Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati
Download 1.47 Mb.
|
Proyektiv 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
- Proyektiv tafakkur tarzining genezisi va evolyusiyasi.
Tadqiqotning vazifalari.Jamiyat taraqqiyotida proyektiv tafakkurning va texnokratik taafkkurning dialetikasini tadqiq etish; Proyektiv tafakkur tarzining funksional xususiyatlarini va uning sifatli ta’limdagi ahamiyati, ijodiy darajasini aniqlash; proyektiv tafakkur tarzining falsafiy, Metodologik va evristik istiqbolli xususida konseptual va prognostik umumlashtirishni amalga oshirish; ta’limni optimallash va modernizasiyalashda Proyektiv tafakkur tarzining yangi tasavvurlar, innovasion g‘oyalar va infomasion texnologiyalar bilan bog‘langan tomonlarini tadqiq qilish. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.Yoshlarda ta’lim jarayonida proyektiv tafakkurning kreativ mohiyati, ijtimoiy zaruriyati, mutaxassislar hamda olimlarning kasbiy malakani egallashidagi metodologik determinasiyasi, uning nazariy va amaliyotdagi (texnologik jarayonlardagi) o‘rni ochib berilgan; Proyektiv tafakkurning tabiiy, texnik va ijtimoiy-gumanitar bilim sohalarida shakllanishi bilan bog‘liq konstruktiv, innovasion, jihatlari hamda ta’lim sifatini oshirishiga xizmat qiladigan tanqidiy fikrlashning ijodiy va funksional samaradorligi mantiqiy dalillangan; Informasion jamiyatda proyektiv va texnologik tafakkurning dialektik aloqadorligining falsafiy asoslari, uning ontologik, gnoseologik hamda evristik jihatlari proliferasiya tamoyili asosida ochib berilgan; Yoshlar ongida proyektiv tafakkurning innovasion transformasiyasi (funksional o‘zgarishi), uning intellektual faoliyatdagi prognostik, praksiologik, kognitiv aspektlari argumentlangan. Proyektiv tafakkur tarzining genezisi va evolyusiyasi.Boshlang‘ich proyektiv g‘oyalari Platon tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, uning asarlari («Davlat», «Qonunlar», «Pir») proyektiv g‘oyalari harakatining nisbatan batafsil sxemasini ajratib olishga imkon beradi, keyinchalik u «ideal davlat» nomini oldi. Bu ijtimoiy-madaniy loyihaning birinchi tajribasi va proyektiv aqliy faoliyatining debochasi edi. Uyg‘onish davri madaniyati kontekstida «loyiha» atamasi va proyektiv madaniyati fenomenining tug‘ilishini bog‘laydigan taniqli mahalliy metodologlarga yergashib, Uyg‘onish davrida loyiha paydo bo‘lgan nuqtai nazarni olish mumkin deb hisoblaymiz, proyektiv g‘oyalar genezisi uchun juda muhim bo‘lgan arxitektura faoliyati sohasida namoyon bo‘ladi. Ushbu pozisiya an’anaviy loyihaning me’moriy sohadan kelib chiqishiga asoslanadi, shuning uchun loyihalar deyarli Uyg‘onish davridan beri mavjud degan fikr mavjud. Ya’ni, inson ongi va intellekti fenomeni bilan bog‘liq bo‘lib, proyektiv tafakkur muloqot va ijtimoiylik tajribasi bilan shakllanadi. Uni madaniyat mavjudligining istiqbolli vaqtinchalik loyihasi sifatida tushunish inson ijtimoiyligi rivojlanishining ma’lum sifat darajasi bilan bog‘liq. Bu muhim madaniy va tarixiy antropologik natija, voqyelikni oldindan ko‘rishning o‘ziga xos shakli sifatida «shaxsning o‘zini o‘zi anglash mahsuli», an’anaviy madaniy paradigmadan tashqariga chiqadigan yangi madaniy voqyelikdir. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling