Dissertatsiya


Ijodkor dunyoqarashi va asar konsepsiyasi (falsafasi)


Download 94.92 Kb.
bet4/15
Sana21.06.2023
Hajmi94.92 Kb.
#1642117
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Munira

2.1. Ijodkor dunyoqarashi va asar konsepsiyasi (falsafasi)

Ilmiy tadqiqot ishimiz mavzusi "Frans Kafka, Uilyam Folkner va Nazar Eshonqul hikoyalari qiyosiy tadqiqi"ga bagʻishlangani uchun I bob 2-qismida turli millat adiblarining dunyoqarashi va asarlari falsafasini tahlil qilish barobarida hayoti va ijodiga doir ba'zi ma'lumotlarni keltirib oʻtishni lozim topdik.


Frans Kafka."XX asr adabiyoti taraqqiyotini yangi yo‘nalishga solib yuborgan, inson va uning umriga o‘zgacha munosabatni qaror toptirgan Frans Kafka dunyodagi eng g‘aroyib va tushunarsiz taqdir egasi bo‘lgan ijodkordir, deyish mumkin. Millatiga ko‘ra juhud, tug‘ilgan va yashash joyiga ko‘ra pragalik, tiliga ko‘ra nemis, tayangan madaniy an’analariga ko‘ra avstriyalik bo‘lgan yozuvchi o‘zida mutlaqo kelishtirib bo‘lmaydigan qarama-qarshilik, chigalliklarni jamlagan odam edi. Kafkaning asarlari inson tafakkurini o‘zgartirib yubordi, uning adabiyot haqidagi tasavvurini yangiladi, odamga o‘zgacha estetik nuqtayi nazardan qarash mumkin ekanligini isbotladi. Uning asarlari kishilarga Botishdan oftob chiqqanini ko‘rishday ta’sir qiladi. Qizig‘i shundaki, Frans Kafkaning ijodiy taqdiri ham shaxsiy hayotiga o‘xshash chigal edi. Undan uch roman qolgan bo‘lib, uchalasi ham tugallanmagan edi, uchovi ham adibning o‘limidan keyin chop etildi.
Oʻtgan asrning oʻrtalarida chexiyalik faylasuf Karel Kozik oʻzining “Gashek va Kafka” nomli maqolasida ushbu vaziyatni xolisona taʼriflarkan: “Kafkani talqin qilish maqsadida har xil metodlardan, psixoanalizdan tortib to strukturaviy tahlilgacha, sotsiologik va antropologik tadqiqotlardan tortib badiiy asarni ilohiyot, din, falsafa nuqtai nazaridan koʻrib chiqishgacha, uning Kyerkegor va Dostoyevskiy bilan munosabatini aniqlashgacha boʻlgan muammolar tahlil etilgan. Xullas, tadqiqotchilar jamiki mavjud imkoniyatlardan batamom foydalanib boʻlishgan”, degan fikrni bildirgan edi. Aslida, Kafka ijodini istalgan yoʻnalishda talqin va tadqiq qilish mumkin. Va bu oʻzini toʻliq oqlaydi, negaki u yoki bu shoh asarni turli asnoda tahlil qilishga odatlangan adabiy tanqidchilik tutgan yoʻlga mos tushadi. Biz ham ushbu anʼanaga amal qilgan holda isteʼdodli adib yaratgan asarlarning ayrimlari haqida fikr yuritmoqchimiz.
Shaxsiyati, hayoti va ijodiy qismati hanuzga qadar ko‘pchilik uchun jumboq bo‘lib kelayotgan Frans Kafka 1883-yilning 3-iyulida o‘sha paytlar Avstro-Vengriya imperiyasi tarkibida bo‘lgan Praga shahrida tug‘ildi. Otasi qishloqdagi o‘ta qashshoq yog‘och o‘ymakorining o‘g‘li. Sog‘lom, mehnatkash, tirishqoq va baquvvat kishi shaharga kelib, intiluvchan va tadbirkorligi orqasidan o‘ziga to‘q odamga aylandi, kichikroq fabrikaning egasi bo‘ldi. Uch qizi va o‘g‘li Fransning kamchilik ko‘rmay o‘sishlari uchun hamma narsani qildi. Ularga mehr ko‘rsatdi, kelajagini ta’min etmoqchi bo‘ldi. Lekin o‘zining tamomila teskarisi bo‘lgan yolg‘iz o‘g‘li bilan bir umr kelisholmay o‘tdi. Fransning onasi ruhoniylar oilasidan edi.Erining qosh-qovog‘iga qaragan bu xokisor ayolning oilada bor-yo‘qligi unchalik ham bilinmasdi.
Fransning bolaligi g‘alati o‘tdi. U g‘oyat ichimdan top, boshqalarga qo‘shilmaydigan, tengdoshlariga o‘xshab shovqin-suron qilmaydigan, hatto buni yoqtirmaydigan bola edi.Kafka Pragadagi nemis gimnaziyasini tugatib, 1901-1905-yillarda mashhur Praga universitetida huquqshunoslikni o‘rgandi. Shuningdek, san’at tarixi va olmonshunoslik bo‘yicha ham ma’ruzalar tingladi. 1906-1907-yillarda Praga shahar sudining advokatlar idorasida amaliyot o‘tadi.1907-yilning oktabridan boshlab, xususiy sug‘urta jamiyatiga xizmatga kirdi. 1908-yilda Praga tijorat akademiyasida shu ixtisoslik bo‘yicha malakasini oshirdi. Shu yilning o‘zida ishlab chiqarish jarohatlari bilan shug‘ullanadigan yarim davlat sug‘urta idorasiga ishga kirdi. U doktorlik ilmiy darajasiga egaligiga hamda o‘zi qilayotgan ishga g‘oyat jiddiy munosabatda bo‘lganiga qaramay, bir umr kam haq to‘lanadigan kichik lavozimlarda ishladi. 1917-yilda sil kasaliga duchor bo‘ldi. Shu yildan e’tiboran xizmatga muntazam qatnamaydigan, tez-tez ta’til oladigan bo‘ldi. 1922-yilda esa salomatligiga ko‘ra nafaqaga chiqdi. Shundan so‘ng, 1923-yilda Berlinga ketdi. U yerda biroz davolanib, adabiy yumushlar bilan shug‘ullanmoqchi bo‘ldi. Lekin sog‘lig‘ining keskin yomonlashib ketganligi tufayli adib Pragaga qaytishga majbur bo‘ldi. Frans Kafka 1924-yilning 3-iyunida Vena shahri atrofidagi Kirling sanatoriyasida vafot etdi.
Shunisi qiziqki, Frans Kafka ijodini muayyan bosqichlarga bo‘lib-bo‘lib o‘rganishning, uning qaysi asari qachon yozilib, qachon chop etilganini aniqlab, uning mahorati qanday o‘sib borganligini aniq tayin qilishning imkoni yo‘q. Negaki, u ko‘proq o‘zi uchun yozadigan adib edi. Shu bois bitganlarini eng yaqin kishilariga, shunda ham unchalik xushlamay ko‘rsatar, tirikligida chop etilgan bir necha asarini esa, do‘stlarining zo‘rlovlari bilan nashriyotga topshirgan edi. Ko‘pincha, uning yozganlari stoli tortmasida qolar, shuning uchun ham dunyo adibning adabiy merosi miqyosidan uning o‘limidan so‘nggina xabardor bo‘ldi. Kafka o‘z asarlarini yaxshi ko‘rmas, ularni chop ettirishga deyarli qiziqmas, hatto o‘limi oldidan do‘sti Maks Brodga o‘zining chop etilmagan barcha qo‘lyozmalarini tezda yoqib tashlashni vasiyat qilgan edi. “Menda adabiy qiziqishlar yo‘q, men o‘zim adabiyotdan iboratman “-degandi Frans Kafka do‘stlaridan biriga. U o‘z asarlari haqida: «Men ularni yaratgan onlarnigina hurmat qilaman, xolos», -derdi. Shunga qaraganda, Frans Kafka asarlarini shuhrat orttirish yoki qalam haqi uchun emas, balki yozmaslikning ilojini topmagani uchungina yozgan deyish mumkin.
Kafkaning hayot yoʻli va dunyoqarashi uning asarlariga ham ta'sir qilgan, balki asarlar shu iztiroblarning qogʻozga tushirilgan variantidir desak mubolagʻa boʻlmaydi.
"Yahudiy sifatida u xristian olamida butunlay o'ziniki emas edi. Befarq yahudiy sifatida-va u dastlab shunday edi-u yahudiylar orasida butunlay o'ziniki emas edi. Nemis tilida so'zlashuvchi sifatida u chexlar orasida butunlay o'ziniki emas edi. Nemis tilida so'zlashadigan yahudiy sifatida u bohem nemislari orasida butunlay o'ziniki emas edi. Bohem sifatida u butunlay avstriyalik emas edi. Ishchilarni sug'urta qilish bo'yicha xodim sifatida u butunlay burjuaziyaga tegishli emas edi. Burgerning o'g'li sifatida u ishchilarga to'liq munosabatda bo'lmagan. Ammo ofisda u butunlay yo'q edi, chunki u o'zini yozuvchi kabi his qildi. Ammo u yozuvchi emas edi, chunki u butun kuchini oilasiga berdi"- deya tacrif berafi yozuvchi shaxsiyatiga Gyunter Anders.10
Tashqi olam qarshisida himoyasiz, zaif boʻlgan, hayotning zohiriy tomonlariga moslasha olmagan Kafka qattiq azob changalida umr kechiradi. Bu esa unda hayot oldida, odamlar oldida aybdorlik hissini uygʻotardi. Kafka oʻz otasi orzu-havasini roʻyobga chiqara olmaganidan ham xijolatda yashadi. Savdo firmasini boshqargan otasi German Kafka oʻgʻlining kelajakda taniqli huquqshunos yoki savdo ishining davomchisi boʻladi, deb umid qilgan edi. Ming afsus, bunday boʻlmadi. Qatʼiyatli ota oldidagi aybdorlik hissi Kafkani butun hayoti davomida iskanjaga oldi, qoʻyib yubormadi. Bundan iztirob chekkan adib 1919-yil “Otamga xat”ini yozadi, biroq uni otasiga yoʻllashga oʻzida jur'at topa olmadi. Bu xat 1966-yilga kelib Maks Brod tomonidan nashr qilindi. Taʼkidlash lozimki, otasi bilan boʻlgan murakkab munosabatlari Kafka hayoti va ijodining yashirin qirralarini ochishga xizmat qildi. Chunki uning iztiroblari ichki kechinmalari yaratgan asarlarida oʻz aksini topgandek goʻyo.
Kafka ijodining markaziy muammosi – insonning begonalashib ketishi, oʻz qobigʻiga oʻralashib atrof muhitdan uzoqlashishi masalasiga eʼtiborimizni qaratadigan boʻlsak, yozuvchi fikricha, odamoviga aylanish, yovvoyilashish – bu inson borligʻining bemaʼniligi va bemaqsadligining umumiy, qolaversa bashariy muammosiga aylanib borayotganligidir. Shu maʼnoda Kafkaning “Evrilish” novellasi koʻp jihatdan avtobiografik xarakterga egadir deya olamiz. Rus adabiyotshunosi A. Karelskiy ushbu novellani muallifning oʻz “otasi va oilasi oldidagi aybdorlik kompleksining ulkan metafora”si, deya taʼriflagan edi. Uning fikriga qoʻshilmasdan ilojimiz yoʻq.
Novella bosh qahramoni Gregor Zamza dastlab kitobxon koʻz oʻngida nochor (roʻdapo) odamdek koʻrinish beradi. Oilani sharmanda qilgan Gregor ilojsiz holatga tushib qoladi, ahvoli juda tang. Shu bois ham, u oʻzining evrilishidan vahimaga tushmaydi. Dastlabki talmovsirashdan qutulib, Gregor oʻzining yangi ahvoli, aniqrogʻi qiyofasiga moslashishga harakat qiladi. Oilasi ham sodir boʻlgan voqeadan ilk hayajonni bosib, qanday boʻlmasin bunga koʻnikishga harakat qiladi. Bahaybat qoʻngʻizga aylangan oʻgʻilning oʻlimi esa oila aʼzolari tomonidan fojea sifatida emas, aksingcha yengil nafas olishga musharraf etgan xushxabardek qabul qilinadi, ularning bir tashvishdan qutulgani oshkora namoyon etiladi.
Agar Gregor Zamza (“Evrilish”), “Akademiya uchun hisobot”dagi maymun va “Uya”dagi kemiruvchi hayvon taqdirlarini oʻzaro qiyoslasak, ushbu asarlarning asosiy gʻoyasi – inson hayotining bemaʼniligini tan olish va odamning odam qiyofasidan chiqib ketishi, odamsimon mahluqqa aylanishi muqarrarligi gʻoyasi ekanligini sezamiz.
Kafkaga o‘xshagan yozuvchi ijodi namunasiga ilk bora duch kelinganda va uning bitganlarini o‘qib, dastlab hech narsa tushunmaslik mumkin. Kafkaning asarlaridagi chigallik, tushunarsizlik, betayinlikka o‘xshash holatning sababini bilish uchun uning shaxsiyatiga xos xususiyatlardan xabardor bo‘lish talab etiladi. Negaki, u olamni, odamni, hodisalarni boshqalar singari emas, balki o‘zicha ko‘radi va olamni boricha emas, balki o‘zi ko‘rganicha aks ettiradi. Uning yozuvchi sifatidagi nigohi, qarashlari esa odam sifatidagi qarashlari o‘zgachaligining in’ikosi edi. Aytilganidek, Kafka g‘alati shaxsiyat egasi bo‘lgan. G‘oyat qobiliyatli, o‘ziga xos Frans bolaligidanoq hech kimga o‘xshamasdi. Jismonan ojiz, kasalmandroq bola juda ta’sirchan va asabiy bo‘lib o‘sdi. U hamma narsadan ko‘ra ozodlikni, erkni sevar, lekin hech qachon erksevarligini ochiq namoyon etmas, ozodlikdan quvonib ketmasdi. Adib yolg‘izlikni yaxshi ko‘rib, intilar va ayni vaqtda, tanholikdan o‘tdan qo‘rqqanday qo‘rqardi. Frans onasini yaxshi ko‘rar, lekin sira tushunolmasdi. Otasidan juda cho‘chir, uni o‘zicha ayamoqchi, ko‘nglini olmoqchi bo‘lardi. Yaratib bergan barcha imkoniyatlar uchun otasi oldida o‘zini qarzdor his qilar, shu bilan birga, o‘zidagi tortinchoqlik, kuchiga ishonmaslik va ikkilanuvchanlikning sababchisi sifatida uni juda yomon ko‘rardi. Kafka shaxsiyati qarama-qarshi tuyg‘ular, xislatlar, qarashlarning uyumi bo‘lgan, deyish mumkin. Kafka alohida har bir odamni yaxshi «ko‘rib, ayagani, uning baxtiyor bo‘lishini istagani holda odamlardan imkon qadar chetda turishga, o‘z holicha yashashga intilardi. Yozuvchi: «Uylanish, oila qurish, menimcha, odam qilishi mumkin bo‘lgan ishning eng yuksagi», -deya e’tirof etgani, Yuliya Voxrshek degan qizga bir marta, Felisiya Bauer degan qizga ikki marta unashtirilganiga qaramay, oila ham qurmadi, farzand ham ko‘rmadi. Yaqin odamlari ko‘p bo‘lsa-da, uni tushunadigan chin do‘sti yo‘q edi. Intizomli va bilimdon xodim bo‘lishiga qaramay, xizmat vazifasida ko‘tarilmadi. O‘zini «adabiyotman» degani holda, bor kuchini sarflab ijod qilmadi. Lekin uning, sirtdan qaraganda, ermakka qilgan ijodi odam va uning tasviri mohiyati haqidagi estetik qarashlarni ostin-ustun qilib yubordi. Chunki Kafka olamni ham, odamni ham tamomila o‘ziga xos ko‘rardi va o‘ziga xos tasvirlashdan qo‘rqmasdi. U o‘zidan tashqaridagi borliqdan ta’sirlansa-da, asarlarida undan nusxa ko‘chirmas, voqelikni aks ettirmas edi.Yozgan asarlari vositasida adib o‘z ichki dunyosidagi ruhiy talotumlarni tashqariga chiqarib, ularning zug‘umidan qutulishga harakat qilardi. Shu sababli ham Kafkaning bitiklari tamomila kutilmagan va o‘ziga xosdir. Kafka taʼbi nozik, ortiqcha gapni koʻtarolmaydigan, salga xafa boʻlaveradigan odam boʻlgan, shuning uchun ham tashqi olam, aniqroq qilib aytganda, eshikdan boshlanadigan dunyo unga doimo begona va qoʻrqinchli boʻlib koʻringan. Koʻchaga chiqish, hatto biron-bir ehtiyoj yuzasidan eshikdan tashqariga chiqish zarurati uni jilovlab boʻlmas darajada vahimaga solgan

Download 94.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling