Diqqatni tortish
Nafas olish va diqqatni jamlash
Download 128.09 Kb.
|
Metodlar to\'plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zerikishni oldini olish
- Partada tog’ri otirish
Nafas olish va diqqatni jamlash.
Odatda kitob o‘qishga kirishganimizda kitobning boshlang‘ich sahifalarini umuman anglamasdan o‘qiymiz. Biroz diqqat jam bo‘lgach esa kitob mazmunini tushuna boshlaymiz. Buning sababi fikrlash tarzimiz bir maromda harakatlanmayotganidandir. Buning uchun har kuni erta tongda 2 daqiqa davomida nafas olish mashqini amalga oshirish kerak. (Dars boshlanishida ham o‘quvchilaringiz bilan birgalikda bajaring) Nafas olish mashqi quyidagicha bajariladi: Nafas olish va chiqarish davomiyligi 6 soniyadan iborat bo‘lishi kerak, ya’ni ichingizda 6 gacha sanagan holda nafas olasiz, 7 soniya ushlab turasiz va 8 soniyada nafasni chiqarasiz. Shu tarzda bu mashqni 2-3 marta takrorlaysiz. Sinfda barcha o‘quvchilar dars boshlanishidan oldin o‘rinlaridan turib ushbu mashqni bajarishadi. Bu mashq dars davomida tetik holda o‘tirish, darsni yanada yuqori energiyada o‘tishiga katta ta’sir ko‘tsatadi. Zerikishni oldini olish Dars davomida bir xillik ya’ni bir xil ovoz toni yoki faqat ustozni eshitib o’tirish, harakatsiz bir joyda o’tirish o’quvchini juda zeriktiradi va uyquni keltiradi. Buni turli usullarda oldini olish mumkin: Dars orasida musiqali yoki jismoniy tanaffus. Bunda xonalarni shamollatish, o'quvchilarni o'rnidan turg'azib jismoniy harakatlar qildirish yoki miyani musiqa bilan dam oldirish yoki qiziqarli harakatli o'yinlar tashkil qilishingiz mumkin. Yoki “lirik chekinish” sifatida qisqa qizqarli hikoya va voqealarni aytib berishingiz yoki turli jumboqlar berib o’quvchilar diqqatini yanada jalb qilib olishingiz mumkin. Bu bilan darsning bir qismini behuda sarflayman deb o'ylamang. Aynan shu 5 daqiqalik mashg'ulot darsingizning qolgan 20-25 daqiqasi behuda sarflanishini va o'quvchilar bu darsda zerikib, hech narsani tushunmay o'tirishlarini oldini oladi. Partada to'g’ri o'tirish Bilasizmi aynan orqa miyada (umurtqa pog'onasi) asosiy nerv tolalari joylashgan va ular ma'lumot va impulslarni miyaga yetkazib berishga xizmat qiladi. Aynan partada noto’g’ri o’tirish ya'ni qiyshayib, bukchaygan holda yelkalarini qisib yoki divanda o'tirgandek bemalol suyanib otirish nerv tolalarini siqilishiga olib keladi. Bunda esa miyaning darsni qabul qilishi sekinlashadi, charchoq va uyqu kuchayadi, kayfiyat yomonlashadi. Ayniqsa, stulga o'tirganda qaddi-qomatni tik tutib, dumg'aza qismini (umurtqaning oxirgi tugash qismi) bosmasdan o’tirish lozim. Ana shundagina tana erkin va faol holda ishlashni boshlaydi va bilimlarni tezda qabul qiladi. Download 128.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling