Dissertatsiya
Mavzuning respublikada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo’nalishlariga mosligi
Download 94.92 Kb.
|
Munira
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Ishning davlat dasturlari yoki ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bogliqligi.
- 5. Tadqiqot obyekti
- 9. Ishning tuzilishi
- I BOB. FRANS KAFKA VA OʻZBEK ADABIYOTI 1.1 Tarjima va adabiy tasir.
2. Mavzuning respublikada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo’nalishlariga mosligi. Mavzu Respublikamizda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlgan "Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va linguakulturologiyaning dolzarb masalalari" yoʻnalishiga mos keladi
3. Ishning davlat dasturlari yoki ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bogliqligi. Tanlangan mavzu Termiz Davlat pedagogika instituti “Xorijiy til va adabiyoti» mavzusidagi umumiy ilmiy tadqiqotlar dasturiga kiradi. 4. Taqdiqotning maqsadi: F. Kafka, U. Folkner va N. Eshonqul ijodiy uslubi va badiiy gʻoyasining oʻxshash tomonlarini hikoyalari asosida qiyoslab oʻrganish 5. Tadqiqot obyekti: N. Eshonqul, U. Folkner va F. Kafka hikoyalari 6. Tadqiqot predmeti:U. U. Folkner, F. Kafka va N. Eshonqul hikoyalarida shaxs va jamiyat muammolari, til va uslub, badiiy gʻoya va ramz masalalarini qiyosiy tahlil qilish. 7. Tadqiqot metodlari: nazariy metodlar, qiyosiy tahlil, muammoning nazariy manbalardagi tahlili; ma’lumotlarni boʻlib tahlil qilish. 8. Tadqiqotning kutilayotgan yangiligi: F. Kafka, U. Folkner va N. Eshonqul hikoyalarida shaxs va jamiyat muammolari qiyoslab, magistrlik dissertatsiyasidarajasida o’rganiladi. F. Kafka, U. Folkner va N. Eshonqul hikoyalari poetik xususiyatlari ya'ni badiiy gʻoya va ramz, til va uslub masalalari hikoyalar misolida asoslanadi. 9. Ishning tuzilishi: magistrlik disseratsiyasi kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Ilmiy rahbar_____________________Raimova Sayyora Zaitovna Magistrant _____________________Abdulxakimova Munira Oʻrol qizi I BOB. FRANS KAFKA VA OʻZBEK ADABIYOTI 1.1 Tarjima va adabiy ta'sir. XX asrga qadar “tarjima” so‘zi faqat tarixiy, falsafiy, adabiy va badiiy asarlar o‘girmasiga nisbatan qo‘llanib kelingan. Og‘zaki tarjimonga nisbatan esa turkiy xalqlarda “tilmoch”, nemis tilida “dolmetechen”, ingliz va fransuz tillarida “interpret” atamalari qo‘llanilgan. 3 Bugungi kunga kelib esa "tarjima" soʻzi juda keng qamrovli ma'noga ega boʻlgan soʻzga aylandi. Ushbu soʻzni eshitgan zahotimiz koʻz oldimizda keng dunyoqarash va yuksak bilimlarga ega oliy ma'lumotli shaxs gavdalanadi. Chunki tarjima san'ati shunday bir yuksak san'atki, tillari bir-biriga yot boʻlgan xalqlar tarixi, adabiyoti, madaniyati va ilm-fani oʻrtasidagi ulkan koʻprik vazifasini bajaradi. Tarjima san'ati ravnaq topgani sayin oʻzga tillardan oʻzlashtiriladigan bilimlar koʻlami kengaydi.Va shu bilan bir qatorda tarjimon zimmasiga katta mas'uliyat ham yuklandi. Misol uchun biror asarni oʻzga yot tildan ona tilimizga tarjima qilish uchun nafaqat soʻz boyligimiz va grammatik bilimlarimiz mukammal darajada boʻlmogʻi kerak, balki uslubiy va keng duyoviy bilimlar, shu bilan bir qatorda tarjima qilinayotgan til xalqlari turmush tarzi, madaniyati, shuningdek, tarjima amalga oshirilayotgan sohadagi keng bilimlar ham zarur hisoblanadi. Aks holda tarjimon mavzuni toʻlaqonli ochib bera olmaydi. Natijada tarjima qilingan asar oʻz qimmatini yoʻqotadi. Ayniqsa bu mashaqqatli vazifa badiiy asarlarni tarjima qilishda ikki karra ortadi.Chunki oʻrganilgan bilimlarni amalda faoydalanish bilan birga tarjimon yozuvchining kechinmalarini, his-tuygʻularini ham ochib bera olishi lozim.Aks holda badiiy asarning badiiy ta'sir saviyasiga putur yetadi.Asar esa oʻz badiiyligini yoʻqotib shunchaki oddiygina matnga aylanadi.Va oʻquvchiga yozuvchi nima demoqchi boʻlgani anglashilmaydi. 2014 - yil "Tarjima nazaryasi va tanqidiy masalari" mavzusida oʻtkazilgan davra suhbatida, Jeyms Joysning "Uliss" asarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan yozuvchi, tarjimon Ibrohim G'afurov bergan intervyusida tarjimon zimmasidagi mas'uliyat haqida shunday deydi: "Hamma davrlarda tarjima tekstini yaratish — bosh masala bo‘lib turaveradi. Asliyat namunasini tanlash, tushunish, ichiga kirish, uning tarixi, yuzaga chiqargan muhit, sharoitni o‘rganish, yangi muhitga uning qanday qabul qilinishini o‘ylashva bu haqda iloji boricha aniq tasavvurga ega bo‘lish, tarjima usuli, strategiyasini aniqlash singarilar barcha tarjima jarayonlari uchun muhim holatlar va bular oxir-oqibatda asliyatga muvofiq tarjima tekstini yaratishga xizmat qiladi. Mutaxassis tarjimon va tarjimashunos tadqiqotchi hech qachon bularga befarq, hafsalasiz qaramaydi. Loqaydlik bu yerda ixtisosga mensimay qarash bilan barobar". Tarjimonning butun o‘y-xayoli bilish va qidirish bilan band bo‘ladi. Asosiy maqsadi esa, madaniyat fenomenlarini yaqinlashtirish, tarjima tili vositasida asarni tushunarli qilishdan iborat. Lekin umumiy qonuniyatlar, jarayonlar, texnologiyalarni bilishning o‘zi hali yetarli emas.Bular boshlang‘ich zamin hosil qiladi. Ta’bir joiz bo‘lsa, bu dengizga sho‘ng‘ish uchun tayyorlangan joy. Hali oldinda dengizga sho‘ng‘ish, po‘rtanalar bag‘riga kirish, turli xatarlarni yengib o‘tish, stixiyaning tabiiy qarshiligiga bas kelish kabilar toʻsiqlar koʻndalang turibdi. Qoidalar, qonuniyatlar jumlani shirali, matnni yaxlit jozibali, fusunkor qilishni o‘rgatmaydi, bular ilmning vazifasi emas. Jumla, matnning yaxlit poeziyasi, go‘zalligini faqat tarjimon iqtidori bunyod etadi. "Asliyat jumlasi ichiga kirganda, yuragim tuzoqqa tushgan bedananing yuragiday patirlab turadi.Tuzoqdan chiqishim, jumlani o‘z ona tilimda cho‘g‘day ravshan qilishim kerak. Bu jarayonda ona tilim oshlanib, qimmatbaho teri kabi yarqirab borayotganini his qilib turaman. Qarayman: so‘zlar o‘z o‘rnini topayaptimi, yo‘qmi, asliyatga ritmik hamohang yangrayaptimi, yo‘qmi, bir tabiiy stixiya ikkinchi tabiiy stixiyaga aylana borayaptimi, yo‘qmi? Asliyat matnini yuragimga singdirganimda, u ko‘ksimda aks-sado bera boshlaganda, zo‘rakilik, yasamagarchilik chekinganini sezaman. Allaqayoqdan asliyatga mos noyob, kutilmagan so‘zlar chiqib keladi. Ular “Kuntug‘mish”, “Alpomish”lar dengizidan chiqib, Markes yoki Nitshe dengizlariga qo‘yiladi. Yangi Nitshe, yangi Markes, yangi Joys paydo bo‘ladi. Bu — tamomila yangi matn. O‘zbek tilidagi matn. Jeyms Joys “Uliss”ni o‘n sakkiz xil uslubda yozganligini aytgan. Har bobda bir ulug‘ adabiy-badiiy uslub! U voqealarning eng xarakterli ijtimoiy, madaniy, tarixiy, insoniy qirralarini yarqiratib gavdalantiradi. Uslub juda noyob mazmundor poeziyaga aylanganligi va sizni o‘ziga tinimsiz rom qilayotganini sezasiz. O‘zbek tilida shu o‘n sakkiz xil Yevropa adabiyotlari uslublarini yaratish vazifasi turardi. Tarjima strategiyasi va texnikasi to‘g‘ri belgilanganidagina bu muyassar bo‘ladi"- deydi mohir tarjimon Ibrohim Gʻafurov.4 Mustaqillikkacha boʻlgan davrda badiiy asarlar rus tili orqali tarjima qilinardi.Boshqa tillardan toʻgʻridan- toʻgʻri tarjima qilish deyarli boʻlmagan.Mustaqillik sharofati bilan ushbu toʻgʻridan-toʻgʻri tarjimaga keng yoʻl ochildi.Hamda, boshqa tillardan oʻzlashtiriladigan bilimlar koʻlami kengaydi. Xususan bu imkoniyatlar ochilishining va uning samarasi toʻgʻrisida tarjimashunos olima Gulnoza Odilova quyidagi fikrlarini keltirib oʻtganlar: ʼʼBundan chorak asr muqaddam yaqin yillar ichida xorijiy tillardan bevosita tarjimaga o‘tish mumkinligiga hammayam ishonavermas edi. Qarangki bugun mana shunday kunlarga yetib keldik. Kitob do‘konlarimizda xorijiy tillardan tarjima qilingan ko‘plab asarlarni ko‘rish mumkin. Men ularni uch turkumga ajratib qarayman.Birinchisi, asliyatdan birmuncha farq qilsa-da, o‘qishli, badiiyligi saqlab qolingan vositachi til orqali qilingan tarjima asarlar.Ikkinchisi, “bevosita tarjima” yorlig‘i bilan siylangan, aslida vositachi til orqali qilingan tarjima asarlar.Uchinchisi, rostdan ham asliyatdan o‘girilgan tarjima asarlar.Shu o‘rinda, men ushbu ro‘yxatdagi uchinchi turkum asarlar boshiga “badiiy” so‘zini qo‘shib aytishga biroz iymanib turibman. Sababi bevosita tarjima industriyasida “badiiy” tarjima deya e’tirof etishga munosib asarlarga hali ko‘zim tushgani yo‘q. Ammo “bevosita tarjima”lar birin-ketin bosilmoqda. 5 Istiqlol sharofati tufayli o‘zbek adiblari va tarjimonlari tomonidan jahon adabiyotining nodir asarlari qatori Uilyam Folkner va Frans Kafkaning kitoblari ham o‘zbek tiliga tarjima qilinib, keng kitobxonlar etiboriga havola etila boshlandi. Shu bilan birga, keyingi davrda o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos “Kafkashunoslik” maktabi shakllanganini alohida qayd etish lozim. Ushbu maktabning jonkuyar vakillari sifatida Xurshid Do‘stmuhammad, Nazar Eshonqul, Mirzaali Akbarov, Muhammadjon Xolbekov, Ahmad Otaboy, Erkin Ernazarov, Poshali Usmon, Vafo Fayzulloh kabi taniqli adib va adabiyotshunos olimlar va tarjimonlarni sanab o‘tish mumkin. Frans Kafkaning adabiy uslubi qorong'i, chuqur va labirintli bo'lishi bilan ajralib turardi. Yaxshi ishlab chiqilgan, aniq til bilan ta'minlangan Kafka asarida uning shaxsiy hayoti, xususan otasi bilan bo'lgan munosabati va ukalarining yoshligidan ayrilishi bilan bog'liq jihatlar mavjud edi. Kafka asarlarida psixologik va arxetipal idrok etilgan, ya'ni: u o'ziga xos xususiyatlarga ega personajlarni yaratishga mas'ul bo'lgan, har doim murakkab va qayg'uga botgan. Uning ishida ekzistensializmga xos xususiyatlar ham bo'lgan va uning anarxistik va sotsialistik g'oyalarini aks ettirgan.6 Albatta bu jihatlar tarjimondan yuksak bilim va badiiy saviya talab qiladi. Tarjimon bu asarlar ustida koʻp ter toʻkishiga toʻgʻri keladi. Xuddi Kafkadek labirintli fikrlarni bera olishi lozim. “Davr Press” nashriyoti-matbaa uyi tomonidan nashr etilgan yangi to‘plamdan Frans Kafkaning hozirgi kunga qadar o‘zbek davriy matbuotida chop etilgan ko‘plab hikoyalari o‘rin olgan. Bundan tashqari, to‘plamga hali davriy matbuotda chop etilmagan yoki faqat internet sahifalarida e'lon qilingan tarjimalar ham kiritilgan. E'tiborli jihati shundaki, ushbu asarlar shu vaqtga qadar yaxlit kitob holida nashr etilmagan edi. Shu ma'noda, Frans Kafkaning “Ota hukmi” kitobini jahon adabiyoti atoqli namoyandasi qalamiga mansub hikoyalarning o‘zbek tilidagi ilk to‘plami, deyish mumkin. To‘plamni nashr etish tashabbuskori – taniqli huquqshunos olim Akmal Saidov mas'ul muharrir hamda so‘zboshi muallifi sifatida Frans Kafka hayoti va ijodi bilan kitobxonni yaqindan tanishtirish maqsadida ko‘plab qiziqarli malumotlarni taqdim etgan. 7 Ijodi 20-asr Gʻarb adabiyotiga kuchli taʼsir koʻrsatgan. „Otamga xat“ (Vafo Fayzullo tarjimasi, 2001), „Evrilish“,„Ochlik sanʼati“ va boshqa asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.8Uilyam Folknerning asarlari nemis, golland, portugal, polyak, chex, venger, serb, xorvat, koreys,rus va arab tillariga ham tarjima qilingan. Afsuski oʻzbek tiliga hanuzgacha toʻgʻridan toʻgʻri tarjima qilinmagan. Biz quyida koʻrib chiqmoqchi boʻlgan asarlari rus tili orqali filologiya fanlari nomzodi (1973), O‘zbekiston yoshlari mukofoti (1989) laureati, “Do‘stlik” ordeni sohibi (1995) mohir tarjimon Ibrohim Gʻafurov tomonidan tarjima qilingan.Yana bir tomoni borki tarjimaga asar tanlash badiiy tarjimaning yanada mukammalroq chiqishiga turtki boʻladi. Ibrohim Gʻafurov ta'biri bilan aytganda "Tarjimaga asar tanlashda muhabbatim ovozigagina quloq soldim, – deydi mohir tarjimon. – Jahon adabiyotini ozmi-koʻpmi taniy boshlagach, meni koʻproq va asosan yangi tipdagi asarlar qiziqtirishini bildim. Yangi tipdagi deganim adabiyot va tafakkur dunyosida yangi yoʻllar ochgan, yangi shakllar kiritgan, yangi ruhoniy hodisalarni kashf etgan asarlar va yozuvchilar”. Ya'ni inson oʻzi qiziqgan sohaga doir asar tarjima qilyotganda bor mehri muhabbatini, kuch gʻayrtaini ishga solib, ijodkorona yondashadi. Kreativlik lozim boʻlgan joylarda oʻz badiiy fantaziyasini qoʻllaydi. Yoinki, mushkul boʻlib turgan muammolarning asl tag zamiriga yetmasdan quymaydi. Bu albatta badiiy asarning ta'sir koʻlamini yanada oshiradi. Keng imkoniyatlar eshigi ochilishi bilan bir qatorda badiiy saviyasini yoʻqotgan joʻn tarjimalar ham uchrab turadi. Albatta bu sayoz bilim va tor dunyoqarash, tarjimaga nisbatan mas'uliyatsizlik ila munosabatda boʻlish mahsulidir. Shu oʻrinda xorijiy tillardan oʻzbek tiliga tarjima qilingan asar salmogʻini oshirishga oʻz hissasini qoʻshgan va bu mas'uliyatli vazifani a'lo darajada uddalagan tarjimonlar mehnatini e'tirof etishni oʻrinli deb topdim. Shekspirning G‘afur G‘ulom tarjimasidagi “Otello”si, Gyotening Erkin Vohidov tarjimasidagi “Faust”i, Pushkinning Oybek tarjimasidagi “Yevgeniy Onegin”i, Homerning Qodir Mirmuhamedov tarjimasidagi “Odissiya”sini kitobxonlarga tuhfa boʻldi. Maxtumqulining Muzaffar Ahmad tarjimasidagi “Sevmisham seni”, mashhur avar shoiri Rasul Hamzatovning Asror Mo‘min tarjimasidagi “Ayollar ko‘p, ona yagona” kitoblari shular jumlasidandir. Badiiy tarjimachilikning asosiy minbari “Jahon adabiyoti” jurnali hisoblanadi. Oʻtgan yilda yoritilgan asarlarni xayolimizdan oʻtkazsak, tarjimalar keng miqyosli va salmoqli ekanini sezishimiz mumkin. Misol uchun, Charlz Dikkensning “Katta umidlar” romani (ingliz va rus tilidan Shoazim Minovarov tarjimasi, 1-4-sonlar), Chinnapa Bharatining “Pavlayi” romani (tamil tilidan Maktuba Murtazoxoʻjayeva tarjimasi, 5-6-sonlar, Gorderning “Apelsin qiz” (rus tilidan Komila Nosirova tarjimasi, 5-6-sonlar) va boshqa asarlar fikrimizni tasdiqlaydi. Hikoyanavislik sohasidagi tarjimalar salmogʻini sarhisob qiladigan boʻlsak, "Jahon adabiyoti” jurnali 2014–2015 yillarda “Hikoya ichida hikoya” rukni ostida eʼlon qilgan jahon hikoyachiligi namunalari tarjimalari va ularga yozilgan adabiy sharhlar koʻpchilik eʼtiborini tortdi. Masalan, 2015 yilda: Xorxe Luis Borxes “Sohildagi uchrashuv” (3-son), B. Yosimoto “Kaltakesak” (4-son), Xulio Kortasar “Bemorlarning salomatligi” (5-son), M. Byuter “Moʻjazgina koʻzguchalar”, P. Gripari “Bir juft boshmoq” (6-son), Laslo Krasnaxorkai “Akropol sarhadlarida”, Laslo Byoti “Iqror” (8-son), Karlos Fuentes (Meksika) “Qoʻgʻirchoq malika” (9-son), Shoan Ignasio Taybo (Ispaniya) “Odamlar, kimsiz oʻzi?”, Xuan Benet (Ispaniya) “Rayxenau” (10-son) hikoyalari va ularga bagʻishlangan maqolalar. Bu ijodiy tajriba oʻrganishga, qoʻllab-quvvatlashga, bahslashishga loyiqdir. “Jahon adabiyoti” ijodiy jarayoni faoli sifatida, “Hikoya ichida hikoya” rukni masʼuli boʻlgan yozuvchi Olim Otaxon adabiy jamoatchilik koʻz oʻngida tarjimon va mutafakkir maqomida yaqqol gavdalanganini aytib oʻtishni istardim. Jahon hikoyachiligidan tarjimalar sirasida: Lev Tolstoyning “Men qanday qilib jinni boʻldim” (asliyatdan Ibrohim Gʻafurov tarjimasi: “Tafakkur”, 2015 yil 3-son, 56-63-bet), yapon yozuvchisi Ryunoske Akutagava “Loyxoʻrak ovi” (rus tilidan Oygul Asilbek qizi tarjimasi: “Sharq yulduzi”, 2015 yil 1-son), Ranko Marinkovich “Timsol” (rus tilidan Risolat Haydarova tarjimasi: “Sharq yulduzi”, 2015 yil 4-son), Aleksandr Kuprin “Zumrad ot” (asliyatdan Oygul Suyundiqova tarjimasi: “Yoshlik”, 2015 yil 3-son), Mariya Luiza Kashnite “Arvohlar” (asliyatdan Yanglish Egamova tarjimasi: “Yoshlik”, 2015 yil 4-son) hikoyalarini va boshqalarni, bolalar adabiyotidan esa Etta Bleyzdelning “Jajji quyoshcha” (ingliz tilidan Shahnoza Karimova tarjimasi: “Gʻuncha”, 2015 yil 10-son) va shu kabilarni eslab oʻtish joiz.Bular, shubhasiz, tarjima bobidagi yutuqlarimiz jumlasidandir.9 Badiiy asar tarjimasida adabiy ta'sirni saqlab qolish va uni oʻquvchiga yozuvchi tasvirlagani kabi sayqallab yetkazish tarjimondan juda katta adabiy mahorat talab etadi. Shu oʻrinda adabiyotshunos olim Zuhriddin Isomidddinovning badiiy asar tarjimasi haqidagi quyidagi fikrlari soʻzimizning yaqqol isboti boʻla oladi. "Badiiy tarjimaning asosiy xususiyati tilning badiiy vazifasidan kelib chiqadi.Til badiiy asarda estetik hodisa, sanʼat faktiga aylanadi.Adabiy asar tili — alohida "badiiy voqelik" unsuridir.Tarjimada ana shu obrazli ifodaviy tildagi badiiy maʼnoni boshqa tilning obrazli ifodaviy zaminiga oʻtkazish, obrazni obraz bilan qayta ifodalash jarayoni yuz beradi.Shuning uchun tarjimon asardagi voqealarning badiiy tafakkur jarayonini yangidan idrok etadi. Zamonaviy tarjima talablariga asosan tarjimon asliyatning sanʼat asari sifatida shakl va mazmun birligini qayta yaratishi, milliy va individual xususiyatlarini saqlashi lozim. Tarjimon ona tilining rivojlanish darajasi, Tarjimachilik anʼanalari, tajribalariga suyanadi, turli xil tafovutlarning mavjudligini hisobga oladi. Tarjimonning ijodiy qobiliyati va bilimi uning imkoniyatlarini kengaytiradi. Tarjima jarayonida tarjimon hammavaqt oʻz ona tilida fikrlaydi, ona tili unga tahlil quroli, sinov mezoni boʻlib xizmat qiladi. Nizomiyning "Xisrav va Shirin" dostonini oʻgirgan Qutb ("...Nizomiy bolidan holva pishurdim") tarjima nusxa koʻchirish kabi bir ish boʻlmay, ijodiy jarayon ekanini, tarjimon esa boldan holva pishiruvchi mohir yozuvchi boʻlishi kerakligini aytadi.Turli davrlarda muayyan hududdagi adabiy muhit, ayniqsa, maxsus tarjima maktablarining yuzaga kelganligining oʻziyoq uning shakllangan tamoyillari, anʼanalari boʻlganligini koʻrsatib turibdi. Download 94.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling