochkani boshqa oʻquvchiga uzatib oʻyindan chetlashtiriladi. Savol yozilgan kartochkani olgan oʻquvchi ham kartochkani ochib savolni oʻqiydi va javobini aytib u ham savol yozib boshqa oʻquvchiga uzatadi. Dars jarayonida qilmasligingiz kerak bo‘lgan 5 ta xato 1-xato. Har safar darsni bir xil shaklda o'tkazish Tasavvur qiling, siz boshlang'ich sinf rahbarisiz. 7-11 yoshli bolalarga dars berasiz. Bu yoshda bolalar o'yinqaroq, ko'pincha har qanday ma'lumotni uzoq muddatli xotirasiga ranglar, o'yinlar, shakllar yordamida muhrlaydigan yoshda bo'ladi. Agar siz bunday yoshdagi bolalarga har darsingizda o'zingiz bilgan mavzuni tushuntirish, uyga vazifani tekshirish va yana uyga vazifa berish kabi bir xil zerikarli tarzda dars o'tayotgan bo'lsangiz xato qilasiz. Bir xillikdan qoching. Har safar har xil dars o'tish metodlaridan foydalaning qiziqarli, samarali va foydali o'yinlar, o'ylashga va mustaqil fikr yuritishga undaydigan texnikalardan foydalaning. 2-xato. Har bir o'quvchi bilan individual shug'ullanmaslik Pedagoglarning yana bir xatolaridan biri bu dars davomida asosan "a'lochilar" bilan shug'ullanishadi. Ko'p hollarda, orqa partada o'tirgan yoki darsga aktiv qatnashmaydiganlar yana mavzuni tushunmay qolib ketishadi. Agar har darsingizdan so'ng bir o'quvchi bilan individual shug'ullansangiz, birinchidan, o'quvchilarda sizga nisbatan yanada hurmat va e'tibor ortadi, ikkinchidan, o'quvchi o'ziga berilayotgan bunday alohida e'tibordan o'z qobiliyati va o'qishiga bo'lgan ishonchini yanada orttiradi. 3-xato. Mavzuni judayam ilmiy tarzda tushuntirish Avvalo, siz pedagog sifatida kreativ bo'lishingiz, har bir darsingizni qiziqarliroq va tushunarliroq o'tishini ta'minlashingiz kerak va siz bunga majbursiz. Mavzuni tushuntirishdagi eng katta xato, mavzuni kitobda qanday yozilgan bo'lsa shundayligicha tushuntirishdir. Fizika, kimyo, biologiya va shunga o'xshash fanlarda siz mavzuni hayotiy misollar bilan o'quvchilar tasavvurini ishga solgan holda o'zaro muhoka tarzida o'tkazsangiz natija siz kutgandan yuqori bo'ladi. Ko'proq mavzuni hayotga bog'lang. Mavzuga o'quvchilar munosabati va fikrini inobatga oling. Ko'proq misollar va o'xshatishlar keltiring. 4-xato. "Dars vaqtida jim bo'l", "Ko'p gapirma", "Ovozingni o'chir, men darsni tushuntiryapman" deyish Yuqoridagi juda ham qo'pol jumlalar, afsuski, o'qituvchilar tomonidan dars boshlanishidan oldin aytiladi. Bir tomondan sinfda tinch dars bo'lgani yaxshi, lekin sog'lom munozara, o'zaro fikr almashish, darsni muhokama tarzida o'tishi o'quvchilarda fanga bo'lgan hurmat, keyingi darsni orziqib kutishini ta'minlaydi. Siz kreativ pedagog bo'lsangiz, o'quvchilar bilan o'zaro hamjihatlikni yo'lga qo'ygan bo'lsangiz sinfda hech qachon shovqin bo'lmaydi. Barcha o'quvchilar o'zining va o'zganing hurmatini saqlashni o'rganadi. 5-xato. Darsga metodik jihatdan tayyor bo'lmaslik. O'qituvchi sinfga darsga kirishdan oldin 45 daqiqalik dars ssenariysini oldimdan bilishi va bunga tayyor bo'lishi kerak. Mavzu bir xil bo'lgani bilan sinflar o'rtasida farq katta bo'ladi. 3-A ga o'tgan darsingizni 3-B ga ham shu tarzda o'ta olmaysiz. Shu sababdan sizda "A", "B" va "C" Ssenariylar oldindan bo'lishi kerak. Masalan, bugungi mavzu qiziq va o'quvchilar yaxshi tayyorlanib kelgan bo'lsa, siz 100% barchani darsga ishtirokini va barchani baholanishini ta'minlashingiz kerak. "Tezkor savol-javob", "Jamoaviy raqobat" va "Sayohat metodlari" tarzida kamida 30-35 daqiqa ichida mavzuni barcha yodlab olishiga erishish lozim. Download 128.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling