Diqqatni tortish


Download 128.09 Kb.
bet10/16
Sana29.04.2023
Hajmi128.09 Kb.
#1399992
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Metodlar to\'plami

"Zakovat" metodi
O’quv xonasida stullardan iborat doira tashkil etiladi, birida stullar tashqarida ,ikkinchisida ichkarisiga qarab joylashtiriladi.
O’quvchilar teng ikki guruhga bo’linadilar. Biri ichki stullar aylanasiga, boshqasi esa, tashqi stullar aylanasiga o’tiradilar. Bunda har kim o’z sherigiga qarab o’tiradi.
O’quvchilarga muhokama qilishi uchun savol beriladi. Yaxshilab o’ylab olganlaridan so’ng, ularga sheriklari bilan savolni muhokama qilish uchun bir yoki ikki daqiqa beriladi.
Ma’lum signaldan so’ng tashqi aylanadagilar bir o’rin chapga surilishadi va ayni savolni yangi sheriklari bilan muhokama qilishadilar. Tashqi aylanadagi o’quvchilar o’zlarining eng birinchi sheriklari surilib kelgunga qadar toki yetarlicha yangi sheriklari bo’lgungacha faoliyat davom ettiriladi.
Xitoy bambuki haqida. Ma’lum bo’lishicha, yerga urug’ qadalgandan so’ng, kichik poyacha unib chiqarkan. U 5 yilgacha shu holatda o’smay turaveradi. Bu muddatda rivojlanish yer ostida davom etib, butun quvvat ildizlarni mustahkamlashga qaratiladi. U yerda murakkab tizim shakillanib ildizlar tobora chuqurlashish bilan birga kengayib ham boradi. Beshinchi yilning oxiriga borib, bambuk birdan ko’kka intiladi va 25 metrgacha yetadi!

Kreativ Pedagog uchun muhim tavsiyalar
1. Maktabga xursandchilik bilan kirib boring, maktabdan yoqimli charchoq bilan chiqib keting.
2. Tabbasum bilan yurishni unutmang.
3. Yodingizda tuting: eʼtiborsiz shifokor bemorning badaniga shikast yetkazishi mumkin, eʼtibosiz o‘qituvchi esa - o'quvchining qalbiga va kelajagiga shikast yetkazadi.
4. Darsga kirishdan oldin hozir nima uchun bu yerda ekanligingizni va nima qilishingizni aniq biling.
5. Eng oliy pedagogik muvaffaqiyat ― o‘quvchilarning tabbasumi va darsdan mamnun bo'lishidir.
6. Agar oddiy faktni katta kashfiyot kabi taqdim eta olsangiz va o‘quvchilaringizni hayratlantira olsangiz, asosiy vazifangiz bajarildi deb hisoblashingiz mumkin.
7. Agar mashg‘ulotingizga mehmonlar tashrif buyurgan bo‘lsa, o‘zingizni eng qobiliyatli pedagog va eng zo‘r aktrisa (aktyor) kabi tuting.
8. Buyuk o'qituvchilar aniq yozma ravishda maqsadlariga ega bo'ladilar. Ular dars rejalariga ega bo'lib, o'quvchilarga nimani o'rgatishi, qanday topshiriqlar berishi va baholash siyosati to'g'risida aniq tasavvur hosil qilishadi.
9. Buyuk o'qituvchilar doimo dars berishga tayyor. Ular darslarni aniq va tizimli ravishda taqdim etadilar.
10. Buyuk o'qituvchilar o'quvchilarni qiziqtiradilar va ularning muammolarini turli yo'llar bilan ko'rib chiqishga undaydilar.
11. Buyuk o'qituvchilar o'z o'quvchilari bilan mustahkam munosabatlarni o'rnatadilar va ularga yaqin insoni kabi g'amxo'rlik qilishlarini ko'rsatadilar.
12. Buyuk o'qituvchilar o'z fanlarining ustalari. Ular o'qitayotgan fanlari bo'yicha tajribalarini namoyish etadilar va o'z sohalarida yangi bilimlarni olishda davom etadilar.
13. Har kuni o'zingizga aniq o'lchanadigan vazifalar qo'ying va buni yon daftaringizga qayd etib boring. Masalan, bugun 1 ta o'quvchida fanimga to'liq qiziqtira olaman, bugun 1 soat kitob o'qiyman, bugun 10 ta o'quvchiga maxsus test beraman kabi.
14. Boshqalarni hayotga ilhomlantira oling. Hamkasblaringiz, o'quvchilaringiz va yaqinlaringizga doim yangiliklar ulashing. Ularning muvaffaqiyatlariga hissa qo'shing.

Download 128.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling