Dissertatsiya
"Tobut", "Shamolni tutib boʻlmaydi", "Maymun yetaklagan odam" hikoyalari tahlili
Download 94.92 Kb.
|
Munira
2.2. "Tobut", "Shamolni tutib boʻlmaydi", "Maymun yetaklagan odam" hikoyalari tahlili
Nazar Eshonqul hikoyalarida dunyoni, insonni qayta nazardan o‘tkazar ekan, shaxs ehtiyojlari va manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Har qanday qadriyat shaxs manfaati nutqayi nazaridan baholanadi. Bunday hollarda insonning, shaxsning eng nozik, eng bokira kechinmalari ham tarixiy hodisa ahamiyatiga teng ko‘rinadi. Zero, dunyoni va insonni qayta tahlil etishga kirishgan lirik qahramon inson shuuri va qalbidagi eng xususiy hilqatlarga ham tap tortmay kirib boraveradi. Bu eng erka tuyg‘u va istaklarni oshkora qilish joizmi? Yo nojoiz deb ikkilanmaydi, balki nima mavjud ekan, hammasini ko‘rsatishga harakat qiladi. Ya’ni mavjudmi, bas, ular rad etilmaydi. Balki badiiy mushohada, mulohaza mavzuyiga aylantiriladi.22 Shu yoʻsinda nasrda modernizm yo'lini boshlab bergan va eng ko'p asarlar yaratgan adibning bu boradagi birinchi va eng muvaffaqiyatli urinishi “Maymun yetaklagan odam” hikoyasi bo'ldi. Hikoya mustaqillikdan oldingi davrda 1989-yilda yaratilgan. Shu yillari matbuotda paydo boʻlgan, unda asrga tengdosh, umri asrning alg'ov-dalg'ovlari, bema'ni maqsadlar yo'lida o'tgan, adashgan odamning fojiyaviy qismati betakror tarzda ifoda etilgan. Hikoya qahramoni mo'yqalami tomonidan yaratilgan va ijodiy-ijtimoiy faoliyati ibtidosi va intihosiga dahldor ikki badiiy polotno – qorongʻi to'qayzordan “nurafshon maskan” sari maymun yetaklab chiqayotgan navqiron shijoatkor yigit va qari maymun yetaklagan to'qayzor tomon qaytayotgan munkillagan qari chol surati ayni o'sha ramziy timsol tashiydigan ma'noning teran va ko'lamdorligi, qahramon hayot yo'lining chuqur tahlili – bu asarni jahon novellistikasining eng yaxshi namunalari qatoriga qo'yish uchun zamin yaratdi. Ayni paytda bu asar bizda zamondosh-asrdosh obrazini yaratish yo'lidagi yetmish yillik tajribaning muayyan intihosi va bu borada yangi bosqichning boshlanishi bo'ldi: binobarin, aytish mumkinki, shu asar bilan o'zbek hikoyachiligida yangi davrga qadam qoʻyildi. Nazar Eshonqul keyingi olti-yetti yil mobaynida yozgan talay hikoyalarida asosan o'sha asardagi g'oyani turli ko'rinishda davom ettirdi, ma'nisiz o'tgan umr manzaralari tahlili bilan band bo'ldi. Hikoya qahramoni chol o'ziga simpatiya uyg'otmaydi. Omadsiz, hayot unga kulish u yoqda tursin hatto jilmayib ham qo'ymagan. Shundan asabiy, alamzada ko'rinadi. Yozuvchi uni quyidagicha tasvirlaydi: “U qaboqlari soliq, saqoli qirilmagan, bir paytlari semiz bo'lgan, ajinlar taram-taram qilib tashlagan ko'rimsiz yuzi tarix kitoblarida tasvirlangan badjahl ma'budlarning haykaliga o'xshab ketar, unga qaragan odamning yuragi orqaga tortardi. Ko'zlari hissiz va ifodasiz…” Tasvir voqeadan voqeaga o'tarkan yanada quyuq boʻyoqlar bilan boyitilaveradi. Maymun bu tabiat, Yigit esa jamiyat timsoli. Ma'lumki ko'p yillar davomida tabiatni bo'ysundiramiz, o'z izmimizga solamiz, deb unga zug'um qildik. Bu olib borilgan siyosat oqibatida faqat tabiat emas, balki uning bir bo'lagi bo'lgan insoniyat ham jabr tortdi. Buni bugungi davrda kuzatilayotgan global muammolar misolida ham koʻrishimiz mumkin. Intensiv yoʻl bilan paxta yetishtirish uchun kimyoviy oʻgʻitlardan keragidan ortiq foydalanish va buning oqibatida yerni va insonlarni kinyoviy moddalar bilan zaharlanishi. Yoki Amudaryo va Sirdaryo oʻzanini choʻllarga, paxta dalalariga burish orqali koʻp hosil olishga tirishishdi. Alaloqibat Orol dengizi qurib uning atrofi choʻllarga tuz qaynab turgan qum barxanlariga aylandi. Aholi esa hanuzgacha tabiatga qilingan bu zugʻumning jabrini tortmoqda. Buni boshqa tomondan olib qaraydigan boʻlsak, "bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun" , "butun dunyo proletarlari, birlashingizlar" kabi joʻshqin shiorlar, balandparvoz gʻoyalar bilan insonlar ongini chulgʻab olgan sotsialistik jamiyat qurbonining soʻngi kunlaridan bir lavha edi. Dastlab 1921- yil sanasi yozilgan suratdagi kabi "barvasta, gavdali, koʻzlari tiyrak va ishonch bilan porlab turgan, maymunning boʻyniga solingan kishanni tarrang tortgandi, qizgʻish va javdari boʻyoq yigitning oq koʻnglidagi hislarini aks ettirib turardi" . Bir olam orzular bilan sotsialistik jamiyat uchun oʻzini, umrini, yoshligini bagʻishladi. "Siz yigitning koʻziga qarab tursangiz uning tantana qilishiga ishonar edingiz". Ammo natijada u baxtni , oilasin, yaqinlarini eng yomoni oʻzligini yoʻqotgandi. Cholning qismati, fojiasida shu narsa o'z tasdigʻini topgan. Asta-sekin cholning darg'azabligi, hayotdan noroziligi sababi-bu o'zi mehr qo'ygan, kelajagim, taqdirim shuning qo'lida deb sigʻingan jamiyatining asl mohiyatini anglaganida butun umri sarobga aylangani namoyon boʻladi. Bu narsa quyidagi suhbatdan aniq bo'ladi. Ijarachi yigit bilan o'zaro suhbat paytida yaxshilik yoki yomonlik haqida bahslashadi. Chol bu o'rinda juda falsafiy, mantiqli fikr yuritadi. E'tiqod masalasiga kelganda, u shunday javob beradi: “E‟tiqod! – dedi u g'ussali ohangda, - agar bir umr e'tiqod qo'yib yashasang-u, bir kuni e'tiqod qo'ygan narsangiz puch, yolg'on va puflab shishirilgan sharday omonat, siz ezgulik deb sig'ingan narsalar, asli razolat ekanini anglab qolsangiz, bunday demasdingiz; ana shunday umringiz yomonlik bilan yaxshilikning farqi qolmagan, xuddi yo'ldan chiqib ketgan shuldur-shuldur, bo'm-bo'sh aravaga aylanadi”. Bu tatalitar tuzum qiyofasidir. O'z jamiyati taraqqiyoti uchun jon kuydirganlarning qadriga yetmagan jamiyat, albatta, tanazzulga yuz tutadi. Ma'lumki, modern adabiyotning muhim xususiyati, muallif asari orqali aytmoqchi bo'lgan fikrini, ilgari surmoqchi bo'lgan g'oyasini ramzlar orqali ifodalaydi. Sabab va muammo asar qahramoniga qanchalik boshqotirma, jumboq bo'lsa, kitobxonga ham shunday koʻrinadi. Natijada kitobxon va qahramon birday o'yga, mulohazaga choʻmadi. Yaxshilik va yomonlik oʻrtasidagi tafovutni anglolmay arosatda oʻrtanadi" Buni qanday farqlasa boʻladi. Biri odamlarni oʻylab, qonunni suviste'mol qildi, ikkinchisi, qonunni oʻylab odamlarni xarob qildi. Men bu yerda qaysi biri yaxshilik , qaysi biri yomonlik hech farqlay olmayman. Umrim davomida ham buni farqlay olmadim.." Ong, miya, asab tolalaridan oqib, har bir puchmog'igacha boradi. Lekin muammo yechimi topilmaydi, Kitobxon endi har bir jumlani, tasvirni sinchiklab, mushohada qilib o'qiy boshlaydi. Va nihoyat asar finaliga kelgach, yechimni topganday bo'ladi. Ha, topganday! Chunki u o'tmish hikoyadagi o'zbek hikoyalari kabi bitta g'oya bilan kifoyalanmaydi. U ko'p fikrli va qatlamdordir. Asarda yana bitta shaxslararo munosabatda koʻzga tashlanadigan bir qancha jihatlarni guvohi boʻlamiz. Yosh yigit avvalida cholni kurib unga yuzaki baho beradi, suratlarini ham joʻn deb oʻylaydi, chol bilan suhbatidan keyin uning pessimistik ruhi unga yuqib qolib, u ham chol kabi mavhum boʻlishdan qoʻrqib undan uzoq yuradi. Hatto pessimistik ruhni ketkazish uchun quvnoq asarlar bilan oʻzini ovutadi. Afsuski cholning oʻlimidan keyin barchasining mohiyatini anglab yetadi... Yoki uy bekasini olaylik oʻzi cholni jini suymaydi, tinimsiz uni taftish qiladi, gʻiybatini qiladi ammo hamma unga ovqat chiqarib turgani uchun, koʻpning yomoni boʻlmaslik, koʻpdan qolmaslik uchun cholga ovqat chiqarib turadi. Bundan quyidagi ma'no kelib chiqadi: Insonlar inson boʻla turib bir-birinig ichki dunyosini tushunmasdan, sirtiga qarab xulosa chiqarishadi; Insonlar asliyatda bir ishni yon-atrofdagilar qilyotgani uchun qiladi, garchi uzi chin koʻngildan xoxlamasa ham. Hatto uy bekasi kabi uzi yomon koʻrgan odamiga ovqat ham chiqaradi, ortidan gʻiybat ham qiladi. Bu hamma zamonlarda ham mavjud shaxs va jamiyatdagi muammolar debochasidir. Yuqorida koʻrsatilgan totalitar jamiyat qurbonlari taqdirini “Tobut” hikoyasi misolidaham koʻrishimiz mumkin. Hikoyada asli bema'ni gʻoyalar - adolatsizlik, shafqatsizlik, zoʻravonlik asosiga qurilgan , inson hayoti va qalbini zabt etib, undagi tabiiy va boqiy qadriyatlarni mahv etishga qaratilgan, oxir natijada esa halokatga mahkum totalitar tuzum va yakkahokim mafkuraning daxshatli manzarasi chizilgan. Oʼlimning sababini bilishga kelgan tekshiruv guruhi ham bunday ommaviy qirgʻinning asl sababini topa olmaydi. Professorning hafsalasi pir boʼlib, loqaydlashib qoladi. Endi u bahslarga qoʼshilmas edi. Bir kuni kimyogar hikoya qahramoniga professor sizga mana bu narsani berib yubordi, kecha bir telba oʼlgan ekan, oʼshaning choʼntagidan chiqibdi”. – deb sargʼayib ketgan xaritanusxa qogʼoz chiqarib uzatdi. Oʻlgan telba esa shahar loyihasini chizgan meʼmor edi. U shoshib qogʼozni oldi. Avvaliga hech narsa tushunmadi. Uch-toʼrt marta sinchiklab, aylantirib qaragach, hayrat va dahshatdan nafasi ichiga tushib ketdi. Shahar tobut shaklida qurilgan edi. Mazkur hikoyada ham N.Eshonqul o‘zining ko‘p murojaat qiladigan mavzui – sho‘ro davri jabrdiydalari taqdirini qalamga olgan. “Bir kuni quyi ko‘chalarning birida (darvoqe, shahardagi ko‘chalar quyi va yuqori ko‘chalarga bo‘linardi), kiyimlari uvada, qaddi bukik, hashamdor va viqorli, shaharni ataylab mas’hara qilayotganday dog‘-dug‘ga belangan uzun xirqa kiygan, yuzidagi shish va ajinlar qishki qabristonni eslatadigan, sochi kal peshonasi uzra osilib tushgan, barvasta kishini uchratdim; gumbaz shaklida qurilgan yemakxonaning o‘rtasida turgancha u og‘zidan ko‘pik sachratib odamlarga qo‘lini bigiz qilib o‘shqirar, cho‘g‘i so‘nayotgan o‘choqday taftsiz bo‘lib qolgan ko‘zlarini dalani bosib ketgan kuzgi qarg‘alar misoli jazava va junun qoplab olgan edi . “Hammalaring uning changalidasizlar, shahar ham uniki... U menga aytib turdi, men qurib berdim”23 kabi alamli so‘zlarda o‘zi zug‘umi va adolatsizligi dastidan jinni bo‘lgan sho‘ro tuzumi haqida dali – g‘uli fikr yuritayotganligi ma’lum bo‘ldi. Devona bo‘lsa-da, bu asli tragik obraz psixologik dunyosida sho‘ro tuzumi nohaqliklariga, odamkush harakatlariga nisbatan adoqsiz nafrat va la’nat o‘qish kabi insoniy alam, beadad g‘azab chuqur ildiz otgan. Sobiq me’mor qizil siyosatga xizmat qilgan, ammo fidoyi zahmatlari mutlaqo qadr topmagan, qaytaga, uni jinniga aylantirgan mustabid tuzumga nafrati devona holatidayam ado bo‘lmaydi. Tobut – shahardagi uzluksiz o‘limlar ro‘y berayotganligini aniqlashga yo‘llangan hukumat komissiyasi tarkibidagi me’mor yigitning (ayni vaqtda asar “hikoyachi”si) oshxonada to‘polon qilayotgan barvasta jinnining kimligini so‘roviga shahar nazoratchisi shunday javob beradi: “-Shu ko‘chaning jinnisi,- dedi nazorat boshlig‘i yuziga g‘amgin tus berib. So‘ng men kutmagan jiddiylik bilan hikoya qila boshladi. – Asli sizga kasbdosh. Boshliq aytgan me’mor shu kishi bo‘ladilar. Shahrimiz uning loyihasi asosida qurilgan. U bosh me’mor, men esa unga yordamchi edim. O‘zi juda g‘ayratli, savodli va tinib-tinchimas odam edi. Shaharda biron g‘isht ham uning ko‘rsatmasisiz qo‘yilmagan. U men bilgan me’morlarning eng ulug‘i edi. Klassik va zamonaviy me’morchilik sohasida unga teng keladigan bilimdonni topish qiyin edi. U Lotin Amerikasi, Singapurdagi binolar qurilishini ham tinimsiz kuzatib borar, o‘sha yurtlardan unga qalin – qalin xatlar kelib turardi. U “dunyoda eng ulkan va odamzot hali hayoliga keltirmagan shahar quramiz”, deb hitob qilar, qachon qaramay chizmalar ichida o‘ralashib o‘tirardi. Rostdan ham aql bovar qilmas shahar qurildi. Hozir o‘lat chiqqandan beri shaxrimiz fayzsiz bo‘lib qoldi, u paytlar esa shaharni naq hayolning jilvalari deb o‘ylardingiz : nafis gumbazlar, serjilo bo‘yoqlar, nozik va ehtirosli qalbning parchalari kabi marmarlar, abadiyatni suyab tura oladigan ustunlar, qiz bolaning ko‘z yoshiday favvoralar – hammasi go‘zal bir tarzda uyg‘unlashib ketgandi. Bularning hammasi hali qurilib bo‘lmasdanoq go‘zal san’at asariga aylanib ulgurgandi”.24 Ko‘rindiki, tobut – shahar me’morining, shu shaharni o‘z loyihasi bo‘yicha qurdirgan me’morning aslida naqadar, o‘z ishining zukkosi, me’morchilikning dunyoviy rivojidan yaqin xabardorligi ma’lum bo‘ladi. Shaharning eng so‘nggi dunyoviy me’morchilik yutuqlari asosida qurilishi uning chinakam san’at asari darajasiga aylanganini ta’minlagan. Ammo bunday hasham ostida ommaviy o‘lim taqdiri turganligi hech kimning hayoliga kelmagan. Yozuvchi hikoyada psixologik tahlil bilan yondosh holda majoz, tragik obraz uslubiy yo‘nalishlarining sinkretik talqinidan unumli foydalangan. Me’mor – sun’iy va yovuz siyosat va’dalariga aldangan va bu yovuz siyosatning amalga oshiruvchi vositasi sifatida qoʻgʻirchoq qilingan "tuzumning sodiq doʻsti" obrazini yaratgan . Tarixga nazar tashlaydigan boʻlsak sobiq ittifoqdosh respublikalarning mus-taqillik yo’lidagi harakatlarini bartaraf etish, Sobiq SSSRda vujudga kelgan inqirozli harakatlar sabablarini ittifoqdosh respublikalardan qidirish, ularni ayblash uchun Markaz turli nayranglar, «siyosiy o'yinlar» o’ylab chiqdilar. Sobiq mamlakatning turli mintaqalarida «o'ylab topilgan» bunday «tadbirlar» ichida O’zbekistondagi holat o’ta achinarli tus oldi. Markaz nima qilib bo’lsada, O’zbekiston misolida uning rahbariyatini, xalqini uyushgan jinoyatchilikda ayblab, obro’sizlantirish yo’lini tutdi.Buning natijasida «O’zbek ishi», keyin «Paxta ishi» paydo bo’ldi. «O’zbek ishi» aslida markazda o’ylab topilgan bo’lib, uning mohiyatini O’zbekiston misolida sobiq SSSRning taraqqiyot jihatidan umumjahon andozalaridan ajralib qolganligini xaspo’shlab ko’rsatish edi. «Paxta ishi» esa «O’zbek ishi»ning davomi bo’lib, nima qilib bo’lsa-da o’sha davrda barcha respublikalarda avj olgan qo’shib yozish, xizmat lavozimini suiiste'mol qilish, uyushgan jinoyatchilikning vujudga kelganligini, ularni bartaraf etish orqali sobiq SSSRning davomiyligini saqlashdan iborat edi. Markazning tazyiqi tufayli 1984-yildan respublikamizga mamlakatning turli mintaqalaridan «desant-chilar» yog’ilib kela boshladi. «Desantchilar» aslida milliy-mahalliy urf-odat, an'analarni bilmagan, bilishni ham istamagan, aksincha, turli siyosiy iboralar bilan ularni inkor etuvchi, «yordam berish», «O'zbekistonni to’g’ri yo’lga solish» shiorlari orqali mam-lakatimizni obro’sizlantirishga harakat qilgan va markaz tomonidan rag’batlantirilgan hamda yuqori lavozimlarga tayinlanganlar edi. Gdlyan va Ivanov rahbarligidagi jazo otryadlari 1984—1989-yillarda turli bahonalar bilan o’n minglab rahbarlarni ishdan oldilar, kadrlarni almashtirish siyosati ommaviy tus oldi. Birgina 1984—1987-yillarda Moskva, Leningrad va Rossiyaning boshqa shaharlaridan 400 dan ortiq kishi O’zbekistonning partiya, sovet, ma'muriy-xo’jalik organlariga ishga yuborilgan. Markazdan yuborilgan amalparastlar O’zbekistonning partiya va hokimiyat tizimlaridagi asosiy o’rinlarni egal-lab, qatag’on boshladilar. O’zbekistondagi kamchiliklarni ilma-teshik qilib tekshirdilar, yo’q xato va kamchiliklarni atayin bor qildilar, siyosiy o’yinlar, makkor niyatlar natijasida jismoniy zo’ravonliklar, ruhiy ta'sir etishlar ommaviy tus oldi. Eng yomoni O’zbekistonning milliy va hududiy o’ziga xosliklarini bilmagan «desantchilar» O’zbek xalqining milliy g’ururini paymol qilishga urindilar. Bu davrda totalitar-buyruqbozlik, mustabid tuzum yo'l qo’ygan xato va kamchiliklarga mintaqaviy yoki milliy hodisa deb qarash yuzaga keldi. Bu, ayniqsa, Moskva matbuot organlarida juda avjga chiqdi. Biroq davlat va xalq mulkini talon-toroj qilish, poraxo’rlik, mansabga tayinlashda oshna-og’aynigarchilik va mahalliychilikka yo'l qo’yish faqat O’zbekistonga xosdir, deb baholash tarixiy haqiqatga batamom zid siyosat edi. Bunday xato va kamchiliklar turg’unlik yillarida sovet jamiyatining hamma yerida, birinchi navbatda Markazning o’zida chuqur ildiz otib ketgandi. «Paxta ishi» keyinroq atay «O’zbek ishi»ga aylantirilib, xalqimizning nafsoniyatini toptash yo’liga o’tildi. Bu yoʻlda ular oʻzlarining siyosatini oʻzbeklar ichidan chiqqan "doʻstlar" yordamida amalga oshirdilar. Balandparvoz, purma'no shiorlar bilan xalq ongini chulgʻab , xuddi telba me'mordek ilmli insonlar vositasida xalqni mahv etmoqni reja qilishdi. “Dunyoda eng ulkan va odamzot hali hayoliga keltirmagan shahar quramiz”- deb ulkan , samimiy orzular bilan yeng shimargan Me'mor boshlagan ishi aslida "qatagʻonga" xizmat qilishini anglab, "butun shaharga oʻt qoʻymoqchi"- ya'ni xalqni totalitar tuzumdan qutqarmoqchi, uygʻoqlikka chorlamoqchi boʻladi. Shuning uchun koʻchalarda telbadek baqirib, baralla "Hammalaring uning changalidasizlar, shahar ham uniki... U menga aytib turdi, men qurib berdim”. ,Totalitar tuzumni asl yuzidan voqif boʻlgan me'morni esa jinnixonaga tiqishadi, telbaga yoʻyishadi. Oqibatda butun xalqda parokandalik, loqaydlik, umidsizlik va ishonchsizlik kayfiyati chuqurlashdi. Odamlarning ko’ngli jamiyatdan ham, siyosatdan ham sovidi, sarosimada, tahlikada yashaydigan bo’ldi. Yozuvchi ta'rifi bilan aytganda " biz shu paytgacha oʻlim kabi buyuk va oʻlim kabi yovuz iqtidorning koʻchalarini kezib yurgandik" Shuningdek me'mor ruhiy olamida davr qarama – qarshiliklari, aziyatlari, asarlari mujassam bo‘lgan, shu bilan birga, u mohiyatan ham dramatik, ham tragik obraz namunasi. Ammo, bu “aql bovar qilmas shahar”ning bag‘rida ommaviy o‘lat fojialari boshlanganidan e’tiboran "totalitar tuzum misi" chiqib qoladi. Bu endi naqadar yovuz siyosat da’vati va talabi bo‘lganligini butun vujudi bilan sezgan va bilgan me’morni qip-qizil devonaga aylantirib qoʻyadi. Chunonchi, hukumat komissiyasining rahbari – taniqli professorning “Butun shahar tobut shaklida qurilgandi. Men buni loyihada ko‘rdim. Biz shuncha vaqt tobutni kezib yurgan ekanmiz...” degan xorg‘in va aziyatli so‘zlari bosh me’mor devonaligining, ommaviy o‘lat fojiasining asl mohiyatini anglab yetishga zamin yaratadi. Me’morning – ana shu asli zukko insonning, me’morchilik san’atining benazir vakili bo‘lgan san’atkorning boshiga tushgan ko‘rgulik –totalitar tuzum zulmini anglashning va albatta bugungi mustaqilligimizning qadriga yetishning yorqin vositasidir. "Gallyusinatsiya kabi ham jismoniy, ham ma’naviy –ruhiy xastalikning o‘zak- o‘zagida nomatlub va zulmkor siyosat bo‘lganligi bilan e’tiborni tortadi. Dostoevskiy, Tolstoy, Bulgakov, A. Qodiriy, A.Qaxxor singari yozuvchilarning asarlarida uchraydigan devona shaxslar timsoli ham o‘z davri nojoiz siyosatining qurbonlari bo‘lgan N.Eshonqul ijodida esa bu ham sho‘ro tuzum jabrdiydalari sifatida xarakterlidir".25 Yuqoridagi tahlillardan shunday xulosaga kelishimiz mumkinki, Yozuvchi tomonidan " rostan ham shahar jazira va qum toʻzoni ostida qolgan serhasham doʻzax ostonasiga oʻxshardi- bir vaqtlar gurillab koʻkargan daraxtlar ham quyosh favvorasi ostida hayot uchun kurasha-kurasha soʻlgandilar". Shamolni tutib bo‘lmaydi” asarida bag‘oyat chigal taqdir, inson umrining fojiasi sabab va oqibat zanjiri orqali tasvirlanadi. Asarda erkaklarning loqaydligi, xudbinligi va eng asosiysi, qo‘rqoqligi qahramonning tuganmas nafratini, umuman olganda esa, Bayna momo obrazini yaratadi. Ana shunday munosabatlar tufayli uning ko‘nglida Zamon otboqarni o‘ldirishgacha yetgulik qasos o‘ti yoqiladi. Lekin Bayna momoning nafrat va qasosi faqat Zamon otboqarga qaratilgan emas, u eri va o‘g‘lining o‘limida qishlog‘idagi barcha zamondosh erkaklarni ayblaydi. ʼBir umr atrofi dagilarni qalban ke-chira olmay, ulardan nafratlanib, ustlaridan masxara toshlarini otib yashaydi. Bayna momoning ayol sifatida-gi butun go‘zal hislari eri-yu o‘g‘li bilan birga o‘lgan. Bu bilan yozuvchi o‘zbek ayoligagina emas, balki o‘zbek kishisiga xos ruhiyatni aniq tasvirlaydi: o‘zbek o‘lim uchun taqdirga tan beradi; lekin xiyonatni, qotillikni to abad kechirmasligi mumkin. Buning uchun o‘quvchida Bayna momoni ayblamasdan, tushunish uchun asos topiladi. Bayna momo tegrasidagi odamlarning kampir nega o‘zlaridan shunchalar nafratlanishi sababini ang-lamasligi esa ularning anchayin darajada johilligi va ko‘ngil olamidan uzoqdaligini bildiradi. Bayna momo va jamiyat orasidagi bu masofa asar davomida tobora uzoqlashib borishi kuzatiladi. Download 94.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling