Dissertatsiya
II BOB. F. KAFKA VA N. ESHONQUL HIKOYALARIDA SHAXS VA JAMIYAT MUAMMOLARI
Download 94.92 Kb.
|
Munira
II BOB. F. KAFKA VA N. ESHONQUL HIKOYALARIDA SHAXS VA JAMIYAT MUAMMOLARI.
2.1. "EVRILISH", " JAZO KALONIYASI" HIKOYALARI TAHLILI Frans Kafka ijodi bilan chambarchas bogʻliq modernizm adabiyot, sanʼat va estetika nazariyasida burjua jamiyatining ilgʻor tafakkur rivoji bilan chambarchas bogʻlangan boʻlib, klassitsizm anʼanalarini tubdan oʻzgartirish orqali namoyon boʻlgan edi. Shu tariqa u burjua ijtimoiy munosabatlarini oʻzida aks ettirgani holda klassik anʼanalarga molik boʻlgan realizm sanʼati aqidalariga roʻyi-rost qarshi chiqdi. Buni adib ijodida ham, XX asr adabiyoti taraqqiyotida ham muhim oʻrin tutgan «Evrilish» hikoyasi misolida koʻrib chiqamiz. Yuqorida taʼkidlaganimizdek, faqat odatdagi asarlarni o‘qib o‘rgangan odam F. Kafka hikoyalarini o‘qib, dastlab hech narsa tushunmaydi. Buning ustiga, bu hikoyalar kishida qo‘rquv, hatto ayrim o‘rinlarda jirkanish tuyg‘ularini uyg‘otishi ham mumkin. Faqat jiddiy e’tibor qilib, o‘zini Kafkaning o‘rniga qo‘yib ko‘rgan o‘quvchigina nimanidir anglaganday bo‘ladi va uning hikoyalari biz sevgan real hayotdan qo‘rqinchliroq emasligini tushunadi. Bu hikoyalarning qahramonlari o‘zlarini doim gunohkor his etishadi, ammo gunohi va qo‘rquvi sababini o‘zlari ham bilishmaydi, o‘quvchiga ham anglatishmaydi. Kafka Allohga ishonishni istagan, ammo uning borligini aqliga sig‘dirolmaydigan dahriy edi. Shuning uchun ham Allohning eng mukarram yaratig‘i bo‘lmish odamlarni astoydil sevolmas, ulardan ezgulik kelishiga ishonmasdi. Adib alohida olingan odamni suygani va ayagani holda butun insoniyatga ham, inson tomonidan o‘rnatilgan tartib-qoidalarga ham ishonchsizlik va nafrat bilan qarar, ulardan faqat yomonlik keladi deb hisoblar edi. U shu holatdan umr bo‘yi azob chekkan va tortayotgan azoblarini adabiy qahramonlariga ham o‘tkazgan yozuvchidir. Avvalo shuni aytish kerakki, novellada dastlabki voqea, yaʼni kishining hasharotga aylanishidan boshqa favqulodda hech qanday hodisa yuz bermaydi. Adib Gregor Zamza evrilishidan soʻng u va uning oilasida boshlangan tirikchilik tashvishlari, kelishmovchilik, noqulay holatlar haqida hikoya qilishga oʻtadi. Bu esa mutlaqo odatdan tashqari, muallifning jarangsiz, nursiz tili ishtirokida davom etib, kitobxon novelladagi voqeaning haqiqatga toʻgʻri kelmasligi, aql bovar qilmasligini asta-sekin unuta boradi. Bu holatning Kafka hayotidagi baʼzi bir jihatlariga oʻxshash tuyulishini sinchkov tanqidchi darhol anglab oladi. Koʼpgina tadqiqotchilar taʼkidlaganidek, jamiyat maxluqiga aylangan odam boʼlganida emas, balki aynan shu jamiatda odam boʼlib yashash ehtiyoji yoʼqligidadir. Ehtiyoj boʼlmagan joyda hojat ham boʼlmaydi. Odam boʼlib yashash ehtiyoji yoʼq jamiyatda odamlar hasharotga va maxluqqa aylanadi”20 Hikoya qahramoni savdo korxonasining tirishqoq xizmatchisi, yaqinlariga juda mehribon Gregor Zamza kunlarning birida uyqudan qandaydir jirkanch hasharotga aylangan holda uyg‘onadi. Kafka bu voqea qanday bo‘lganini, nima uchun bo‘lganini tushuntirib ham, izohlab ham, o‘quvchini ishontirishga urinib ham o‘tirmaydi. Adib uchun muhimi, uning nima uchun va qanday qilib qirqoyoqqa aylangani emas, balki uning hasharotga aylangandan keyingi sezimlari, tuyg‘ularini ko‘rsatish edi. Yozuvchi kechagina ham ota-onasining, ham singlisining yolg‘iz tirgagi bo‘lgan yigitning bedavo hasharotga aylangach, hech kimga kerak bo‘lmay qolgani, bora-bora oiladagilarga ortiqchalik qilib, oldiniga e’tibordan qolgani, keyinchalik undan qutulishga harakat qilishgani, mehr-u muhabbat ko‘rsatish o‘rniga himoyasiz va notavon yigitni o‘z holiga tashlab qo‘yganlari tasvirini beradi. Kafka odamdagi oqibatsizlik, bemehrlikni ko‘rsatish uchun ramzdan foydalanadi. Lekin u boshqa ijodkorlar minglab yillardan beri ishlatib kelgan, qaysi bir jihatlari bilan hayotiy asoslarga ega bo‘lgan ramzlarni qo‘llamaydi. Balki hech kimnikiga o‘xshamagan, odamning aqli bovar qilmaydigan ramzni o‘zi yaratadi. Yozuvchi insonning mutlaq behudud va intihosiz yolg‘izligini tasvirlamoqchi, uning ayanch ahvolini butun dahshati bilan ko‘rsatmoqchi bo‘lsa, odamni qirqoyoqqa evriltirib qo‘ya qoladi. U odamni biror to‘nka yoki o‘z vujudining bir bo‘lagiga ham aylantirib qo‘yishi mumkin edi va bu bilan deyarli hech narsa o‘zgarmasdi. Asarda F. Kafka odamlar orasidagi munosabatlar faqat manfaat uchungina ekanligini butun yalang‘ochligi bilan shafqatsiz tarzda aks ettiradi. Hatto Gregorning onasi qirqoyoqqa aylanib qolgan yolg‘iz o‘g‘lini ko‘rgisi kelmasligini tasvirlar ekan, adib insondagi oqibatsizlik chegara bilmasligini aks ettiradi. Yigitning otasi esa, o‘g‘li haqida qayg‘urish u yoqda tursin, qirqoyoqni urib haydaydi, ko‘ziga ko‘rinishini istamaydi. Necha oylar davomida biror marta eslab ham qo‘ymaydi. Dastlabki vaqtlarda mehribonliklar ko‘rsatgan, akasi boshiga tushgan dahshatli fojiani yengillatishga iloji boricha uringan singlisi Greta ham bora-bora uning xonasini tozalamaydigan bo‘ladi, akasining ovqat yegan-yemagani bilan qiziqmay qo‘yadi. Xullas, boshiga mushkulot tushgan ojiz odam o‘zining eng yaqinlari tomonidan unutilishga, yolg‘izlikka, o‘limga mahkum etiladi. Holbuki, Gregor sog‘lomligida yaqinlari hisoblanmish shu odamlar uchun tinim bilmas, o‘shalarning halovati uchun o‘zini o‘tga-cho‘g‘ga urardi. Hikoya so‘ngida qirqoyoqqa aylangan baxtsiz yigit odamlarning oqibatsizligi tufayli o‘ladi. Dahshatlisi shundaki, uning o‘limi yaqinlarini qayg‘uga solmaydi, balki quvontiradi. Hatto ular shu hodisani o‘ziga yarasha nishonlashadi ham. Shu munosabat bilan shahar tashqarisida, toza havoda bayram qilishib, aylanib kelishadi. Bundan tashqari hikoyada insonlar pul uchun oʻzligidanda kechishga tayyorligi oddiygina, joʻngina kundalik holatlar misolida tasvirlab berilgan. "Skripka tovushi chiqqan zahoti, ular o‘rnidan turib, oyoq uchida oshxona eshigiga bordilar va jim quloq sola boshlashdi. Lekin oshxonada o‘tirganlar buni sezdi shekilli, otasining ovozi chiqdi: — Balki janoblariga skripka tovushi yoqmas? Uni hoziroq to‘xtatish mumkin... — Yo‘q, aksincha, — dedi o‘rtadagi ijarachi, — xonim bizning xonaga o‘tib chalsalar yanada xursand bo‘lardik, bizning xona, harholda, ancha qulay... — O, marhamat! — deya xitob qildi otasi, go‘yo skripkani o‘zi chalayotganday. Ijarachilar mehmonxonaga qaytib, kuta boshlashdi. Bir ozdan so‘ng chol nota qo‘yadigan kursini ko‘tarib, onasi — qo‘lida nota, singlisi kirib keldilar. Greta bamaylixotir chalishga tayyorlana boshladi. Ota bilan ona ilgari hech kimni ijaraga qo‘ymagani sababli,tajribasizlik qilib, ijarachilarga ortiqcha iltifot etar,hatto o‘z kursilariga o‘tirishga ham jur’at qilishmasdi. Chol o‘ng qo‘lini mundirining tugmachalari orasiga tiqqancha,eshikka suyanib turar, ona bo‘lsa ijarachilardan biri shunchaki taklif qilganstulga o‘tirmay, bir burchakda begonasirab turardi. Greta chala boshladi. Ota va ona uning qo‘l harakatini diqqat bilan kuzatdilar". Parchadan keltirilganidek ota yagona daromad manbai boʻlib turgan ijarachilarga nihoyatda ehtiyotkor muomilada boʻlar, keragidan ortiq bachkanalik bilan iltifot koʻrsatardi. Biz bu illatlarni jamiyatda deyarli har kuni guvohi boʻlamiz. Bularni xuddi Gregor kabi jimgina chetdan kuzatamiz ammo qoʻlimizdan hech narsa kelmaydi. Kimgadir tushuntirmoqchi boʻlamiz, ammo bizni toʻgʻri tushunishmaydi. Aksingcha "hashorot ziyon yetkazmoqchi" deb qoʻrqgani kabi bizdan hadiksirashadi. Hatto yoʻq qilishga ham choʻgʻlanishadi. Hikoyadagi voqealar tasviri, ayniqsa, hasharotga evrilgan yigit o‘ylari, iztiroblari, umidlari, iltijolari va nihoyat o‘limi tasviridan o‘quvchi larzaga tushadi. Kafka odamni hech ham aql bovar qilmaydigan holatga soladi-da, uning asl mohiyatini kaftdagiday ko‘rsatadi. Hatto aytish mumkinki, yozuvchi qahramonni emas, o‘z holatini tasvirlayotganday bo‘ladi. Shuning uchun ham ro‘y bermaganligi, hatto ro‘y berishi mumkin ham emasligi shundoqqina ko‘rinib turgan voqealar tasviri kishini o‘ziga jalb qiladi, o‘yga toldiradi, munosabat paydo qiladi. Hikoyada nafaqat oʻsha davr balki hozirgi zamonaviy jamiyatga ham xos boʻlgan muammolar tasvirlangan. Buni quyidagi keltirilgan parcha misolida ham koʻrishimiz mumkin. Gregor odamlarga e’tibor qilmay qo‘yganini sezdiyu, bunga taajjublanmadi. Odamlarga bo‘lgan bu e’tibori bilan — farosati bilan faxrlanardi. Endichi, hech qachon hozirgiday ko‘rimsiz bo‘lmagan Gregor hatto odamlardan yashirinishni ham istamasdi: uning yelkasi va biqiniga har xil iplar, ovqat qoldiqlari yopishgan, hamma joyini chang bosgan edi. Ammo endi har kuni gilamga chalqancha tushib, o‘zini tozalashga Gregorning hafsalasi yo‘q, ayni paytda o‘z turqiga nisbatan shunchalar loqayd ediki, hech ikkilanmay mehmonxonaning yaltirab turgan polida o‘rmalay boshladi. Lekin unga hech kim e’tibor qilmadi. Ota-onasi butunlay kuyga berilib ketgan, ijarachilar esa shim cho‘ntagiga qo‘l tiqib, nota qo‘yilgan kursi yonida turardilar. Ularning notaga tikilib turgani singlisiga xalaqit berardi. Buni sezishgan ijarachilar shivirlashib, deraza yoniga o‘tdilar. Chol hammasini besaranjom kuzatardi. Ijarachilarning yaxshi kuy eshitamiz degan umidi puchga chiqqanday, bu tomosha ularning joniga tekkanday, faqat odob yuzasidan jim turganday edi ular. Ayniqsa, og‘zi burnidan pagʻa-pag‘a chiqayotgan tamaki tutuni ularning asabiylashganini shunday ko‘rsatardi. Greta bo‘lsa, nihoyatda yaxshi chalardi. U boshini xiyol qiyshaytirib,nota belgilariga diqqat bilan, ayni paytda mahzun qarardi. Gregor yana oldinroq siljidi. Singlisining ko‘ziga qarash uchun boshini yerga qo‘ydi; musiqa unga shunchalik ta’sir qilar ekan, nahotki u odam emas, hayvon bo‘lsa? Gregor hozir g‘aroyib bir oziqqa yaqin qolganday, noma’lum bir lazzatga yetadiganday entikdi. U singlisining yoniga borib etagidan tortishga qat’iy qaror qildi: toki, qiz Gregorning xonasiga kirib chalsin, toki u Gregordan boshqa bu yerda hech kim musiqani qadrlay olmasligini tushunsin. U Gregorning xonasiga kirsa bas, Gregor toki tirik ekan, uni boshqalarga bermaydi. Mayli, Gregorning jirkanch qiyofasi nihoyat o‘z vazifasini bajarsin.U xonaga kirmoqchi bo‘lgan har bir kimsani o‘z basharasi bilan dahshatga soladi, singlisini himoya qilib, barcha eshiklar yonida paydo bo‘ladi. Lekin singlisi uning yonida o‘z istagi bilan qolishi kerak. Mayli, u Gregor bilan divanda o‘tirsin, unga engashib quloq solsin, shunda Gregor agar boshiga falokat tushmaganida Gretani konservatoriyaga joylashtirmoqchi bo‘lgani va bu haqda rojdestvodan oldin (rojdestvo ham o‘tib ketgan edi) hech kimning e’tirozini tinglamay, e’lon qilmoqchi bo‘lganini tushuntiradi. Buni eshitib singlisi quvonch va alamdan yig‘laydi. Gregor bo‘lsa uning yelkasiga tirmashib, ochiq bo‘ynidan — xizmatga kirgandan beri na ro‘mol, na yoqa ko‘rgan ochiq bo‘ynidan o‘padi" Download 94.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling