Dissertatsiya
Download 94.92 Kb.
|
Munira
III BOB YUZASIDAN XULOSA
Ushbu bobda uch millat vakilining hikoyalari til va uslub , badiiy gʻoya v aramz jihatidan oʻrganib chiqildi va quyidagi xulosalarga kelindi. 1. Til v auslib jihatdan Kafka asarlarida aksariyat hollarda voqea-hodisalar, obrazlar, fikrlar, odamlarning xatti-harakatlari bir-biriga bogʻlanmagan, xuddi alahsiragan uyqudan keyin dahshatga tushish holatidek, ruhiy kasal kishi alogʻ-chalogʻ fikr va tasavvurlarining parchalaridek mantiqsiz, tizginsiz ifodalangan. "Evrilish" hikoyasi bosh qahramoni Gregor Zamza ham dastlab kitobxon koʻz oʻngida nochor (roʻdapo!) odamdek koʻrinish bersada aybdorlik hissi va jazo berish gʻoyasining ramzi boʻlib kelgan. Va bu ikkinchi darajali hissiyot sifatida Zamza obrazida oʻziga xos tag maʼnoga singdirib yuborilgan. Birinchi oʻringa esa gʻam-hasratga toʻla allegoriya (majoz) chiqadi: uyqudan uygʻongan odam oʻzining tom maʼnoda hayotdagi yolgʻizligini his etadi. Bu gʻariblik hatto tashqi tomondan, tong payti odamlarnikiga oʻxshamay qolgan qiyofada ham oʻz ifodasini topganini kuzatamiz. Shu tariqa oʻz qahramonining maʼnaviy, ruhiy, qolaversa aqliy yakkalanib qolganini muallif uning qiyofasini aql bovar qilmas darajadagi noxush metamorfoza orqali tasvirlaydi. “Jazo kaloniyasi” nomli hikoyasida Kafka “yovuzlik –ezgulik, ezgulik - yovuzlikdir” degan ziddiyatli fikrni tasvirlaydi. Yaxshilik ham, yomonlik ham jazosiz qolmaydi, deb aytamiz. Kafkaning nazarida esa dunyoning yaramas, notugal taraflarini tasvirlash bilan sanʼatkor qanchalik haqiqatni aytishda azoblansa, tamoshabin shunchalik rohatlanadi, degan falsafiy gʻoya oʻz aksini topgan. 2. Folkner esa yozish texnikasiga unchalik qiziqmasligini va oʻzini “adabiy duradgor” deb atashni maʼqul koʻrganini doim taʼkidlab tursa-da, u qalam ustasi va juda oʻziga xos tajribachi edi. Uning romanlari ko'pincha qahramonlarning ichki monologi shaklida bo'lib, ularning ongida hikoyachining ehtiroslari va xurofotlariga mos ravishda syujetni bo'yash, buzib tashlash va chalkashtirib yuborish asta-sekin o'quvchiga ochiladi. Folkner uslubi nihoyatda originaldir.Folkner asarlarida badiiy gʻoya va ramz nihoyatda boʻyoqdorligi bilan taxsinga sazovor. "Emili uchun atirgul" bu majoziy sarlavha: bu ayol katta fojiani boshidan kechirdi va buning uchun Folkner unga achindi. Salom sifatida u unga atirgulni uzatdi. Sarlavhadagi "atirgul" so'zi ko'p ma'nolarni anglatadi. Issiq ob-havo- yozning oxiridagi jazirama zulmkor va qochib bo'lmaydi. Mak Lendonning to'pponchasi Mak Lendonning zo'ravonlikka moyilligini ifodalaydi. Bu uning uchun Jeffersonning irqchi va zoʻravon jamiyatini majburlash uchun vositasidir. 3.Nazar Eshonqul hikoyalari tili o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Unda asar qahramonlarining ijobiy yoki salbiy qahramon ekanligi yozuvchi tilidan e’tirof etilmaydi. Aksincha, bu yumushni o‘quvchining o‘ziga qoldiradi, uni mushohadaga chorlaydi. Umuman olganda, asarda kimlar ulug‘lanayotgani, qoralanayotgani ko‘pincha bevosita emas, bavosita tasvirlanadi. Majoziy, ko‘chma ma’noli tasvirlar ta’rif-u tavsiflarga tez-tez murojaat etilib, ularning ustuvorligi ta’minlanadi. Eng muhimi, tasvirlardagi majozlar ko‘chma ma’noli vositalar qahramonlarning betakror ruhiy dunyosini yoritishga xizmat qiladi. "Tobut" hikoyasida esa tobut shaklidagi shahar totalitar jamiyat ramzi, telba meʼmor esa tuzumni qora ishlarini amalga oshirish vositasi sifatida foydalanigan, ezgulik deya yelib yugurganlari mohiyat inson zotiga suiqasd ekanligini anglab, qarshilik qilmoqchi boʻlganida esa telba deya jinnixonaga tiqilgan "partiyaning sadoqatli doʻstlari ramzi. XULOSA
1. Uchala adib ham ham oʻz hikoyalarida va umuman barcha asarlarida ijodkorga xos kamtarinlikni yaqqol aks ettirib bera olgan. Buni ularning asarlarini oʻqish orqali anglab yetiahimiz mumkin. 2. Joʻngina yozilganinga qaramasdan hikoyalarda badiiy taʼsir koʻlami juda keng . Yaʼni hikoyalarni falsafiy, tarixiy, ijtimoiy va psixologik tomondab talqin qilganimzda birgina insonparvarlikka va uning erkiga urgʻu berilganini koʻrishimiz mumkin. 3. Hikoyalarda aks etgan shaxs va jamiyat muammolari ham bir- biriga oʻxshash. Jumladan, Frans Kafkaning " Evrilish" va " Jazo kaloniyasi" hikoyalarida zolim tuzum va mazlum inson kechinmalari yaqqol aks etgan. Uilyam Folknerning " Toʻzonli sentyabr" va " Emili uchun atirgullar hikoyasida ham mavjud tuzumdan ezilgan jabrdiydalar va tuzumga koʻr- koʻrona ergashgan soʻqirlar tasvirlangan. Nazar Eshonqulning " Maymun yetaklagan odam " , "Tobut" hikoyalarida sovet tuzumi va uning totalitar ,zoʻravonlikka asoslangan ammo chiroyli shiorlar bilan niqoblangan jamiyatning qurbonlari , ularning ayanchli taqdirlari yoritib berilgan. 4. Poetik xususiyatlarni uchala yozuvchi ijodida ham kuzatishimiz mumkin. Hikoya yozilish uslubi va tili juda joʻn ammo jumboqli. Bir oʻqishda nima demoqchiligimi anglash mushkul. Lekin ildizi chuqur maʼnoga olib boradi. Hikoyani yozishda Nazar Eshonqul gʻarb va sharq uslubini qorishtirib yuborsa, Kafka aql bovar qilmas hodisalarni roʻy berdiradi. Folkner esa odddiygin ajoʻn tilda ammo metaforalar bn tasvirlab beradi. 5. Asarlarda kuylangan badiiy gʻoya bu - gumanizm. Insonparvarlik har bir hikoyaning bosh gʻoyasi. Uchala yozuvchi ham insonlarning holatlariga, ichki hissiyotlariga, ularni har tomonlama kishanlashyotganiga urgʻu bergan. 6. Ramz asarlarni reallikka chiqarishning asosiy vositasi sifatida qoʻllanilgan. Masalan " Jazo kaloniyasi hikoyasida "apparat" , "Tobut " hikoyasidagi tobut shaklidagi shahar bu inson erkini cheklovchi uni oʻz manfaatlari yoʻlida qurbon qilgan jamiyat, tuzum ramzi. " Maymun yetaklagan chol" hiloyasidagi chol, " Evrilish" hikoyasidagi Grigor, " Toʻzonli sentyabr " hikoyasidagi qoratanli yigit bular tuzum qurbonlari ramzi. Uchala yozuvchi ham oʻz asarlarida ramz va metaforadan unumli foydalanganlar. Download 94.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling