Dissertatsiya
BO’LAJAK PROFESSIONAL TA’LIM O’QITUVCHILARI KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHNING DIDAKTIK SHART-SHAROITLARI
Download 10.59 Kb.
|
ShohruzbekOchilovPrezintatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- TАJRIBА – SINOV IShLАRINI АMАLGА OShIRISh BOSQIChLАRI
- Xulosalar TAVSIYALAR
BO’LAJAK PROFESSIONAL TA’LIM O’QITUVCHILARI KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHNING DIDAKTIK SHART-SHAROITLARI
III BOB BO‘LAJAK PROFESSIONAL TA’LIM O‘QITUVCHILARIDA KASBIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISH YUZASIDAN TAJRIBA-SINOV ISHLARI Pedagogik adabiyotlarda bu yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda asosiy e’tibor tadqiq etilayotgan muammoning amaliy jihatlarining yoritilishiga qaratilishi zarurligi ta’kidlab o‘tiladi. Darhaqiqat, har qanday pedagogik jarayon o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘qituvchi hamda yaquvchi o‘rtasida yuzaga kelib, o‘zida didaktik yoki tarbiyaviy xususiyatlarni namoyon etuvchi amaliy faoliyat mazmunini yoritadi. Nazariy-pedagogik g‘oyalar aynan ta’lim yoki tarbiya jarayonining mohiyatini amaliy o‘rganish, tahlil etish va umumlashtirish asosida shakllanadi. Shu sababli ilmiy izlanishni olib borishda muammo bo‘yicha amalga oshiriladigan tajriba-sinov ishlari yagona, yaxlit pedagogik tizimning yadrosi sifatida namoyon bo‘ladi. Yetakchi olimlar va tajribali pedagoglarning tadqiqot mavzusiga oid ilmiy ishlari tahlil qilindi. Kasbiy kompetensiyalarni kompetentli yondashuv asosida shakllantirish maqsadida amaliy topshiriqlar mazmuni va ularni bajarish metodlari, shakllari va vositalari belgilandi. Talabalar faoliyatini bevosita va bilvosita pedagogik kuzatish, ular ishtirokida amaliy treninglarni tashkil etish, suhbat, anketa so‘rovi va amaliy ijodiy ishlashga qaratilgan metodlar yordamida ularda kasbiy kompetensiyalarga oid ko‘nikma va malakalar, kasbiy sifatlar shakllantirildi. TАJRIBА – SINOV IShLАRINI АMАLGА OShIRISh BOSQIChLАRI 1-bosqich (2020-2021 o‘.y.) tajriba izlanish bosqichi 2-bosqich (2021-2022 o‘.y.) tajriba tahlil bosqichi Anketa so‘rovnomalari natijalariga ko‘ra kasbiy kompetentligini shakllanganlik darajasi
1. Bo’lajak professional talimi o’qituvchilari o‘z faoliyati jarayonida ibrat, namuna ko‘rsatish bilan yoshlarning kasbiy faolligini, his-tuyg‘usini, xatti-harakatini rivojlantirishi va ta’sir eta olishi muhimligi aniqlandi. 2. Har bir mashg‘ulot uchun material tanlash, uni murakkablashtirish va oldingi hamda keyingilari bilan aloqasini ta’minlashni nazarda tutish, mashg‘ulot o‘yin, mehnat topshiriqlari va shu kabilarni yoshlarning yosh imkoniyatlari,ularni tarbiyalash va rivojlantirish istiqbollarini hisobga olish tizimi aniqlandi. Xulosalar TAVSIYALAR 1. Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarida kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish uchun o‘quv dasturlarini zamon talablari darajasida muntazam takomillashtirib borish. 3. Kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish uchun interfaol metod (morfoloik tahlil, modellashtirish, usul amaliy ish, loyixa usuli)larni integrativlik tamoyiliga ko‘ra qo‘llash. 2. Kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish maqsadida ishlab chiqilgan darslik, o‘quv qo‘llanma, elektron o‘quv qo‘llanma, elektron multimedia vositasi, o‘quv-uslubiy majmuasidan o‘quv jarayonida samarali foydalanish. Eʼtiboringiz uchun rahmat Download 10.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling