Diqqatni tortish
Kerakli kadr bo'lish uchun nima qilish kerak?
Download 128.09 Kb.
|
Metodlar to\'plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagog Dilafruz Xidoyatova kursi asosida samarali metod va texnikalar to’plami: Metodik kopilka
- O’quv shartnomasi
- Zanjir metodi
Kerakli kadr bo'lish uchun nima qilish kerak?
1. Qadriyat. Ishlayotgan joyingizning qadriyatlariga mos tushishingiz shart; 2. Mustaqil o'rgana olish. Shaxs sifatida va sohangizda doimiy rivojlana olishingiz muhimdir; 3. Farosat. O'zingizdan bilib kerakli ishni kerakli vaqtda bajara olish ko'nikmangiz bo'lishi lozim; 4. Jamoa bilan ishlash. Jamoaviy fikrlash va ishlash ko'nikmangiz bo'lsa hech ham qiynalmaysiz; 5. Mehnat qilishga tayyor bo'ling. Har qanday rahbar mehnatkash xodimini qadrlaydi; 6. Diplom. Bu sizning oliy ma'lumotli ekanligingizni anglatadi, tamom, boshqa narsa emas. Pedagog Dilafruz Xidoyatova kursi asosida samarali metod va texnikalar to’plami: Metodik kopilka Bunda o'zingizga sevimli bo'lgan birorta chiroyli daftar yoki blaknotni yangi metodlarni o'rganib, qayd qilib borish uchun foydalanish nazarda tutiladi. Unda ushbu metodni qo'llash uchun kerak bo'ladigan resurslar, jihozlar va metodni qo'llash usullari hamda natijasini yozib borasiz. Kerak bo'lsa rasmlarini ham chizib qo'ysangiz yanada aniq jarayonni tasavvur qila olasiz. Albatta, metodlardan foydalanishda ularni o'z faningizga moslab, o'quvchilar soni, bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda yondashasiz. O’quv shartnomasi Bu usuldan asosan yangi o’quv yilining boshi yoki yangi chorakda foydalanish maqsada muvofiq. Bunda vatman qog’ozga sinf qoidalari o’quvchilar ishtiroki yordamia yoziladi va tagiga har kim o’z imzosini qo’yib, roziligini bildiradi. darsga o’z vaqtida kelish; dars vaqtida telefondan foydalanmaslik; dars vaqtida atrofdagilar bilan suhbatlashmaslik yoki boshqalarga xalaqit qilmaslik. Bularga amal qilmasa jazo ham tayinlab qo’yiladi. Masalan, keyingi darsga she’r yodlab kelish, 1 haftada 1 kitobni tugatib aytib berish, nimadir yasash yoki ijodkorlik va hk. Jazo tayinlashda jismoniy qiyinchilik yoki ruhiy bosimlardan foydalanmaslik kerak (masalan, uyga vazifa qilmaganligi uchun ota-onasiga telefon qilish yoki sinfdoshlari orasida uni izza qilish). O’quvchilar o’z ishtiroklari bilan joriy etilgan qoidalarga amal qilishlari yanada oson va qiziqarli bo’ladi, bu ularga mas’uliyat beradi. Zanjir metodi: Bu usulni asosan yangi sinfda yoki bir-birlari bilan o’zaro tanishib ulgurmagan o’quvchilar orasida amalga oshirish maqsadga muvofiq. Bunda o’qituvchi har bir o’quvchidan o’zini tanishtirishini ya’ni ismini aytib o’zi haqida biror qiziqarli fakt aytishi kerak bo’ladi. M: Mening ismim Ziyoda. Men rasm chizishni yaxshi ko’raman. Men Ravshanman. Meni do’stlarim dovyurak deyishadi. Yoki yanada soda tarzda: “Nasiba-erkatoy; Umar-shijoatli; Zebo-mehribon” deya zanjir holatda davom etadi. Bunda har keying o’quvchi o’zidan oldingi o’quvchilarning ism va sifatlarini takrorlab keyin o’zinikini aytishi kerak bo’ladi. O’quvchilarga o’z ismlari bilan murojaat qilish juda muhim. Ularning familiyasi yoki otasining ismi bilan “falonchining o’g’li/qizi” deya chaqirish ularga ismi bilan chaqirganchalik ta’sir qilmaydi. Bu xuddi ularning ota-bobolariga murojaatdek eshitiladi. O’z ismlarini eshitgan zahoti sezgir tortadi. Download 128.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling