Diqqatni tortish
Muammoli o’quvchilar bilan murosa olib borish
Download 128.09 Kb.
|
Metodlar to\'plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Daraxt metodi: Maqsadlar daraxti .
- Soat millari
Muammoli o’quvchilar bilan murosa olib borish.
Har bir inson e’tibor talab qiladi. Bola onasidan, ustozidan, do’stlaridan… Tabiatan har birimiz e’tiborga muhtojmiz. E’tibor yetishmagan bolalar esa o’zlarini sinfda sho’x va tarbiyasiz boladek namoyon qilishadi. Afsuski, bunda ko’pchilik ustozlar va ota-onalar eng noto’g’ri yo’lni tutib, bolani urishishadi, tanbeh berishadi yoki darsdan chiqarib yuborishadi. Bu esa shu vaziyatni ya’ni bolaning agressiyasini aynada oshishiga va sizni brogan sari yomon ko’rib, yanada ko’proq axloqsizliklar qilishiga olib boradi. Yodingizda tuting bunday bolalar bilan aslo tortishish ,u,kin emas, aksincha, dars tugaganda, sinfda hech kim yo’qligida sekingina yoniga borib 2-3 daqiqa u bilan do’stona samimiy suhbat quring. Uning vaziyati va muammosini yoki xohishlarini bilib oling. Unga shu fanga aloqador osonroq misol, masala yoki u biladigan oddiy so’zlar yoki topshiriq berib, bu ishni qila olgani uchun uni maqtang. U eng zo’r va a’lochi – lider bola ekanligini ta’kidlang. Achchiq haqiqat shuki 24 soatda otalar farzandlari bilan 3 daqiqa, onalar esa 15 daqiqa vaqt sarflashar ekan. Daraxt metodi: Maqsadlar daraxti. Bu metodni “maqsad qo’yish” deb nomladik. Bir kunda nechta maqsadlar qo’yasiz? Kunlik, haftalik, oylik, yillik maqsadlar qo’yib boorish kunimiz va umrimizni barakali qiladi. 2 daqiqa vaqt. Bugungi darsdan nimalarni o’rganmoqchisiz? Xohlovchila o’z fikrlari bilan bo’lishadilar. Bunda o’qituvchi “bugun sizlarga shu mavzu doirasida bu…, bu…, bu… narsalarni aytib beraman”; “bu mavzudan nimalarni o’rganishni oldinga maqsad qilding, nimalar kutayapsan” deya o’quvchilarni qiziqtirish bilan boshlaydi. Javoblarni stikerlarga yozib, daraxt shaklidagi rasmga yopishtirib qo’yiladi. Soat millari Avval tarqatma material har bir ishtirokchiga beriladi. 1-2 daqiqa vaqt beriladi va istirokchilar qo’llaridagi ma’lumot bilan tanishib chiqadilar. Hamma o’rnidan turadi. 1 va 2 deb sanab chiqiladi. 1 deganlar 1 qadam oldinga chiqadi. Ular ichki doira bo’lib turib oladi. 2 deganlar tashqi doira bo’ladi. 2 tomon bir-biriga qarab turib oladi. Ustoz start berganidan ikki ishtirokchi bir-biriga qarab qo’llaridagi ma’lumotdan nimani tushunganlarini sherigiga aytib beradi ya’ni o’zaro bilim almashadi. Ustoz 1-3 qarsak chalib, signal berganida tashqi doira ishtirokchilari 1 qadam o’nga harakatlanib, keyingi sherigi bilan o’zaro ma’lumot almashishni boshlaydi. Bu metodning foydali jihati shundaki, kattaroq mavzularni kichik qismlarga bo’lib o’quvchilarni bir-biriga tushuntirib berishlari talab qilinadi soat millari o’z joyiga yetib kelganida barcha ishtorokchi to’liq bilimga ega bo’lgan bo’ladi. Download 128.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling