Dissertatsiya


"Emili uchun atirgullar", "Toʻzonli sentyabr" hikoyalari tahlili


Download 94.92 Kb.
bet10/15
Sana21.06.2023
Hajmi94.92 Kb.
#1642117
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Munira

2.3. "Emili uchun atirgullar", "Toʻzonli sentyabr" hikoyalari tahlili
Jahon realistik adabiyoti tajribasidan ma’lumki, shaxs taqdiri tasviri ko‘pincha jamiyat bilan bog‘liq holda yoritilib, tahlil etiladi. Bunday asarlarda shaxs va jamiyat munosabati voqeani harakatlantiruvchi va rivojlantiruvchi mazmun sifatida shaxsning o‘sishi, harakatlanishi, turli holatlarni boshdan kechirishi va pirovardida o‘zi mansub muhitga munosabat bildirishiga turtki bo‘ladi. Bunday mavzu Amerika adabiyoti vakili Uilyam Folknerning “Emili uchun atirgullar” hikoyasiga ham tegishli. “Emili uchun atirgullar”da uy qahramon Emili mansub avlodga xos kibr-g‘urur, an’anaparastlik va qadriyat kabi jihatlarga detal bo‘lib kelgan bo‘lsa, Emili – Grirsonlar avlodining so‘nggi vakili. Otasi o‘zi mansub ma’naviy muhit davomchisi sifatida va barcha Grirsonlarga xos tarzda o‘limiga qadar Emilining turmushga chiqishiga to‘sqinlik qiladi. Ijodkor bu holatni ortiqcha sharhlamaydi va izohini o‘quvchi hukmiga havola etadi, lekin ota tutumi mohiyatini eski Amerika uchun xos bo‘lgan qadriyat va an’analarga hurmat tushunchalariga bog‘lab tasvirlaydi. Gap shundaki, asar voqealari Amerikada yangi siyosat, yangi tuzum va tutum, yangicha dunyoqarash shakllanayotgan va eskicha qarashlar chetga surilayotgan, odamlar yangilar va eskilar qutbiga bo‘linayotgan davrni aks ettiradi. Ijodkor bo‘linishlarning foyda-zararini tahlil qilishdan ozod bo‘lgani holda har ikki qarash va nuqtayi nazarning ahamiyatini Emili hayoti va uning atrofida kechayotgan voqealarga singdirib yuboradi. Yozuvchi eskilikning ayrim udumlari yolg‘on, qabih ekanligini ayovsiz fosh etgani holda ba’zi yangilikning yuraksizlik va noshudlik ekanligiga ham o‘quvchi diqqatini qaratadi: “Polkovnik Sartoris “Qizning otasi bir zamonlar shaharga pul qarz berib turgan edi” degan chigal bir bahonani o‘ylab topdi… Bunday narsani polkovnik avlodiga mansub odamgina to‘qib chiqarishi mumkin”. Chunki polkovnik Sartoris kibrli, hukmbardor, zo‘ravonlik bilan yolg‘onni ham rost o‘rnida o‘tkazishga qodir bir inson sifatida Amerika jamiyatining eski siyosatchilari ruhiyati va shaxsini o‘zida aks ettiradi. Folkner yaratgan Sartoris esa hikoyaning boshqa personajlari kabi epizodik qahramondir. Zotan, Folkner hikoyasida faqat Emiligina asar markazida turadi, boshqa personajlar uning ahvol-u ruhiyatining sababchisi yoki yorituvchisi bo‘lib xizmat qiladi. Garchi asar bayon uslubida qurilgan bo‘lsa-da, voqealar bir boshdan emas, balki zaruriyatga qarab hikoya qilinadi. Tasvirdagi qisqa-qisqa manzaralar ortida yaxlit ijtimoiy illatlar turgani, voqealar davomidan ular butun jamiyatni qamrab olganligi ayon bo‘ladi. Asardagi asosiy masala – inson ruhiyati. Hayotga faol intilishning yorqin shakli – sevgi-muhabbat. Emilini esa bizningcha – taqdir, yozuvchi nuqtayi nazaricha – jamiyat va undagi abgor munosabatlar ana shu baxtdan mahrum qiladi. Biroq yozuvchi shu gapni aytish niyatidagina asar yozmaganligini Emili obrazi qirralarini rivojlantirish orqali namoyon qilib boradi. Emili bilan soliq masalasida davlat ma’murlarining murosayi madora qilishlari unga ota meros xususiyatlar: qat’iyat, kibr va qadr tushunchasi tufaylidir. Lekin Gomer Berron bilan ishqiy munosabati, buni odamlardan yashirmasligi uning ko‘ngil vositasida hayot uchun kurashish tuyg‘usi bilan vobasta. Emili odamlar nazdida yo‘q: na vaqtida turmush qura olgan, na yor-do‘sti bor. Erta-yu kech umrini o‘z uyida, yolg‘izlikda o‘tkazishi barcha uchun tabiiy, hattoki, shunday bo‘lishi shartdek. Shu nuqtayi nazar va munosabat tarzi orqali jamiyat odamlarining naqadar shafqatsiz, johil, insonni xo‘rlovchi tushunchalar asiri ekanligini mushohada etish mumkin. Shunday vaziyatda Emili odamlar tabiiy qabul qilayotgan yo‘qligini emas, aksincha, borligini isbot qilishga bel bog‘ladi: Gomer Berron bilan sayrga chiqadigan bo‘ldi. Berrondayin yollanma xizmatchi bilan turmush qurishidan darak beruvchi bu harakati Emili uchun muhabbat hissi ota-bobolari qattiq himoyalab kelgan kibr-u g‘urur urflaridan yuqori turishini isbotlardi. Go‘yo bu bilan qahramon jamiyatda odat sanalmagan bundayin erkinligi tufayli atrofidagilarning hatto uni badnom qilishga urinishi ham erkiga daxl qilolmasligini ta’kidlayotgandek edi Bu bilan Emili baxt degan tushuncha insonning o‘z tuyg‘usi va tutumi orqali to‘kis bo‘lishini anglagan, erk tushunchasini aziz sanagan ayol sifatida taassurot qoldiradi. Hikoyada inson erki masalasining dolzarbligi g‘oyasi ko‘zga tashlanadi. Yozuvchi chiriyotgan dunyoqarashlar, notavon tuzum muhitida erkak emas, aynan ayol qahramon vositasida ijtimoiy muhitning avra-astarini ag‘darib tashlamoqchi bo‘ladi va o‘quvchiga erk qudratini yorqin obrazi Emilining his-tuyg‘usi orqali emas, harakati orqali tuydiradi. Jamiyat sog‘lom ruhiyat qarshisida shu qadar nochor va yaroqsizki, bu kasallik barchaga o‘z ta’sirini o‘tkazib bo‘lgan: Emili tanlagan yigit Berron ham umumiy ijtimoiy illatlardan xoli emas. U Emiliga bo‘lajak rafiqa emas, balki ko‘ngilxushlik vositasi sifatida qaraydi, Grirsonlarning asrlar davomida qaror va qadr topib kelgan an’ana hamda or-nomus tushunchalari bilan hisoblashmasligini yangi jamiyat vakili sifatida isbotlaydi: "garchi Emili bilan birga yurishlari haqida shaharda turli mish-mishlar tarqalganiga ancha bo‘lganiga qaramay, “bug‘ular klubida yoshlar bilan chaqchaqlashib turishni yoqtiradigan Gomer atrofdagilarga o‘zining bo‘ydoq yashash tarafdori” ekanligi haqida og‘iz ko‘pirtirishdan ham toymaydi va oqibatda Emilining qahriga uchraydi, qiz undan o‘z ajdodlariga xos tarzda qasos oladi. Bu bilan “Bechora Emili” deya faqat achinishgagina yaraydigan qiz jamiyat qarshisida o‘z sha’nini himoya qila olishini ko‘rsatadi. Lekin umrbod mustaqil va yolg‘iz yashashi, hech kimdan zig‘ircha ham qo‘rqmasligidan qat’i nazar, Emili bir umr na birov bilan hasratlashadi, na ijtimoiy qarash va tutumlarga qarshi oshkora isyon ko‘taradi. Oxirgi kuniga qadar sukutda yashaydi va u ning sirlari vafotidan so‘ng ochiladi. Jamiyat uni qanchalar yolg‘izlatgan, ustidan kulgan bo‘lsa, o‘limidan keyin shuncha ardoqlaydi, qabrini gullarga ko‘madi. Bu bilan yozuvchi olomonning o‘zi uchunda mavhum va noaniq bo‘lgan oniy tushunchalar ortidan quvib yashashini, hatto ko‘ngli – ham nafrati, ham muhabbati betayinligini ko‘rsatib beradi, go‘yo ana shu noaniq tushunchalar ichidan o‘z tanlovini ta’kidlamoqchidek Emiliga nisbatan shaxsiy munosabatini asar nomi orqali ifodalamoqchi bo‘ladi: “Emili uchun atirgullar”. Emili – or-nomus, g‘urur va qat’iyat bobida ajdodlari an’anasi davomchisi, erkinligi, jamiyat bilan hisob-kitob qilmasligi jihatidan yangi zamon kishisi. Amerika jamiyati esa hali Emilini, uning qilmishlarini erkinlik, huquq doirasida deb qarashga tayyor emas edi. Emilining huzuriga chinni buyumlarga gul solish bo‘yicha kelib dars olgan o‘quvchi bolalar bilan munosabati, garchi asarda izohlanmagan bo‘lsa-da, uning ulardan ko‘ngli qolishi va bir umrga dars berish ishiga nuqta qo‘yishi epizodlariga tayanib aytish mumkinki, bunda avlodlar o‘rtasidagi ziddiyat muammosi ko‘zga tashlanadi. Hikoyalarda ko‘pgina xalqlar uchun umumdunyoqarash hisoblangan jinslardagi tafovut muammosi ham ko‘tarilgan. “Emili uchun atirgullar”da odamlar sayr asnosida yigitni emas, Emilini aynan ayol bo‘lganligi uchun gap-so‘z qilishadi. Qolaversa, Emilining habash xizmatkori va uning xojasiga xizmati haqidagi ushbu jumla ham o‘sha paytda mavjud ayol va erkak o‘rtasidagi tafovut masalasiga aniqlik kiritadi: “Nima deganingizda ham erkak – erkak-da, tovoq-qoshiqni eplay olmaydi, – deyishardi xonimlar” .
Folkner asarida Emili oldiga soliq masalasida kelgan odamlar, qolaversa, jamiyat uning erkinligini o‘z yo‘nalishi tomon o‘zgartira olmasligi yaqqol ko‘rinadi. Ziddiyatga qaramay, aytgan gapi o‘z kuchida qolgan Emili, yozuvchi ta’biri bilan aytganda, munitsipalitetning “piyodalari va otliqlarini butkul tor-mor” etadi. Asarda yolg‘izlik girdobidagi qahramonga favqulodda vaziyatlarda qarindoshlar yordamga keladi: Emiliga yigit bilan muomala bog‘lagach, uning bu ishiga chek qo‘ygani shoshiladi. Folkner asarida qarindoshlar ajdodlar an’anasidagi axloqni Emiliga majburlay olmay, uni fikridan qaytarolmay, qahramonning irodasi, erki, shaxsiy xohishini yana bir bor sinovdan o‘tkazishga vositachilik qilishadi. Yolg‘izlik – sharqda ham, g‘arbda ham birdek og‘ir kulfat bo‘lish bilan birga insonning taqdir bilan kurashi va o‘z erkini isbotlashi imkoni ham hisoblanadi. Hikoyada qahramon bu murakkab holatni tan olishadi, uni odamlarning yaqinligi, munosabatlar bilan almashtirishni ham istashmaydi. Emilida, boshqa holatlari kabi, yolg‘izligiga munosabatini ham harakatlari va o‘zini tutishidan bilish mumkin. Ayolga yolg‘iz tirikchilik qilish og‘ir, bunday vaziyatda metin irodalilar ham ba’zan dosh berishga qiynaladi. Lekin oriyat va nafrat ko‘ngilni to‘ldirgan bo‘lsa, inson har qanday azobga ham bardosh bera oladi. Or-nomus hikoyaning markaziy masalasi. Emili or-nomus uchun kurash va qurbonlik keltirdi. Emili sevgisi toptalganiga, ota-bobolari an’analarini fido qilish evaziga erishaman degani bir muhabbatning sarobga aylanib qolganiga oriyatni qalqon qildi. Asarda shuningdek ma’naviy jihatdan tanazzulga uchragan sharoitda ayol qalbidagi oriyat, muhabbat va nafratning alangalanishi tasvirlanadi va o‘quvchiga o‘lik sukunatdan ko‘ra, garchi olov holida bo‘lsada, yashab turgan tirik ko‘ngilning afzalligi hissi tuydiriladi.
"Toʻzonli sentyabr" - fuqarolar urushidan oldingi janubiy qadriyatlarning tanqidi. Urushda mag'lub bo'lgandan so'ng, tizimli irqchilik qora tanli bo'lishni shafqatsizlarcha jinoyat deya qoralaydi. Ko'pincha begunoh odamlar qora tanliligi tufayli o'ldirildi. "Toʻzonli sentyabr" irqchi va ikkiyuzlamachi jamiyatning zolim, zo'ravon va shafqatsiz tabiatini tasvirlaydi. Haqiqat muhim emas, muhimi ijtimoiy tartibni saqlash. Tizimli irqchilik fonida shaxslar o'z vakolatlarini yo'qotadilar. Taxmin qilingan qurbon va jinoyatchi bilan hech qachon maslahatlashilmaydi. Ma'lum bo'lgan yagona fakt - bu oq tanli ayol qora tanli erkakni oʻziga tajovuz qilishda ayblamoqda. Erkaklar dahshatli va shafqatsiz qotillik qilishlari uchun mana shu ma'lumotning o'zi kifoya. Hikoyada irqiy xurofot erkaklar va shaharlar harakatlarining asosiy harakatlantiruvchi omili boʻlib keladi. Jefferson shahrida oq tanli erkaklar irqchilikni bemalol qonun sifatida qo'llashlari mumkin. Agar majburlash muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, ularga ta'sir qilishdan qo'rqmasdan zo'ravonlik qo'llashga ruxsat beriladi. Adolat haqidagi har qanday muhokama tezda bekor qilinadi, chunki oq tanlilar Jeffersonning qora tanlilari ustidan hukm chiqarishga haqlidirlar.
Hikoyada Urush faxriysi bo'lgan Mak Lendon omma oldida jasorati uchun quvonadi. Shaxsiy hayotda u bezori va xotiniga zo'ravonlik qiladi. Ayollar ham, qora tanli erkaklar ham Jeffersonda ikkinchi darajali maqomga ega bo'lib, oq erkaklar uchun ob'ektlar sifatida foydalaniladi. Oq tanli ayol qora tanli erkakni ayblash va jazolash qudratiga ega bo'lsa-da, oq tanli erkaklar Minni xonimning xavfsizligi va g'amxo'rligidan ham ko'ra o'z sha'ni va maqomini himoya qilish uchun qora tanlini yoʻq qilishmoqchi boʻlishadi. Jefferson shahrida zo'ravonlik qilgan erkaklarga hech qanday jazo berilmaydi. Sartaroshxonada bir nechta erkak gapirishga harakat qiladi, lekin oxir-oqibat ularga e'tibor berilmaydi. Sartarosh Uill Mayes nomidan gapirgani uchun Mak Lendon tomonidan chetlatilishi bilan tahdid qilinadi. Yoshlar hatto unga shimolga qaytishini aytib oʻdagʻaylashadi, garchi u o'sha shaharda o'sgan bo'lsa ham. Ko'pchilik erkaklar nima qilish kerakligi haqida o'z fikrlariga ega; hatto qora tanlini yoq qilish uchun Mak Lendonga qo'shilishni xohlamaydilar. Ammo qora tanlilar tarafdori sifatida yomon koʻrinib qolishdan qoʻrqqib,Uill Mayesni himoya qilishni maqsad qilgan Xokshou ham shu lahzada g'azablanadi va erkaklar Mayesni o'g'irlab, kaltaklashganda, jangga qo'shiladi.
Hikoyada Folkner gʻiybatning chalg'ituvchi kuchiga alohida urg’u beradi.Mish-mish voqeani boshlaydi. Hech kim tafsilotlarni yoki faktlarni tekshirmaydi va gumon qilinayotgan jinoyatchi yoki jabrlanuvchi bilan maslahatlashishga harakat qilmaydi. Mish-mish tezda tarqaladi va biror narsa tasdiqlanishidan oldin, linch to'dasi yig'ilib, harakat qilishga qaror qiladi. Hikoya Uill Mayesning aybsizligini qat'iy anglatadi, ammo haqiqat hech qachon oshkor etilmaydi. Folkner ko'rsatadiki, ko'pchilik ma'lumotlar g'iybat orqali asoslanadi. Minnining do'stlari unga tafsilotlarni so'rashadi, lekin sartaroshxonadagi erkaklar kabi haqiqat bilan qiziqmaydilar.
Asardan koʻrinib turgan yana bitta muammo- Jamoat obro'si shaxsiy hayotga qarshiligidadir. Birovning ijtimoiy mavqei shaharda omon qolish masalasidir. Xoksho dastlab boshqa erkaklarga bo'ysunishdan bosh tortsa, u haqoratlanadi. Mak Lendon Xokshoning obro'siga putur etkazish bilan tahdid qiladi. Xokshou erkaklar guruhining axloqiy kompasi sifatida harakat qilishga urinsa ham, u oxir-oqibat e'tiborga olinmaydi.
Hikoyadagi qahramonlar shaxsiyatiga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, Mak Lendon urush qahramoni sifatida sharaflangan, ammo u adolatdan ko'ra hokimiyatni ta'minlash uchun zo'ravonlikka moyil. Shaxsiy hayotda u xotiniga nisbatan zo'ravonlik qiladi. U uyga kelishini kutganida, u uning buyrug'iga bo'ysunmaganiuchun xotinini doʻpposlaydi, xursand bo'lish o'rniga undan g'azablanadi. Ularning o'zaro munosabati shuni ko'rsatadiki, Mak Lendon uchun bu zolimlik- odatiy hayot tarzidir va u tezda o'zini yo'qotib, xotinini chetga suradi.
Shuningdek jamiyatdagi klassizm va gender rollari eʼtiborni tortadi. Jeffersonda ayollar faqat nikoh yoshiga qarab baholanadi. Minni boshqa erkaklar tomonidan yolg'iz maqomi uchun baholanadi. Sartaroshxonadagi erkaklar uning nikohsizligi va yoshiga asoslanib, uning benuqsonligi haqida bahslashadilar. Hech kim Minnining farovonligi bilan qiziqmaydi ham. Oxir oqibat, Minni qadr-qimmati uning erga bog'liq ekanligini anglaydi.
Uilyam Folknerning ko'plab hikoyalari singari, "Toʻzonli sentyabr" ham shahar g'iybati va uning shaxsga munosabatiga qaratilgan. Ammo Amerikaning janubida yashovchi turmushga chiqmagan aristokrat ayolning mish-mishlarini o'rganadigan "Emiliga atirgul" filmidan farqli o'laroq, "Toʻzonli sentyabr" o'z mavzusi uchun yanada qorong'i mavzuni oladi: irqiy xurofot va qora tanlilarning haqoratlanishilanishi. Hikoyaning oxiriga kelib, bir qator omillar - sartaroshning Mayes haqidagi samimiy fikri, Mayesning begunohlik haqidagi soʻzlari erkaklarni noma'qbul xatti-harakatlarda ayblashda Minni Kuperning "shakli" va nihoyat, uning tarixiy xatti-harakati sudlar da'vo qilingan voqea sodir bo'lgan-bo'lmaganiga nisbatan "oqilona shubha" deb ataydigan tasavvurlarni berish uchun. Natijada, olomon mentaliteti va afro-amerikaliklarga nisbatan chuqur irqchilik begunoh odamning o'limiga olib keldi.



Download 94.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling