Dissertatsiya


Download 94.92 Kb.
bet2/15
Sana21.06.2023
Hajmi94.92 Kb.
#1642117
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Munira

MUNDARIJA:


Kirish
I BOB. ADABIY TAʼSIR: F. KAFKA, U. FOLKNER VA OʻZBEK ADABIYOTI

    1. Tarjima va adabiy ta'sir

    2. Ijodkor dunyoqarashi va asar konsepsiyasi (falsafasi)



II BOB. F. KAFKA, U. FOLKNER VA N. ESHONQUL HIKOYALARIDA SHAXS VA JAMIYAT MUAMMOLARI
2.1."Evrilish","Jazo kaloniyasi" hikoyalarida
2.2. "Tobut", "Maymun yetaklagan odam" hikoyalarida
2.3. "Emili uchun atirgullar", "Toʻzonli sentyabr" hikoyalarida


III BOB.F.KAFKA, U. FOLKNER VA N. ESHONQUL HIKOYALARINING POETIK XUSUSIYATLARI.
3.1. Til va uslub masalasi.
3.2. Badiiy gʻoya va ramz masalasi


XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
KIRISH


Mavzuning dolzarbligi: Shiddat bilan rivojlanib borayotgan ushbu davrda zamonaviy ilmiy adabiyotlar bilan bir qatorda badiiy asarlarga boʻlgan talab ham oʻsib bormoqda. Chunki zamonamiz insonlardan keng koʻlamdagi bilim va teran dunyoqarashga ega boʻlishni talab qiladi . Va bu talablarga javob berish masalasi bizning mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga koʻtarilib ulgurdi. Buni biz birgina yurtboshimiz tashabbuslari bilan qabul qilinayotgan quyidagi qaror va farmoyishlar misolida ham koʻrishimiz mumkin. Jumladan: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son qarorida belgilangan vazifalarni bajarish, oliy ta’lim muassasalarini ilg‘or jahon tajribalari asosida yaratiladigan yangi avlod darslik, o‘quv qo‘llanmalari hamda davriy nashrlar bilan tizimli ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-oktabrdagi 816-son qarori qabul qilindi.1 Bundan tashqari,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son2 qaroriga muvofiq, shuningdek, xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 19-maydagi 312-son qarori qabul qilindi. Ushbu qarorning 2-bandiga muvofiq Xorijiy tillarni o‘qitish sifatini yaxshilash, ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish, aholining xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Shu va shu kabi boshqa qarorlar Xorijiy til va adabiyoti sohasida olib borilayotgan islohotlarning nechogʻlik muhim ekanligini isbotlab turibdi.
Yuqorida ta'kidlaganimizdek chet el adabiyotiga boʻlgan talabning oʻsib borishi-xorij yozuvchilari asarlarini ona tilimizga tarjima qilish va tanqidiy-qiyosiy tahlillarasnosida oʻrganish qiyosiy adabiyotshunoslik sohasidagi dolzarb mavzulardan hisoblanadi. Shu boisdan biz ham Frans Kafka,Uilyam Folkner va Nazar Eshonqul hikoyalarini qiyosiy tahlil qilishga kirishdik.

Download 94.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling